MIKRONAYCHALAR. Hujayra sitoplazmasining tashqi qatlamida naychasimon organoidlar joylashgan. Ularning uzunligi 20-30 nm. Devorining qalinligi 5-14 nm. Mikronaychalar o‘simliklar va hayvon hujayralarida mavjud organoiddir. Ularning qatlami membranadan iborat bo‘lmay, globulyar makromolekulalarning spiral joylanishidan tuzilgan. Hujayradagi sitoplazmaning harakati mikronaychalar bilan bog‘liq deb tushuntiriladi, chunki ular sitoplazmaning harakatini ro‘yobga keltiradigan almashuv jarayonida ishtirok etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |