Osim Mirkarim-2016. p65



Download 238,85 Kb.
bet2/19
Sana31.12.2021
Hajmi238,85 Kb.
#222331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BOOKS KITOB SEHRLI SO'Z

* * *

Abu Said Xurosonni o‘ziga itoat ettirgandan keyin Ozarbayjonni qo‘lga kiritishga bel bog‘ladi va G‘arbiy Erondagi bir jangda halok bo‘ldi. Poytaxti Hirot esa, paytdan foydalanib Xurosonga bostirib kirgan Xusayn Boyqaro tomonidan ishg‘ol qilindi. Abu Said tomonidan Samarqandga surgun qilingan Navoiy Hirotga qaytib keldi va davlat ishlariga qatnashib, mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishda Husayn Boyqaroga yordam berdi.



Bir kun shoir saroyga kelganda soqchilik qilib turgan navkarlardan biri unga yaqin kelib salom berdi. Navoiy bu qora soqol novcha odamni allaqayerda ko‘rgandek edi.

    • Tonimadingizmu? Ajab! Abu Said zamonida meni va bir do‘stimni o‘limdan qutqorg‘on erdingiz.

Navoiy uni darhol tanidi.

    • Sizni yana sog‘-salomat ko‘rib behad quvondim.

Do‘stingiz qayda, boshi omonmi?

    • Boshi omon. O‘shal kuni mendin ayrilib, o‘z qishlog‘i Fayziobodg‘a ketdi, men o‘z cheriklarimizga borib qo‘shildim.

    • Borakallo. Mirzoga sodiq ekansiz. Omon bo‘ling.

Navoiy u bilan xayrlashib, devonxonaga kirib ketdi. O‘sha kuni xayoli buzilib, yoshlik davri, Abu Said vaqtida ko‘rgan-kechirganlari, Mirzobek va uning otasi esiga tushib ketdi. Keyingi vaqtda Sulton Hasanbekning dushmanlari ig‘vo qilib, uning payini qirqmoqchi edilar. Navoiy uni dushmanlardan himoya qilish lozimligini xayolidan o‘tkazdi. Vaqtni qo‘ldan bermay darhol bu ishga kirishish kerak edi. Ertasiga u podshoh huzuriga kirganda shu to‘g‘rida gap ochdi.

      • Sulton Hasan jang rusumin yaxshi biladurgan sarkarda, – dedi keyingi vaqtlarda yuzi to‘lishib ketgan Husayn Boyqaro qiyiq ko‘zlarini chaqnatib.

    • Abu Said zamonida mening Xurosong‘a yiborgan cheriklarimga ko‘p talafot yetkazgan. Qandog‘ qilib aning gunohidin o‘tay.

      • Abu Saidga kimlar xizmat qilmadi? Axir mamlakatda osoyishtaliq o‘rnatamen degan podshoh- g‘a hamma ham xizmat qiladur-da. Sizga maslahatim shulki, Abu Saidning barcha salohiyatli beklarin va navkarlarin o‘z xizmatingizga olsangiz va alarning avvalg‘i gunohlaridin o‘tsangiz. Sulton Hasanbek- ning kaminaga ko‘b yaxshiligi tekkan. Boshimg‘a falokat tushgan kezlarda menga yordam ilkini uzatgan. Aning o‘g‘li asir tushgan ikki navkarin- gizni qo‘yib yiborgan erdi...

      • Eshitganmen, dedi mirzo Husayn hovridan tushib. – Abu Alini bir sherigi bila alar o‘ltirmay qo‘yib yiborgan ekanlar. Mayli... Sizning so‘zingiz o‘lmasin. Shul kichik savob ishlari uchun ota-

bolaning gunohidin o‘tdim. Borib ayting, qo‘rqmay o‘z xonalarida yashayversinlar. Navoiy xursand bo‘lib o‘rnidan turdi va ta’zim qilib chiqib ketdi. Sulton Hasanbek va Mirzobek Hirotda rohat- farog‘atda umr kechirib, o‘z ajallari bilan o‘ldilar1.



Download 238,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish