Oshkent moliya instituti



Download 326,5 Kb.
bet1/3
Sana26.05.2022
Hajmi326,5 Kb.
#609174
  1   2   3
Bog'liq
Nusratilloyev Javohirbek Moliyaviy tahlil (3)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

T
OSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Moliya fakulteti

Audit va iqtisodiy tahlil kafedrasi


Moliyaviy tahlil fanidan




KURS ISHI
Mavzu: Xususiy kapital va uning tahlili.


Ilmiy rahbar: Ismoilova Maxbuba.
.
Bajardi: MM-53 I guruh
talabasi Nusratilloyev Javohirbek .


Toshkent 2022
Reja:

Kirish
1.Kapital, xususiy kapital tahlili xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining xususiy kapitalini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalar
2.Xususiy kapital tarkibi, o’zgarishi va dinamikasining tahlili
3. Xususiy kapitalni ko’paytirish omillarini aniqlash va rezerv kapitali
4. Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
Xulosa
Adabiyotlar ro'yxati

Kirish
Mustaqillik bоzоr iqtisоdiyotiga o’tish jarayonida turli mulk shaklidagi kоrxоnalar faоliyatiga to’liq erkinlik berdi. Ayniqsa, savdо-sоtiqda erkin munоsabat yuritish, hamkоrlikda faоliyat ko’rsatish uchun sherik tanlay bilish, o’zi ishlab chiqargan mahsulоt va uni sоtishdan оlgan darоmadga to’liq egalik qilish mоliyaviy ko’rsatkichlarining o’zgarishiga bevоsita ta`sir etadi.
Respublikamiz iqtisоdiyotini bоzоr munоsabatlariga o’tkazish bilan kоrxоnalar xo’jalik faоliyatini tahlil qilishni ahamiyati yanada оrtadi, chunki bоzоr munоsabatlari sharоitida ishlab chiqarishga jоriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali fоydalanish eng dоlzarb muammоga aylanadi.
Alohida e’tirof etish lozimki iqtisodiyotga kiritilayotgan invistitsiyalarning katta qismi iqtisodiyotimizning ishlab chiqarish salohiyatini tubdan yaxshilash,sifatli va jahon bozorida munosib raqobatlasha oladigan maxsulotlar ishlab chiqarish, meva va poliz mahsulotlarini saqlashda va boshqa maqsadlarda asosiy kapital iste’moliga, bir so’z bilan aytganda korxonalarni texnik jihatdan zamonaviy texnologiyalar asosida qayta qurollantirishga yo’naltirilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlab o’tganlaridek investitsiya - bu iqtisodiy drayver, o’zbekcha aytganda iqtisodiyotning yuragi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar,ilg’or tajribalar,yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.Shu o’rinda bir savol tug’iladi: investitsiya deymiz,islohotlar deymiz, modernizatsiya, deymiz. Lekin bu o’zgarishlardan ko’zlangan asosiy maqsad o’zi nima? Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili, dinidan qat’iy nazar erkin tinch va badavlat umr kechirish, bugun hayotdan rozi bo’lib yashashsa bizning bosh maqsadimizdir. 1
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganligi munosabati bilan qisqa davr ichida respublikamiz iqtisodini yuksaltirish uchun bir qator iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish va uni rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan hamda hayotga tadbiq etilayotgan izchil islohotlar, amaliy sa’y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamonga mos tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta’minlashga qaratilganligi bilan g’oyat ahamiyatlidir. Jumladan, davlatimiz rahbari ta’kidlab o’tganlaridek, davlat moliyasini boshqarishda iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o’zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo, iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga bog’liqdir.
Yangicha ish yuritish avval uchramagan muammоlarni keltirib chiqarmоqda. Jumladan, tashqi va ichki bоzоrdan tajribali mijоz va hamrоh tanlash bilan birga ularning mоliyaviy imkоniyatlarini o’rganish zarurligini ko’rsatadi.
. Kоrxоnalarning xo’jalik faоliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradоrligini оshirishning muhim оmili bo’lib kelgan va shunday bo’lib qоladi. Xo’jalik faоliyatini tahlil qilish kоrxоnalarning ishlab chiqarish, mоliyaviy, mehnat resurslaridan оqilоna fоydalanish darajasini aniqlashga yoоdam beradi, fоydalanilmagan resurslarni aniqlab; kоrxоnalarning kelgusida rivоjlanishi, ularning mоliyaviy hоlatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkоn beradi.
Bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish ,zamonaviy tehnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangiz korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ,kichik biznes va xuxusiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish sohasi ba kasanachilik rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga zamonaviy texnika va texnologiyalarni keng joriy qilinishi, buxgalteriya hisobi va tahlil borasida ilg’or xorijiy usullarning qo’llanilishi asosiy vositalarning tugatilishi hisobi hamda tahlilni tashkil qilish, yuritish hamda takomillashtirishning naqadar dolzarb ekanligini ifodalaydi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (keyingi o'rinlarda MHXS) otishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan taminlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo'yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Belgilansinki, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug'urta tashkilotlari va yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:
2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga o'tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
2021-yil yakuniga qadar buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida MHXS boyicha moliyaviy hisobot fanini muvaffaqiyatli topshirganligi togrisida hujjatga yoxud Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA), Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA), Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA) va Xalqaro moliyaviy hisobot bo'yicha diplom (DipIFR) sertifikatlaridan (keyingi orinlarda xalqaro buxgalter sertifikati) biriga ega kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo'llash uchun yetarli bolgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan taminlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020-yildan boshlab, ushbu bandda ko'rsatilmagan davlat ulushi bo'lgan xo'jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o'tish jadvali har yili tasdiqlanishi va 1-iyunga qadar rasmiy veb-saytida elon qilinishini taminlasin.
2. Shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik subyektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo'yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.
3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo'yicha vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qomitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda MHXSning joriy etilishini, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlar MHXS asosida o'z vaqtida elon qilinishini monitoring qilish;
MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha jahonning muvaffaqiyatli tajribalarini ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo'yicha nodavlat talim tashkilotlarini (keyingi o'rinlarda akkreditatsiyadan o'tgan o'quv markazlari) hamda sohaga oid oliy talim muassasalarining oquv dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar (Sertifikatlangan diplomli buxgaltyerlar xalqaro assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants ASSA) va boshqalar) bilan o'zaro hamkorlikni kengaytirish
Rivojlangan davlatlarning ilgor tajribasi asosida o'quv jarayonining sifatini, imtihonlarni o'tkazish va natijalarini baholashning shaffofligini taminlovchi MHXS bo'yicha sertifikatlashning samarali tizimini joriy etish, shuningdek, MHXS sohasida talab yuqori bolgan mutaxassislarni akkreditatsiyadan o'tgan o'quv markazlarida o'qitish bo'yicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama ko'maklashish;
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini MHXSga muvofiq uygunlashtirish
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tuzilmasida vazirlikning boshqaruv xodimlari cheklangan soni doirasida uchta shtat birligidan iborat moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishni muvofiqlashtirish va elon qilinadigan moliyaviy hisobotlar sifatining tashqi nazorati bolimi tashkil etilsin.
4. Ilg'or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish bo'yicha yo'l xaritasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) buxgaltyerlar va auditorlar respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
2020-yil 1-iyunga qadar Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to'grisidagi nizom;
2021-yil 31-yanvarga qadar MHXSni joriy etishning ustuvor yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda va MHXS bo'yicha mavjud kadrlar salohiyatini o'rganish natijalariga ko'ra tayyorlangan buxgaltyerlarni sertifikatlash milliy tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahliliy malumotnoma;
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor davlat organlari xodimlarini (keyingi orinlarda davlat organlarining xodimlari) akkreditatsiyadan o'tgan o'quv markazlarida MHXS bo'yicha o'qitish jadvali har yili tasdiqlanishini taminlasin;
v) Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Fargona politexnika institutining (keyingi o'rinlarda tajriba-sinov oliy talim muassasalari) Buxgalteriya hisobi va Audit fanlari bo'yicha pedagog xodimlarini akkreditatsiyadan otgan oquv markazlarida MHXS bo'yicha tezlashtirilgan tarzda o'qitish jadvalini tasdiqlasin;
MHXS bo'yicha o'qitish, malaka oshirish, interfaol usullarni qo'llagan holda o'qitish, shuningdek, buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida. O'zbekiston Respublikasida dastlabki ro'yxatdan o'tkazish va imtihon topshirish uchun ro'yxatdan o'tkazish xarajatlari O'zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) oliy talim muassasalarining buyurtmanomalariga asosan:
oliy talim muassasalarining Buxgalteriya hisobi va Audit fanlari boyicha pedagog kadrlari imtihon topshirishi uchun birinchi marta to'liq hajmda, ikkinchi marta imtihon topshirish uchun ro'yxatdan o'tish summasining 50 foizi miqdorida qoplanadi; oliy talim muassasalarining talabalari va bitiruvchilari (o'qishni tugatgandan so'ng olti oy ichida) imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, birinchi marta to'liq hajmda, ikkinchi marta imtihon topshirish uchun royxatdan o'tish summasining 50 foizi miqdorida qoplanadi;
b) davlat organlarining buyurtmanomalariga asosan o'z xodimlari imtihon topshirishi uchun birinchi marta to'liq hajmda, ikkinchi marta imtihon topshirish uchun ro'yxatdan otish summasining 50 foizi miqdorida qoplanadi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
moliyaviy hisobotning yagona standartlarini ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan mustaqil xalqaro tashkilot hisoblangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi (keyingi o'rinlarda MHXS fondi) bilan bitim tuzsin;
2020-yilda MHXS va unga tushuntirishlar matnini davlat tiliga tarjima qilish, boshqa tillarda MHXSni qollash bilan bog'liq hamda MHXS fondi yillik badallar to'lash xarajatlarini O'zbekiston Respublikasining respublika budjeti qo'shimcha daromadlari hisobidan qoplasin, 2021-yildan boshlab esa zarur mablag'lar ajratilishini O'zbekiston Respublikasining respublika budjetida nazarda tutsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'grisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-3946-son qarorining 5-bandiga 2-ilovaga muvofiq o'zgartirishlar kiritilsin.2
Mazkur qaror ijrosini tashkil qilishning quyidagi tartibi o'rnatilsin:
O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari J.A. Qo'chqorov mazkur qarorning oz vaqtida, sifatli va toliq bajarilishini taminlasin, belgilangan tadbirlarni bajarishga masul bo'lgan vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar togrisidagi hisobotlarini eshitsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oz vaqtida bartaraf etish boyicha choralar korsin;
O'zbekiston Respublikasi moliya vaziri MHXS joriy qilinishi monitoringini taminlasin, buxgalteriya hisobi milliy standartlarini MHXS bilan uyg'unlashtirish, buxgalteriya hisobi sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va tajribali hamda yuqori malakali mutaxassislarni MHXSni joriy qilish jarayoniga jalb etish bo'yicha choralar ko'rsin;3
O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus talim vaziri I.U. Majidov talim jarayonlariga MHXSni chuqur o'qitishni muvaffaqiyatli va samarali joriy etish, pedagog kadrlarni MHXS bo'yicha sertifikatlash va oliy talim muassasalari o'quv dasturlarini akkreditatsiyalash yuzasidan barcha zarur choralarni korsin, shuningdek, mazkur qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini taminlasin; masul vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari mazkur qaror bilan tasdiqlangan Yo'l xaritasida nazarda tutilgan tadbirlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirsin;
O'zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Kochimov va O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, matbuot anjumanlari, mavzuga oid telekorsatuvlar tashkil etsin. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV4

Download 326,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish