2-ma'ruza; O‘SIMLIK HUJAYRASINING FIZIOLOGIYASI
O‘SIMLIK HUJAYRASINING FIZIOLOGIYASI
Butun o‘simliklarning asosiy struktura birligini hujayralar tashkil etadi. Ularning tiriklik xususiyatlari shu hujayralarda belgilanadi. CHunki modda almashuvi deb ataluvchi - assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari, ularning birligi faqat hujayradagina sodir bo‘ladi. Ana shu ikkala jarayonning birligi tiriklik deb ataluvchi materiyaning harakat formasini belgilaydi.
YAshil o‘simliklar har xil organlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu organlar o‘z navbatida to‘qimalar va hujaralar birlashmasidan tuzilgan. YUksak tuzilishga ega bo‘lgan har bir o‘simlik organizmi murakkab sistema sifatida bir-biri bilan uzviy ravishda aloqada bo‘lgan organlar va funksiyalar yig‘indisidan iboratdir. Bu birlikning asosini hujayralar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |