E xoja, maro zi lutfi xud parvardi,
Z-ovardani pushti dunba farbeh kardi, Pushti dunbaro barag‘bat xo‘rdi,
Burdi ba shikam onchi bapusht ovardi!1
1 Ey xoja, menga lutf karam etdingiz, Kart dumba ila siylab xurram etdingiz. Qo‘yning orqasin yeb, orqalab kelgan Yukni qorningizda olib ketdingiz.
O‘qib bo‘ldi-yu, qornini silab kulib yubordi.
Navoiy ham o‘zini kulgidan tiya olmadi.
U ko‘pdan buyon bunday miriqib kulmagan edi. Xira bo‘lib turgan ko‘ngli g‘ubordan tozalanganday bo‘ldi.
Xoja, buni menga bering, ul hazratning mu- borak qalamlari tekkan bul varaqni asrab olib qo‘yay.
Jonim bila. Agar imkon topsam, yana ul kishini tavof qilib, shu yanglig‘ bir ruboiy keltu- rurmen.
Navoiy Abdurahmon Jomiy haqida xotirotlarini yozmoqchi edi, shuning uchun bu ruboiyni xuddi ko‘z qorachig‘iday asrab yurdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |