Oshkent moliya instituti



Download 326,5 Kb.
bet2/3
Sana26.05.2022
Hajmi326,5 Kb.
#609174
1   2   3
Bog'liq
Nusratilloyev Javohirbek Moliyaviy tahlil (3)

Mаvzuning dolzаrbligi. Bozor munosаbаtlаri shаroitidа mаvjud moddiy, moliyaviy vа boshqа resurslаrdаn oqilonа vа sаmаrаli foydаlаnish lozim. Rаqobаtgа bаrdosh berish – bu rivojlаnishning muhim omillаridаn sаnаlаdi. Аyniqsа, mulkchilik shakli turlicha bo’lgan korxonalarda xususiy kapital miqdorini ko’paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim аmаliy аhаmiyat kаsb etаdi. Kurs ishining аsosiy mаqsаdi xususiy kapital hisobini nаzаriy jihаtdаn keng yoritish, аmаliy jihаtidаn hozirgi holаtini o’rgаnish vа ulаrni milliy vа хаlqаro buхgаlteriya hisobi аndozаlаri аsosidа yaхshilаshdаn iborаtdir. Ushbu mаqsаdаn kelib chiqqаn hоlda kurs ishida quyidagi vazifalar bеlgilandi:
- korxonalarda xususiy kapitalning ahamiyatini o’rganish ;
- xususiy kapitalni hisobgа olishning nаzаriy аsoslаrini o’rgаnish;
- korхonаni аsosiy fаoliyatini tаhlili, uning iqtisodiy ko’rsаtkichlаrini o’rgаnish;
- xususiy kapitalni hisobgа olishni yaхshilаsh yo’llаrini аniqlаsh;
- xususiy kapitalni ko’paytirish va undan sаmаrаli foydаlаnish yo’llаrini yoritishdаn iborаt. Yuqoridаgilаrdаn kelib chiqqаn holdа xususiy kapital hisobini tаkomillаshtirish yo’llаrini o’rgаnib chiqishdаn iborаt

Bоzоr iqtisоdiyoti qarоr tоpib, rivоjlanib bоrish shartlaridan eng muhimi fоyda оlib ishlash hisоblanadi. Shu ma’nоda har qanday iqtisоdiy harakat natijasi albatta fоydalilikni, manfaatlikni ta’minlashi kеrak. Bugungi rеjali bоzоr iqtisоdiyotining asоsiy jihati shundaki, sоtsialistik tuzumdagi rеjali iqtisоdiyotda farqli o’larоq har bir iqtisоdiy sub’yеkt uchun kеng imkоniyotlar оchib bеradi. Ma’muriy bоshqarish yoki rеjalashtirishda, хo’jalik fоaliyatini tashkil qilish, bоshqarishning shakl va uslublari tizimidagi tubdan o’zgarishlar asоsida bоshlangan bоzоr iqtisоdiyotiga o’tib bоrish, iqtisоdiy harakatga bo’lgan ishtiyoq va erkinlikni o’stirgan hоlda, aniq va o’z nоmidan mulk va yutuqlar egasi sifatida chiquvchi harakat sub’yektlarini qarоr tоpishiga imkоn bеrmоqda. Eng katta yutug’imiz shuki, ayni paytda kоrхоnalar to’la davlat tasarrufidan chiqarildi va turli mulkchilik shaklida fоaliyat yuritayotgan kоrхоnalarga aylantirildi. Erkin bоzоr munоsоbatlariga asоslangan sharоitda ishlab chiqarish, tijоrat va tadbirkоrlik faоliyatini yo’lga qo’yish va yuritishdan eng asоsiy maqsad yuqоri natijaviylikga erishish hisоblanadi. Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali ko'rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyalini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo'ladi. Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo'lish, uni doimiy tarzda ko'paytirib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo'jalik yurituvchi sub'ektning shu jumladan ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning ham rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi. 5 Xususiy kapital hisobi hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudrat darajasi qay darajada ekanligini bildiradi. Shu taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6 – sessiyasida qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunida ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan.6 Uning 16 – moddasiga ko’ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot” deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.7 Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar singari buxgalteriya hisobining ob'ekti bo'lib, moliyaviy xo'jalik faoliyatini shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida shu mulk shaklining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart bo'lgan ob'ektlar ham mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob'ektlaridan biri korxona va tashkilotlarda mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish usuli yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko'rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu jarayon o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga aksiya chiqarish va uning muomalasi bilan bog'liq operatsiyalar, xususiy (ustav) kapitali, qimmatli qog'ozlar, daromad (foyda), dividend to'lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti kabi jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda buxgalteriya hisobining o'ziga xos bo'lgan hisob ob'yektlardir.Ushbu ob'yektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim fundamental tamoyillaridan biri bo'lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslaniladi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:
AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR
Bu tenglikdan ko'rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo'jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 15 yanvaridagi 5-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5-shaklida xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir deb ko'rsatilgan: ustav kapitali, qo'shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.8
Xususiy kapital deganda, xo'jalik yurituvchi sub'ektga tegishli bo'lgan mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan kapitalning o'rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya'ni:
Kx = Kj – Kq
Bunda: Kx - xususiy kapital, Kj - jami kapital, Kq-qarzga olingan kapital’
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha belgilar bo'yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish manbalarini olish zarur deb hisoblaydilar. Ularni tasniflashda moddiylik belgisini, turgan joyi, faoliyatda ishtirok etish darajasini ham e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari tasniflash belgilarining tartibini to'g'ri asoslash ham uni o'rganishda muhim omildir. Chunki, bu tizimni aniq belgilash xususiy kapital elementlarini bosqichma-bosqich birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali schyotlarda aks ettirish, ular to'g'risidagi ma'lumotlarni umumiylikka qarab yig'ish, jamlash, to'plashning yaxlit tizimini yaratishga imkon beradi. Bu esa nazariy va metodologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadi.
Moddiy xususiy kapital deganda, korxona va tashkilotlarining moddiy bo'lgan barcha aktivlari tushuniladi. Korxonalarning barcha moddiy xususiy kapitali barcha aktivlaming bir qismi sifatida buxgalteriya balansining «AKTIV» qismida joylashadi. Nomoddiy xususiy kapital o'z ifodasini nomoddiy aktivlarda topadi. Bu ham buxgalteriya balansining aktiv qismida joylashadi. Xizmat muddati belgisi bo'yicha xususiy kapital korxona va tashkilotlarda qancha muddatda iqtisodiy samara berishi, ya'ni foyda keltirish bilan tasniflanadi. Ushbu belgi bo'yicha barcha xususiy kapitalni uzoq muddatli va qisqa muddatli xususiy kapitalga ajratish mumkin. Xizmat muddati belgisi sifatida buxgalteriya hisobida, odatda, bir yillik muddat qabul qilingan. Ushbu muddatga ko'ra bir yildan ko'p xizmat qiladigan xususiy kapital uzoq muddatli,1 yilgacha amal qiladigan xususiy kapital esa qisqa muddatli xususiy kapital hisoblanadi.Uzoq muddatli xususiy kapitalga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar (patent, litsenziya, turli huquqlar, yangi g'oyalar va boshqalar) va bir yildan kam bo'lmagan muddatga qo'yilgan qo'yilmalar kiradi. Qisqa muddatli xususiy kapitalni adabiyotlarda (shu jumladan, 2004 yil 1 yanvardan qo'llanilib kelinayotgan buxgalteriya balansida) «aylanma aktivlar» deb ham ataydilar. Ularga ishlab chiqarish zaxiralari, tovar moddiy boyliklar, pul mablag'lari va boshqalar kiradi.
Faoliyatda ishtirok etish darajasiga ko'ra barcha xususiy kapitallar faol va faol bo'lmagan xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Odatda, aylamna mablag'lar, asosiy vositalarning faol qismi (mashina va mexanizmlar) korxona faoliyatida faol ishtirok etadi va ko'proq foyda keltiradi. Hisob-kitoblar bo'yicha boshqa mijozlarda bo'lgan xususiy kapital, ya'ni Debetorlik qarzlar korxona faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.Turgan joyiga ko'ra xususiy kapital ekspluatatsiyadagi, ya'ni foydalanishdagi va zaxiradagi (konservatsiya qilingan) xususiy kapitalga bo'linadi. Foydalanishdagi kapital - bu korxona va tashkilotlarning moliyaviy xo'jalik faoliyatini yuritishda qatnashayotgan kapitaldir. Zaxiradagi kapital esa vaqtinchalik qurilishi tugatilmagan binolar, sexlar, ishlab chiqarishga mo'ljallanib sotib olingan, lekin mablag' yetishmasligi sababli vaqtincha omborda turib qolgan uskuna va jihozlardan iboratdir.Turi va ko'rinish belgisiga ko'ra xususiy kapital real moddiy-tovar boyliklaridan iborat bo'ladi, ya'ni u, bino, inshootlar, materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar, pul mablag'lari va boshqalar hisobiga shakllanadi. Bular ham buxgalteriya balansida o'z aksini topgan korxona, tashkilot, turli jamiyatlarning xususiy kapitali, asosan, quyidagi manbalar hisobidan shakllanishini kuzatish mumkin, ya'ni: mulk egalarining mablag'laridan, ta'sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag'lardan va hokazolardan.
Kapital (nem. Kapital; lot. capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma'noda — o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma'noda — ishlab chiqarish vositalari ko'rinishidagi ishga qo'yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy K.). K.ning paydo bo'lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o'ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo'lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar muomalasidagi pul K.ga aylanadi. K. ko'p sikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va to'liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo'linadi. Pul K. i (sarmoya) — ashyoviy K. sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, ya'ni pul K.ga aylanishi uchun ishlab chiqarishga avanslanadi. Iqtisodiy nazariyada K. ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning ko'payishi inson mehnati (ish kuchi) va ishlab chiqarish vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, ya'ni ishlab chiqarish sharoitida yuz beradi. K. sanoat K.i, savdo K.i, ssuda K.i, sudxo’rlik K.i (tarixiy) shakllarida faoliyat ko'rsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida K.ning korxona, firma, banklar. K.i, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik K.i, zahira K.i, ustav Kapital singari ko'rinishlari mavjud. Tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli K. dastmoya deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud va yangi tashkil etilayotgan korxonalar o ‘z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona ta’sischilari tomonidan o‘z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shish bilan yaratiladi. Jumladan, «Xususiy korxona to ‘g ‘risida»gi Qonunning 12-moddasiga ko‘ra pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadiga boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o‘zga huquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin. 9
«Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunning 18-moddasiga ko‘ra pul, qimmatli qog‘ozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar fermer xo‘jaligining ustav fondiga qo‘yiladigan hissa bo‘lishi mumkin. 10
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xususiy kapital huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona mutaxassislari tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan (to ‘langan) hamda korxonaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va xarajatlar majmuyidir. Boshqacha aytganda, xususiy kapital va rezervlar xo‘jalik aktivlarining manbalarini, ya’ni o‘z mablag’arining manbalarini ifodalaydi. Umuman, xo‘jaliklar faoliyatida nafaqat xususiy kapitalning, balki rezervlaming o‘zi ham katta. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish konseptual asoslarining 52-bandida «Xo‘jalik yurituvchi subyekt va kreditorlar zararlarining oqibatlaridan qo‘shimcha ravishda himoya qilishni ta ’minlash uchun zaxiralami (rezervlarni) vujudga keltirish zarur. Rezervlami hosil qilish va ularning miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatlidir» deyilgan. Umuman, kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervini tashkil etishdan maqsad kelgusi davrga tegishli bo‘lgan xarajatlar va to'lovlarni bir maromda ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda jamg‘arishdan iborat. Umuman, kapital va rezervlaring xo‘jaliklar faoliyatidagi o‘rnidan kelib chiqib hisob oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
. 1. Xususiy kapital va rezervlarni tashkil etish va ulardan foydalanish ustidan nazorat.
. 2. Xususiy kapital va rezervlar tarkibidagi o ‘zgarishlami o ‘z vaqtida va to ‘g‘ri hisobga olinishini ta ’minlash.
. 3. M oliyaviy hisobot va rahbariyatni xususiy kapital va rezervlaming holati ham da ular tarkibidagi o ‘zgarishlar to ‘g‘risidagi axborotlar bilan ta ’minlash.
.. Xususiy kapital, uning tarkibi, ustav kapitalini tashkil qilish manbalari va uning harakatining hisobi O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasiga binoan korxona kapitali quyidagi tarkibga ega:
1. Ustav kapitali.
2. Qo‘shilgan kapital.
3. Zaxira kapitali.
4. Taqsimlanmagan foyda. 11
Ustav kapitali - ta’sis hujjatlarida belgilangan hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra baholanadi va hisobga olinadi. Hozirgi vaqtda respublikamizda turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar faoliyat ko‘rsatm oqda va u lar ustav kapitalining shakllanishi bo ‘yicha m a’lum xususiyatlarga ega. Jumladan, Davlat korxonasining ustav kapitali davlat tom onidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag‘lari yig‘indisidir. Ustav kapitali hisobidan asosiy va aylanma mablag‘lar shakllanadi. Davlat korxonasi uchun yuqori turli tashkilotlaming korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug'i ta’sis hujjati hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali aksiyalarining nominal qiymatidan iborat. Ustav kapitalini ko‘paytirish qo‘shimcha aksiyalami joylashtirish yo‘li bilan amalga oshadi. Jamiyat tom onidan qo ‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan e ’lon qilingan aksiyalar miqdori darajasida joylashtirilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali 400000 AQSH dollaridan kam b o ‘lmasligi kerak. Ustav kapitali m iqdorining kamayishi aksiyalar umumiy sonining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ustav kapitalining kamayishi muassislaming jamiyat tarkibidan chiqishi bilan ham bog‘liq. Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislaming hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko'payishi yoki kamayishi barcha muassislaming roziligi bilan hissa qo‘shuvchilarning ko‘payishi yoki kamayishi bilan yuz beradi. MCHJ ning ustav kapitali eng kam ish haqining 40 barobaridan kam bo ‘lmasligi lozim. Qo'shma korxonaning ustav kapitali mamlakat va xorij korxonalari hissalari asosida tashkil topadi. Qo‘shma korxona ustav kapitaliga hissa tarkibida tabiiy resurslardan, intellektual mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, m oddiy va pul vositalari, shu jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin. «Xususiy korxona to ‘g‘risida»gi Q onunning 12, 13-moddalariga ko‘ra xususiy korxonaning ustav fondi bo‘linmasdir va uni m ulkdom ing o ‘zi belgilaydi. Xususiy korxona ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish mulkdorning qaroriga ko‘ra ustavga o ‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.12 «Ferm er xo‘jaligi to ‘g‘risida»gi Qonunning 18-moddasiga ko‘ra fermer xo‘jaligining ustav fondi fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Fermer xo‘jaligining ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish fermer xo‘jaligi boshlig‘ining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi ustaviga o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Xo‘jaliklarda ustav kapitali va uning harakati hisobiga 8300 - «Ustav kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlar» hisobvarag‘i m o ‘ljallangan. U shbu hisobvaraqda ustav kapitali quyidagi hisobvaraqlar bo‘yicha olib boriladi:
8310 — oddiy aksiyalar;
8320 — imtiyozli aksiyalar;
8330 — pay va ulushlar.
Ushbu hisobvaraqlar passiv bo‘lib, ulaming hisobot davr bo ­shiga qoldig‘i va ko‘payishi kredit tomonida, kamayishi debet tom onida aks etadi. Yuqoridagi hisobvaraqlarga tegishli muomalalarning hisobvaraqlarda aks ettirilishi yo‘riqnomaga ko‘ra quyidagicha:
1. Ta’sis hujjatlari asosida ustav kapitali shakllantirilganda - D T 4610 KT 8310-8330.
2. Ta’sisehilar tom onidan ustav kapitaliga ulush sifatida asosiy vosita va boshqa moddiy qiymatliklar qabul qilinganda — D T160 0110-0190, 0610, 0710-0720, 0810, 1010, 510-5530, 5810 КТ 4610 va boshqalar.
3. Taqsim lanm agan foydaning bir qismi ustav kapiyalini shakllantirish uchun yo‘naltirilganda — D T 8710 KT 8310- 8330.
4. Ustav kapitali uning to ‘langan qismiga kamaytirilganda - DT 8310-8330 KT 6620.
5. Foydalanilm agan dividend sum m alari ustav kapitalini ko'paytirish uchun qo‘shilganda — DT 6610 KT 8310-8330.
6. Aksiyalar nominal qiymatda sotilganda — D T 5010, 5110 KT 4610.
7. Aksiyalarning nominal qiymatdan yuqori bahodagi qismiga - DT 5010, 5110 KT 8410.
8. Aksiyalar nominal qiymatdan past baholarda sotib olinganda - oddiy aksiya - DT 8310 KT 8610, imtiyozli aksiya — DT 8320 KT 8620.
9. Aksiyalar nominal qiymatdan yuqori bahoga sotib olinganda oddiy aksiya — DT 8310 KT 8610, imtiyozli aksiya — DT 8320 KT 8620.
10. Qimmatli qog‘ozlami nominal qiymatidan past baholarda sotib olish natijasida olingan daromad summasi — DT 9590 KT 9910 va boshqalar.
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasida sotib olingan oddiy va imtiyozli xususiy aksiyalar hisobiga 8600 — «Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar» hisobvarag‘i mo‘ljallangan. Ushbu hisobvaraq 8300 — «Ustav kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlar» hisobvarag‘iga nisbatan kontrpassiv hisobvaraq hisoblanadi va u hissadorlik jamiyati ustav kapitalining kamayishini ko‘rsatadi.
8600 — hisobvaraq sotib olingan xususiy aksiyalarning (kelajakda qayta sotish yoki bekor qilishga) mavjudligi va harakatini hisobga olishga mo‘ljallangan va u quyidagi hisobvaraqlar bo‘yicha olib boriladi:
8610 — sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy;
8620 — sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli.
8610, 8620 hisobvaraqlarning boshqa hisobvaraqlar bilan o ‘zaro bog‘lanishi bo ‘yicha muomalalarning asosiylariga quyidagilar kiradi:
1. Aksiyadorlik jam iyatlaridan kelishilgan baholarda xususiy aksiyalar sotib olinganda - D T 8610, 8620 KT 5110-5530.
2. Korxonada sotib olingan aksiyalarni sotib olish baholaridan yuqori baholarda qayta sotilishiga:
a) sotib olingan baholarga - D T 5010, 5020 KT 8610, 8620.
b) sotib olish qiymatidan yuqori qismiga - D T 5010, 5020 KT 9590.
c) sotib olish baholaridan past baholarda sotilgan qismiga — D T 9690 KT 8610, 8620.
3. Nominal qiymatidan past baholarda sotib olingan xususiy aksiyalar bekor qilinganda:
a) sotib olingan qiymatiga - D T 8310, 8320 KT 8610, 8620.
b) nominal qiymatdan past farq summasiga — D T 8310, 8320 KT 9590.
4. Nom inal qiymatida xususiy aksiyalar bekor qilinganda:
a) nominal qiymatiga - DT 8310, 8320 KT 8610, 8620.
b) nominal qiymatidan yuqori qismiga — D T 9690 KT 8610, 8620.
Qo‘shilgan va zaxira kapital harakatining hamda taqsimlanmagan foydaning hisobi Q o‘shilgan kapital shakllanishining asosiy manbalari bo ‘lib quyidagilar hisoblanadi:
— emission daromadni yuzaga keltiruvchi nom inal qiymatdan yuqori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishidan;
— xorijiy investitsiali korxonalar ustav kapitalini shakllantirish paytidagi kursdagi farqlar.
Korxonalarda qo‘shilgan kapitalning hisobiga 8410 — «Emissiya daromadi» va 8420 — «Ustav kapitali shakllanishi kursidagi farqlar» hisobvaraqlari m o‘ljallangan. Ushbu hisobvaraqlar passiv hisobvaraqlar hisoblanadi va ularga tegishli muomalalarga quyidagi hisoblar o ‘zaro bog‘lanadi:
1. Aksiyalarning nominal va sotish baholari o ‘rtasidagi farq sifatida kelib tushgan pul mablag‘lari summasiga — DT 5010- 5530 KT 8410.
2. Ustav kapitalining shakllanishi jarayonida valyuta mablag‘larining ijobiy kursdagi farqiga — D T 5020-5210 KT 8420.
3. K orxona m ulkini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida qiymatliklarning ta’sis hujjatlaridagidan ortiq qismiga DT mulk hisobi hisobvaraqlari KT 8420 va boshqa muomalalar.
Zaxira kapitali quyidagilar hisobiga shakllanadi:
— mol-mulkni qayta baholash chog ‘ida hosil bo‘ladigan inflyatsion zaxiralar qiymatiga;
— tekinga olingan mulk qiymati hisobiga;
— foydadan ajratm alar hisobiga va boshqa manbalar.
Z axira kapitali hisobiga quyidagi h isobvaraqlar m o ‘ljallangan:
8510 — mulkni qayta baholash bo ‘yicha tuzatishlar (qayta baholashda aktivlar qiymatining oshishi);
8520 — zaxira kapitali (xo‘jalik faoliyatidagi zaram i qoplash va boshqa maqsadlarga);
8530 — tekinga olingan mulk.
Zaxira kapitali bo'yicha analitik hisob zaxira kapitalining tashkil bo‘lish manbalari va turlari bo'yicha tashkil etiladi. Zaxira kapitalining harakati bo'yicha asosiy muomalalarga quyidagi buxgalteriya bog‘lanishlari tuziladi:
. 1. Korxona balansidagi m ol-m ulkni qayta baholash tufayli zaxira kapitaliga q o ‘shilganda — D T 0110-0199, 0710, 0720, 0810, 0610-0690 KT 8510.
. 2. Joriy yil oxirida taqsimlanm agan foyda zaxira kapitaliga ajratilganda - DT 8710 KT 8520.
. 3. Tekinga qimmatli qog‘ozlar olinganda — D T 0610, 5810KT 8530.
.4. Hisobot yili yakuni bo‘yicha zararlar zaxira kapitali hisobidan qoplanganda — D T 8520 KT 8710 va boshqalar. Ma’lumki, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Q onunning 19- m oddasiga binoan xususiy kapitalning tarkibiy qismi bo ‘lib
taqsim lanm agan foyda hisoblanadi. U b o ‘yicha tushunchalar fanning 10-«Moliyaviy natijalar hisobi» bobining 7-«Taqsimlanmagan foydaning shakllanishi va ishlatilishining hisobi» mavzusida batafsil yoritilgan. Xususiy kapital - bu kompaniyaning aktsiyalariga nisbatan xususiy mulkdir. Xususiy sarmoyadorlar xususiy yoki jamoat shirkatining barcha yoki bir qismini sotib olishlari mumkin. Xususiy sarmoyadorlar odatda besh yildan 10 yilgacha bo'lgan vaqt oralig'iga ega. Ular odatda har bir dollar uchun investitsiyalarni $ 2.50 evaziga izlashadi.
Odatiy aktsiyadorlar investorlariga qaraganda uzoqroq vaqtga ega bo'lganligi sababli, xususiy kapital yangi texnologiyalarni mablag 'bilan to'ldirish, sotib olishni yoki balansni mustahkamlash va qo'shimcha aylanma mablag'larni ta'minlash uchun ishlatilishi mumkin.
Xususiy sarmoyadorlar investitsiyalar uzoq muddatda bozorni mag'lub etishga umid qilmoqda, chunki ularning ulushi katta daromadga ega bo'lib, aksiyalarni ommaviy ravishda sotish yoki katta jamoatchilikka sotish orqali amalga oshiriladi.
Biron-bir ommaviy shirkat sotib olinsa, u birjada ushbu kompaniyaning delistagiga olib keladi. Bu "xususiy kompaniyani jalb qilish" deb nomlanadi. Aksariyat hollarda aktsiya bahosi pasayib borayotgan kompaniyani qutqarish uchun amalga oshiriladi, bu fond bozori yoqmasligi mumkin bo'lgan o'sish strategiyalarini sinab ko'rishga vaqt beradi. Buning sababi shundaki, xususiy sarmoyadorlar ko'proq daromad olish uchun ko'proq vaqtni kutishga tayyordirlar.
Kompaniyadagi ushbu maxsus ulush odatda xususiy sarmoyadorlar tomonidan sotib olinadi. Firmalar xususiy investorlar, korporativ investorlar (davlat va pensiya jamg'armalari) va xizma fondlarga aktsiyalarni saqlab qo'yishlari yoki sotishlari mumkin. Xususiy sarmoyalar ishtirokidagi firmalar xususiy ravishda yoki birja fondida ro'yxatga olingan jamoat shirkati bo'lishi mumkin.
Xususiy sarmoyaviy biznesga yirik bitimlarni izlayotgan yaxshi kapitalga ega investorlar egalik qilishadi. Darhaqiqat, dunyodagi birinchi 10 firma dunyo bo'ylab xususiy kapital aktivlarining yarmiga ega. 2016 yilda eng yaxshi 10 firma ro'yxati va so'nggi o'n yil ichida ko'tarilgan sarmoyadir.Xususiy sarmoyaviy biznesga yirik bitimlarni izlayotgan yaxshi kapitalga ega investorlar egalik qilishadi. Darhaqiqat, dunyodagi birinchi 10 firma dunyo bo'ylab xususiy kapital aktivlarining yarmiga ega. 2016 yilda eng yaxshi 10 firma ro'yxati va so'nggi o'n yil ichida ko'tarilgan sarmoyadir.
Carlyle Group - 66,7 milliard dollar
Blekston guruhi - 62,2 milliard dollar
Kohlberg Kravis Roberts - 57,9 milliard dollar
Goldman Sachs - 55,6 milliard dollar
Ardian - $ 53,4 milliard
TPG Capital - 47 milliard dollar
CVC Capital Partners - 42,2 milliard dollar
Advent International - 40,9 milliard dollar
Bain Capital - 37,7 milliard dollar
Apax Partners - 35,8 milliard dollar.
Xususiy kapital mablag'lari
Ushbu firmalar tomonidan to'plangan mablag'larga xususiy kapital mablag'lari deyiladi. Odatda pensiya fondlari, suveren fond jamg'armalari va korporativ naqd boshqaruvchilar, shuningdek, oilaviy ishonch jamg'armalari va hatto badavlat shaxslar kabi institutsional investorlar keladi. U pul va qarzlarni o'z ichiga olishi mumkin, ammo zachiralarni yoki obligatsiyalarni emas. Xususiy sarmoya tahlilchisi Prequin , xususiy kapitalni besh asosiy turga ajratadi. Ventilyatsiya sarmoyasidan tashqari barcha toifalar S & P 500dan ancha ustun turdi. Qo'rqinchli - Investorlar muammolar yuzaga keladigan kompaniyalarning ishlarini ko'rib chiqmoqdalar. Ajablanmaslik, ushbu turkum 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan keyin eng yaxshi ish bo'ldi. Sotib olish - investorlar kompaniyani to'liq sotib olishga odatlangan. Bu ikkinchi eng yaxshi ijrochi. Ko'chmas mulk - uy-joy mulkdorlari shirkatlari va REITlar kabi tijorat ko'chmas mulklariga e'tibor beradi. Bu uchinchi eng yaxshi ijrochi edi. Jamg'arma jamg'armasi - boshqa xususiy kapital fondlaridagi mablag'lar. Venture Capital - Odatda "farishtalar" deb ataluvchi investorlar, urug'lik pullari evaziga bir start-upga egalik qilishadi. Ushbu sarmoyadorlar, daromadli bo'lgandan keyin kompaniyani sotishga umid qiladilar. Ular kompaniyani yerdan olish uchun tez-tez mutaxassislik, yo'nalish va aloqalarni ta'minlaydilar. Ular ko'pincha juda ko'p kompaniyani mablag' bilan ta'minlaydilar, chunki ularning bittasi faqat muvaffaqiyatli bo'ladi. Biroq, bu muvaffaqiyat, barcha yo'qotishlarni yanada og'irlashtirishi mumkin.13
Xususiy sarmoyadorlar firmalari o'zlarining investorlaridan naqd pul mablag'larini kompaniyalarni sotib olish uchun ishlatadilar. Ushbu investitsiyalarning qaytarilishi yangi investorlarni jalb qiladi. Bu ichki daromad darajasi deb ataladi va firmaning muvaffaqiyatini belgilaydi. Ammo xususiy sarmoyadorlar firmalari IRRni sun'iy ravishda oshirish uchun yo'l topdilar. Foiz stavkalari juda past bo'lgani uchun ular yangi sarmoyalar olish uchun mablag'larni qarzga olishadi. Ular sarmoyani naqd pulga chaqirishadi. Natijada, sarmoyadorlar qisqa muddat ichida katta daromad olishdi. Qarz mablag'laridan foydalanish orqali IRR juda yaxshi ko'rinadi.
Prequin.com saytiga ko'ra, 2006 yilda 486 milliard dollarlik xususiy kapital mablag'lari jalb qilindi. Bu qo'shimcha kapital fond bozorida ko'plab davlat korporatsiyalarini oldi va shu bilan birga qolgan qimmatli qog'ozlar narxlarini oshirdi. Bundan tashqari, xususiy kapitalni moliyalashtirish korporatsiyalarga o'z aktsiyalarini sotib olish, shuningdek, aktsiyalarning qolgan narxlarini ko'tarish imkonini berdi. Banklar xususiy kapital mablag'larini jalb qilgan kreditlarning ko'pi kafolatlangan qarz majburiyatlari sifatida sotildi. Natijada, banklar qarzlar yaxshi yoki yo'qligini o'ylamadilar. Agar ular yomon bo'lsalar, boshqasi unga yopishtirilgan edi. Bundan tashqari, ushbu kreditlarning nordonga ta'siri nafaqat banklarni emas, balki barcha moliyaviy sektorlarda sezildi. Xususiy kapital bilan yaratilgan ortiqcha likvidlik 2007 yilgi bank likvidligi inqirozining sabablari va keyingi turg'unlikning sabablaridan biri bo'ldi. (Manba: Prequin, Private Equity Spotlight oktyabr 2007. Simon Klark, "Blackstone xarid qilish uchun ko'proq joy talab qilmoqda", Wall Street Journal, Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining xususiy kapitalini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida xususiy kapital korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Negaki, uning holatiga qarab jami mablag’lar tarkibidan kelib chiqqan holda korxonaning iqtisodiy qaramligi yoki mustaqilligiga baho beriladi. Bu biznesni boshqarish, faoliyatni kengaytirish va sheriklik faoliyatini yo’lga qo’yishda o’ta muhim masala hisoblanadi.14
Xususiy kapital korxonaning o’z mablag’lari manbaining asosini tashkil etuvchi ko’rsatkich hisoblanib, uning tarkibiga korxona ustav kapitali, zahira kapitali, qo’shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) kiradi.
Buxgalteriya hisobi fanidan ma’lumki korxona, tashkilot va firmalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash manbai bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
O’z mablag’lar manbai;
Qarz mablag’lari.
Sobiq ittifoq davrida esa bu mablag’lar manbaiga byudjetdan ajratmalar ham kirgan. Lekin bozor iqtisodiyotiga o’tganimizdan keyin bu mablag’lar manbai bekor qilingan. Chunki bu manbaning yo’q qilinishi Respublikamizdagi boqimandalik tizimini tugatishni ta’minladi.
Endilikda esa yuqorida sanab o’tganlarimiz korxonalarni mablag’lar bilan ta’minlash manbai bo’lib kelmoqda.
Korxona, tashkilot yoki firma ochilish davrida o’z mablag’larini belgilab olishi lozim. Bu ish amalga oshirilgach esa mablag’larni qaysi manbaa xisobiga qoplash kerakligini ko’rib o’tiladi. Agarda korxonaning o’z mablag’lari yetarli bo’lsa o’z mablag’lar manbai hisobiga aks holda esa qarz mablag’lari hisobiga qoplaydi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir korxona o’z moliyaviy ehtiyojlarini o’zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta’minlash manbai bo’lib, uning foydasi, qimmatbaho qog’ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to’lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari hamda qonundan tashqari bo’lmagan holda kirim qilingan mablag’lar kiradi. Bunday asosda kiritilgan mablag’lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital deb qaraladi.
Xususiy kapital xisobi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudratining darajasini qay darajada ekanligini bildiradi. Bunday taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6-sessiyasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunda ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16- moddasiga ko’ra1 moliyaviy hisobotlar tarkibida 5- shakl «Xususiy kapital to’g’risida hisobot» deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.
Xususiy kapital tahlilining vazifalari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
xususiy kapitallardan samarali foydalanganlikka baho berish;
xususiy kapitalda mavjud bo’lgan imkoniyatlarni aniqlash;
uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va hakozolar kiradi.
Xususiy kapital tahlilini olib borishda axborot manbai bo’lib, «Buxgalteriya balansi»ning passiv 1- bo’limi va «Xususiy kapital to’g’risida»gi hisobot shakllari kiradi. Bu hujjat shakllaridan foydalangan holda biz tahlil ishlarini olib boramiz. Mazkur mavzuning hisobi 12- «Jurnal orderi» da yuritilib, ushbu hujjat formasi ham manbalar sifatida ko’rilishi mumkin. 2. Xususiy kapital tarkibi, o’zgarishi va dinamikasining tahlili
Xususiy kapital hisobi o’z ichiga bir qancha ko’rsatkichlarni olib, ular quyidagi tartibda tashkil etiladi:
Ustav kapitali;
Qo’shilgan kapital;
Rezerv kapitali;
Taqsimlanmagan foyda;
Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
Korxonaning ustav kapitali o’z mablag’lar manbaining asosini tashkil etadi. Ustav kapitali ta’sischilar tomonidan qo’yilgan pay to’lovlarini, aksiyalarining nominal qiymatini o’zida saqlaydi. Uning hisobi esa hukumat qarorlari va ta’sischilarning yig’inida qabul qilingan qarorlar asosida yuritilib boriladi.
Davlat tashkilotlarida ustav kapitali davlat byudjeti tomonidan ajratilgan mulkni ko’rsatadi. Mulkning kelishi vaqtiga esa bu summa ustav kapitalida ko’rsatiladi.
Korxonalar amalda qo’llanilayotgan qonunlarga ko’ra har yili erishgan foydasidan rezervlar tashkil etishlari mumkin. Unga har yili ustavda ko’rsatilgan tartibda mablag’ chegirilib boriladi.
Tashkil etilgan fond esa quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
1. Ko’rilgan zararlarni qoplash uchun;
2. Korxona hisobot yilida foyda olmagan bo’lsa imtiyozli aksiyalar uchun dividend berish;
3. Boshqa to’lovlarni amalga oshirish uchun.
Taqsimlanmagan foyda - bu korxonaning hisobida turgan sof foydasini ko’rsatadi. U ham xususiy kapital tarkibiga kiruvchi eng asosiy ko’rsatkichlardan sanaladi. Lekin faoliyat yurituvchi korxonalar har safar ham foyda bilan chiqmasligi mumkin. Bu holda uning zarari xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar deb yuritiladi. Mazkur ikkala qiymat ham 8710- «Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» hamda 8720 – “Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotlarida yuritilib, ularning farqi ishoralari orqali aniqlanib olinadi.
Moliyaviy tahlilni olib borishda koeffitsiyentlar usuli eng ilg’or metodlardan xisoblanib, bizning o’rganayotgan mavzuimizni ham ularsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida turli xil moliyaviy koeffitsiyenlar o’rganiladi va ularni shartli ravishda to’rtta katta guruhlarga ajratiladi:
Rentabellik koeffitsiyentlari;
Likvidlik koeffitsiyentlari;
To’lov qobiliyati koeffitsiyentlari;
Bozor indikatorlari.
Bu ko’rsatkichlar ham o’z tarkibiga bir qancha koeffitsiyentlarni oladi:
Demak, birinchi ko’rsatkich tarkibiga:
Xususiy kapital rentabelligi;
Korxonaning jami investitsiyalar rentabelligi;
Leveridj;
Sotish rentabelligi.
Likvidlilik koeffitsiyentlariga:
A) Tez likvidlanadigan koeffitsiyentlar;
B) Debetorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti;
V) Ishlab chiqarish zahiralarini aylanishi koeffitsiyenti;
G) Qiyin likvidlanish koeffitsiyenti.
To’lov qobiliyatini izohlovchi koeffitsiyentlarga quyidagilar kiradi:
Qarz va hususiy kapital nisbati koeffitsiyenti;
Xususiy kapitalning jami mulkda tutgan ulushi koeffitsiyenti;
Qarz mablag’larining jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsiyenti.
Bozor indikatorlariga esa bozor qiymati va buxgalteriya xisobida aks etgan baho (nominal qiymat, tannarx) orasidagi farq summalari o’rganiladi.
Bu koeffitsiyentlar ichida bizning mavzuga taaluqli bo’lgan koeffitsiyentlar ham mavjud bo’lib, ular quyidagicha aniqlanadi:
Xususiy kapital rentabelligi. Bu rentabellik turi har bir so’mlik xususiy kapitalimiz hisobiga to’g’ri kelgan sof foyda qiymati o’rganiladi. Buning uchun,
Xususiy kapitalning yillik o’rtacha qiymati ko’rinishida hisob - kitob ishlarini bajarishimiz kerak. Xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatini topish uchun yil boshidagi va yil oxiridagi summalarini yig’indisini ikkiga bo’lib aniqlaymiz.
Jami investitsiyalar rentabelligi. Bu ko’rsatkichni aniqlashimiz uchun, Sof foyda Q (Kreditlar uchun foiz*foyda solig’ining korektirovka qilingan stavkasi)QRezervlar uchun ajratma.Jami aktivlarning o’rtacha qiymati kabi hisoblashish ishlarini bajarishimiz lozim.Bu yerda aktivlarning o’rtacha qiymati jami mablag’larning yil boshiga va yil oxiriga bo’lgan qiymatini yig’indisini ikkiga bo’lgan holda topamiz. Bu yerda rezervlar uchun ajratma, kredit uchun soliqlar va foyda solig’ining korrektirovkasi sof foyda hisobidan bo’lganligi uchun bu qiymatlarning yig’indisi hisobot yilining yakuniy moliyaviy natijasi sifatida keladi.
Leverdj. Bu xususiy kapitalning o’sgan qismini ko’rsatib, u quyidagicha aniqlanadi, ya’ni xususiy kapital rentabelligi koeffitsiyenti bilan jami investitsiyalar orasidagi farq koeffitsiyenti olinadi. Kelib chiqqan natija qanchalik yuqori bo’lsa korxonaning xususiy kapitalini shunchalik o’sganligini beradi. Bir aksiya uchun daromadni hisobot yilida olingan foydani chiqarilgan aksiyalar soniga bo’lish bilan aniqlanadi. Qarz va xususiy kapital o’rtasidagi nisbat koeffitsiyenti.Bunda uzoq va qisqa muddatli qarz mablag’larini o’z mablag’lari manbaiga bo’lib topamiz. Bunday nisbatlar har bir davr uchun aniqlanadi. Agarda hisobot yili boshidagi aniqlangan koeffitsiyent yil oxiriga nisbatan katta bo’lsa A1>A2 u holda korxonaning to’lov qobiliyati oshgan bo’ladi. Aks holda esa korxonaning to’lov qobiliyati pasaygan bo’ladi.
Xususiy kapitalning jami aktivlarda tutgan ulushi koeffitsiyenti formulasi orqali topiladi. Bu koeffitsiyent qanchalik birga yaqinlashib borsa korxonaning mustaqilligi shunchalik oshib boradi. Bizning respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar bu koeffitsiyentning kamida 50% ga ega bo’lishlari lozim.
3. Xususiy kapitalni ko’paytirish omillarini aniqlash
Xususiy kapital tahlili uning tarkibidan joy olgan ko’rsatkichlar hisobiga o’zgarib boradi. Har bir tarkibning o’zgarishi ham o’z mazmuniga ko’ra ma’lum ko’rsatkichlarni o’zgarishi orqali amalga oshadi.
Ustav kapitali;
Bu schyot xususiy (hissador) kapitalining qiymati, qimmatbaho qog’ozlarning emissiyasi va joriy yil foydasi va zarari hisobiga o’zgarishi mumkin.
Qo’shilgan kapital.
Bu schyot quyidagi hollarda o’zgarishi mumkin:
-xususiy (hissador) kapitali qiymatining o’zgarishi;
-muomalaga qo’shimcha aksiyalarning chiqarilishida;
-asosiy vositalarni qayta baxolanishida;
-foyda va zararlarni hisobiga.
3. Rezerv kapitali ham yuqorida keltirilgan o’zgarish sabablari hisobiga amalga oshadi. Faqatgina bu o’zgarishlar tarkibiga foyda hisobidan rezervlarga ajratilgan summalar.
4. Taqsimlanmagan foyda. Bu ko’rsatkich korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi, hissador kapitalining ko’payish yoki kamayishi, qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi, rezerv uchun ajratmalar hisobiga o’zgarishi mumkin.
5. Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
-xisobot davrida olingan zarar;
-qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi;
-hissador kapitalining ko’p yoki kam bo’lishi
-kabi ko’rsatkichlar hisobiga o’zgarishi mumkin.
Bu o’zgarishlar 5- shaklda ham yaqqol ko’zga tashlanib turadi.
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar
xususiy kapital to’g’risida tushuncha va uni tahlil etish maqsadi;
xususiy kapitalni tarkibi, tuzilishi va yil boshiga nisbatan o’zgarish sabablari;
ustav fondi;
rezerv kapitali;
qo’shilgan kapital;
taqsimlanmagan foyda (zarar);
balans passivi moddalarini qarzni uzish muddatlari bo’yicha 4 guruhga bo’linishi;
joriy likvidlik koeffitsiyenti;
istiqbolli likvidlik koeffitsiyenti;
bankrotlik alomatlari va ularni tahlil etish uslublari;
kreditga lag’qatlilikni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi va ularni tahlil etish uslubi;
qaramsizlik koeffitsiyenti;
qarz va o’z mablag’larini nisbati;
Takrorlash uchun savollar
Xususiy kapital deganda nimani tushunasiz?
Xususiy kapital nima uchun tahlil etiladi?
Xo’jalik sub’ektlarining xususiy kapitalini tahlil qilishdan maqsad va tahlil vazifalari nimalardan iborat?
Xususiy kapital tarkibiga nimalar kiradi?
Xususiy kapital qanday tahlil etiladi?
Xususiy kapitalni ko’paytirish yo’llarini ko’rsatib bering?

Xulosa:
Buxgalteriya hisobi fanidan ma'lumki korxona, tashkilot va firmalarni moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlash manbai bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
• O’z mablag'lar manbai;
• Qarz mablag’lari.
Sobiq ittifoq davrida esa bu mablag'lar manbaiga byudjetdan ajratmalar ham kirgan. Lekin bozor iqtisodiyotiga o'tganimizdan keyin bu mablag'lar manbai bekor qilingan. Chunki bu manbaning yo'q qilinishi Respublikamizdagi endilikda esa yuqorida sanab o'tgilganlar korxonalarni mablag'lar bilan ta'minlash manbai bo'lib kelmoqda. Korxona, tashkilot yoki firma ochilish davrida o'z mablag'larini belgilab olishi lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o'z moliyaviy ehtiyojlarini o'zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta'minlash manbai bo’lib, uning foydasi, qimmatbaho qog'ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to'lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to'lovlari hamda qonundan tashqari bo'lmagan holda kirim qilingan mablag'lar kiradi. Bunday asosda kiritilgan mablag'lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital deb qaraladi. Xususiy kapital hisobi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega bo'lib, u korxonaning o'z qudrat darajasini qay darajada ekanligini bildiradi. Hususiy kapital qiymatini ko'paytirishning eng asosiy omili bo'lib korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi. Faoliyat ko'rsatuvchi tashkilotlar shu omil hisobiga o'z jamg'armalarini oshirishlari eng optimal variant deb qaraladi. Sababi, bu omilning o'zgarishi faqatgina korxonaning o'ziga bog'liq bo'lib, uning har tomonlama to'liq imkoniyatlarini ishga solib faoliyatini boshlashini taqozo etadi. Bundan tashqari boshqa ko'rsatkichlaming o'zgarishi ham ushbu omil bilan bevosita bog'liq bo’ladi. Mazkur vazifalarni hal etishda korxona va tashkilotlar «Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi to'g'risidagi Nizom»ni chuqur bilishlari lozim. Yuqоridаgi хulоsаlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа quyidаgilаrni tаklif qilаmаn:
- Korxona va tashkilotlarda ustav, qo’shilgan va rezerv kapitali hisobini xalqaro andozalar asosida olib borish;
- Korxonalarda moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining kapital konsepsiyasini qo’llash;
- Korxona va tashkilotlar o’zlarining sof foydasi o’sishini ta’minlash;
- Korxona va tashkilotlarda “Hususiy kapital” to’g’risidagi 5-shakl
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda dasturiy ta’minotlardan foydalanish.



Download 326,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish