O‘sha qog‘ozlarni atlas ko‘ylagingday asragin… Bu gapni bizga Ibratning nabirasi Jamilaxon Nizomova (Zarifaxonning qizi) aytib berdi



Download 29,26 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi29,26 Kb.
#642260
Bog'liq
111 (Lotincha)


Ibratning uyida maxfiy g‘aladon bo‘lib, 1937 yil 14 mart tunidagi tintuvda uning siri ochilmagan va Ishoqxon to‘ra qalamiga mansub bir qator bitiklar, jumladan, “Tarixi Farg‘ona” asarining qo‘lyozmasi ham NKVD changaliga tushmagan. Ibrat qizi Zarifaxonga tayinlagan ekanki:
– O‘sha qog‘ozlarni atlas ko‘ylagingday asragin… Bu gapni bizga Ibratning nabirasi Jamilaxon Nizomova (Zarifaxonning qizi) aytib berdi. Zarifaxon arabiy yozuvdagi “Farg‘ona tarixi”ni avval lotin, keyin kirill yozuviga ko‘chirgan. “Tarixi Farg‘ona” asari avvalida “Ammo ba’d, bu bandai Xudo va ummati Mustafo alkan ul-lisoni, notavon, a’no Qozi Ishoqxon sokini qal’ai Xon, a’no To‘raqo‘rg‘on min muzofoti Farg‘ona va az iqlimi Turkiston, bu tariqa ayon va bu tarzda bayon qilur…” jumlasini o‘qiymizki, demak, Ibrat bu asarni qozilik davrida (u 27 yil To‘raqo‘rg‘on qozisi bo‘lgan) yozgan. Bu tarixiy asarda asosan o‘zbek davlatchiligi rivojining oqsagan bosqichi, ya’ni xonliklarning tanazzulga yuz tutishi, rus bosqinchiligi kulfatlari keng tasvirlanadi. Tarix shunday: Namangan shahri va atrofi 1875 yil oktyabrь oyida CHor Rossiyasi tomonidan istilo qilingan. Bosqinchilarning o‘ta shafqatsizligi “Tarixi Farg‘ona”da ro‘y-rost ko‘rsatilgan. Ibratning yozishicha, To‘raqo‘rg‘onga kirgan rus soldatlari qochganlarni ham, qocholmay qolganlarni ham otavergan. YOki Golovachev boshliq askarlar Namangan shahrida bir kun qatli om qilgan, xatto masjid va xonaqohdagilarni ham qirib tashlashgan. Ishoqxon Ibrat xalqimiz boshiga tushgan o‘sha kunlarning jonli shohidi edi. U o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlarini shunday yozadi: “Muallifi kitob ul vaqtda o‘n besh yoshimda xatu savodim chiqqan talaba edim, birdan qoch-qoch bo‘lub, har kim o‘z holig‘a ovora bo‘lub, qiblagohimiz o‘z hollarig‘a bo‘lub, qayon ketdilar, bilmaduk. Bizlar o‘z mahallamizdagi xotunlar va bolalar ilan qochib bir bog‘da yotduk, to shomg‘acha bu to‘pu miltiq ovozi o‘qlar boshimizdan ovoz birla o‘tub turgani vahmida hech erga chiqolmay, bog‘da edik, … “Kechasi sizlarni bir kishi chaqirdi” dedilar. “Kim ekan?” deb bog‘dan chiqsam, qiblagohimizdan kelgan odam ekan. Ul kishi Mullakuding (Namangan tumanidagi qishloq. Muallif izohi – R.U.) da ekanlar. Borub, bolalar asir bo‘ldimu yoki otilib o‘ldimu, eson-omon ko‘rmak muyassar bo‘lsa edi, deb YUsufxo‘ja va Muhammad Zohid degan kishilarni yuborgan ekanlar. Alar bizlarni olub, kecha ilan jo‘naduk. Bu muhoraba Botur To‘ra askar yiqqandan bo‘lg‘on edi, o‘zlari qochib ketib, To‘raqo‘rg‘on fuqarosini badnom qildilar. Munda eski sipohlardan bir necha adadlari ancha-muncha etushub, Muhammad Muso bezanjir degan kishi bosh bo‘lub, nodon kishilar har erdan o‘q chiqarub, To‘raqo‘rg‘onni ham ikki kun otuv qildilar. Oxirulamr… ertasi jum’a kuni yurt kattalari maslahat qilib, musolaha so‘ramoqg‘a… borganlarida Glovacho‘b qattiq siyosat qilib, so‘zlashibdurlar. Aytibdurki: “Nimaga ertaroq chiqmadinglar yoki tezroq kelmadinglar, muncha odam o‘lmas edi… Rusiya katta podshohdur, sizlar urusholmaysizlar, yaxshi turub fuqarolik qilsalaringiz, sizlarni boy qiladur, agar janjal qilsalaring mana shunga o‘xshagan otuv qiladur… Valhosil, o‘sha otuvdan so‘ng Namangan tinchidi. O‘shal vaqt kuz vaqti hijriy 1293-inchi, 94-inchisida edi, qavs chillasi bo‘lsa kerak. Namangan tamom Rusiya davlatiga o‘tdi. Bu ishlariki, ya’ni behuda fasod ishlar sabab o‘z ahlimizni beilm va befikrligidan bo‘ldi”. “Tarixi Farg‘ona” Qo‘qon xonligi haqidagi asarlar orasida xolisligi bilan mo‘‘tabar, kitobxon qalbiga ham shu jihatdan yaqindir. Negaki, 1991 yilgacha yaratilgan tarix darsliklarida yagona xulosa xukmron. YA’ni, bizdagi bir-ikkita xonu xoqondan o‘zga hamma podsholar ilmsiz, johil, zolim, muttasil fuqarosining qonini ichgan va ezilgan xalq esa yil o‘n ikki oy qo‘zg‘olon bilan band bo‘lgan. Ayting-chi, u holda milliy davlatlarimizni kim boshqargan, tarix va taraqqiyot charxini kim aylantirgan? Buyuk o‘tmishimiz faqat zulm, qon va isyondan iborat bo‘lsa, o‘zbekning buyuk tamadduni osmondan tushganmi? Lyudoviklar, Pyotrlar, Elizavetalar, hatto Ekaterinalar buyuk bo‘lganda, nega endi bizning hukmdorlar qip-qizil ahmoq deb sifatlanishi kerak?.. “Tarixi Farg‘ona”da Ibrat go‘yo ana shunday savollarga javob beradi, yuqoridagi biryoqlama qarashlar poydevoriga zarba uradi. Va muallif alohida aytmasa-da, uqmoq mumkinki, hukmdor ham xom sut emgan bir banda va tabiiyki, yanglishadi-da. Binobarin, Ibrat qaysi bir xonni haqqoniy tanqid qilarkan, ayni chog‘da uning ijobiy ishlarini ham unutmaydi: “Bu Farg‘ona va Turkiston xonlaridan ikki kishi fuqaro va dinu millat uchun harakat etgan edi. Biri bu amirlashkar (Alimqul. Muallif izohi – R. U.) va biri marhumiy Mallaxon. To‘plar quydurub, miltiqlar yasab, korxonalar qilib, to‘plar uzrasiga kumushlar bila yozuvlar yozub, yaxshi diqqat etkan edi”. SHuning uchun ham bu asar nafaqat Qo‘qon xonligi, balki, O‘rta Osiyo xalqlari tarixini yoritishda muhim va ishonchli manba ekanligi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. Milliy uyg‘onish davrining yorqin namoyandalaridan biri, ma’rifatparvar shoir, olim, sayyoh, matbaachi va muallim Ishoqxon To‘ra Ibrat 1862 yili Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida ziyoli oilada tavallud topgan. Otasi Junaydulla xo‘ja va onasi Huribibilar xat-savodli kishilardan bo‘lib, maktabdorlik ham qilganlar. Ishoqxon ona-otasi qo‘lida savod chiqarib, keyinchalik turli maktab va madrasalarda ta’lim olgan. Ibrat 1886 yilda Qo‘qon madrasasini tugatgach, ona qishlog‘i To‘raqo‘rg‘onga qaytadi. O‘z faoliyatini ma’rifat tarqatishga qaratadi. «Usuli qadim» qabilidagi maktablarni isloh etib, jadid maktablarini ochishga kirishadi, mehnatkash xalq bolalarini maktabga tortadi. Ammo ko‘p o‘tmay, mutaassib kimsalar bu maktablarni «kofirlar maktabi» deb yopib qo‘yishadi. SHundan so‘ng u 1887 yilda, ya’ni 25 yoshlarida onasi Huribibini hajga olib borish bahonasida Jidda shahriga yo‘l oladi. Ammo onasi o‘pka shamollashi orqasida vafot etgach, u SHarq va G‘arb mamlakatlariga safar qilib, Istambul, Sofiya, Afina, Rim, shuningdek, Qobul, Makka, Kalkutta, Bombey kabi shaharlarda bo‘ladi. Safar davomida arab, fors, hindi, urdu, ingliz tillarini mukammal o‘rganadi. Ibrat 1896 yili Hindiston, Birma, Xitoy, Qashqar orqali o‘z vatani Namanganga keladi. Safar natijasi o‘laroq, uning «Lug‘ati sitta al-sina» asari maydonga keladi. Asar 1901 yilda nashr etilib, u o‘zbekcha-ruscha va ko‘p tillik lug‘at yaratishda muhim tajriba rolini o‘taydi. Muallifning «Jome’ us-xutut» asari esa 1912 yilda yaratilgan, u dunyodagi qirqdan ortiq tillar va yozuvlar haqida ma’lumot beradi. U tarixchi olim sifatida «Tarixi Farg‘ona» (1916) asarini yaratadi. Unda Qo‘qon xonligi va, umuman, Turkistondagi xonliklarning inqirozi, mustamlakachilik zulmi, eng muhimi, o‘z xalqining yorqin kelajagiga ishonch ruhi o‘z ifodasini topgan. SHuningdek, 1928 yilda uning yana bir asari — «Mezon ul-zamon» yuzaga keldi. Ishoqxon Ibrat matbaachi sifatida 1908 yildayoq Namanganda «Matbaai Ishoqiya»ni tashkil etib, kitob nashriga kirishgan edi. Bu erda u ko‘plab ilmiy, tarixiy, badiiy asarlar bilan birga, zamonaviy mavzulardagi kitoblarni ham nashr etib, ilm-ma’rifat va ma’naviyat rivoji yo‘lida xizmat qilgan. Ibratning shoir sifatida ham ko‘plab she’rlar yaratgani ma’lum. U maxsus devon tuzganligi haqida ma’lumotlar bor bo‘lsa-da, ular bizgacha etib kelmagan. Ammo ko‘p she’rlari matbuot sahifalarida saqlanib qolgan bo‘lib ular hayotning turli jabhalaridan hikoya qiladi. Ibratning milliy kutubxona, kitobxonlik ishlarining ilk tashkilotchisi va targ‘ibotchisi sifatida ham xizmatlari beqiyosdir. U asos solgan «Kutubxonai Ishoqiya» fondi bu jihatdan ancha boy bo‘lib, unda kitob berish va olish ma’lum tartib-qoidaga moslashgan edi. 1937 yilga kelib uning barcha faoliyatiga chek qo‘yildi, kitoblari yoqib, yo‘q qilib yuborildi. O‘zi esa qatag‘onga uchradi. Faqat istiqlol davriga kelib uning nomi va ijodi asl qadr-qimmatini topdi. Kitoblari chop etilib, o‘zi tug‘ilib o‘sgan To‘raqo‘rg‘onda muzey ham tashkil etildi. Hamdimiz ul zoti vojib ul-vujudg‘akim, mavjudotu maxluqotlarini «kun» iborasi ilan vujudg‘a chiqorub, xoliq ul-xalq vas-samo va soni’ ul-kavokib val-havo ul zoti pok aqdas ekonin zul-uqullarga ayon va oshkora etib, alar maishati va foydasig‘a anvo’i favokihot va ni’amotlarni kurrai arzda xalq etib, mujdai «xalaqa lakum ma fil-arzi jami’an» oyatin yubordi. Va durudi noma’dud o‘tmish anbiyoi izomlarinakim, barchalari hodiyyi umam va nabiyyi muhtaramdurlar. Alal-xusus salavotu salom nabiyyuno sallollohu alayhi vasallam hazratlarinakim, shofi’i jami umam o‘lub, «lav loka lamo xolaqtul-aflok» mujdasiga noil o‘lub, «va-lasavfa yu’tika robbuka fatarzo» oyati karimasi haqlarida nozil o‘lmishdur.
Va durudi noma’dud chahor yori izom va xulafoyi kiromlarinakim, millati islom uchun sidqu ehson va bazli jon etmishlar. Ammo ba’d, bu bandai Xudo va ummati Mustafo alkan ul-lison, notavon, a’ni Qozi Ishoqxon, sokini qal’ai Xon, a’ni To‘raqo‘rg‘on min muzofoti Farg‘on va az iqlimi Turkiston, bu tariqa ayon va bu tarzda bayon qilurki, banda ilmiya muhabbatinda umrum sarf o‘lub, goh-gohi tafosir va ahodislar ila mutolaada bo‘lub va ba’zi vaqtlarda tavorixlar ishtig‘olinda bo‘lub, bu olami foniydan o‘tmishlar surati hol va taayyushi af’ollari taboduli zamon va inqilobi ovondan tabdil bo‘lushi mani hayratga solib, olam ta’rixlarin ko‘rub, ilmi ta’rix bir ilmi sharif va bir fanni ajibligi ma’lum o‘lib, ham «nahnu naqussu alayka ahsan al-qasos» mazmunicha hodisoti olam va maishati odamdan voqif o‘lmagan insonlar voridoti va zuhuroti zamondin bexabar o‘lib, Kalomi qadim mafhumincha «hal yastaviy allaziyna ya’lamuna val-laziyna la ya’lamun» mantiqincha bilmagon asfal, balki kal-an’om, bal ham azal o‘lub, mavjudot va mukavvinot xoliqi parvardigori olami olamiyonni o‘n sakiz ming olamindan birini bilmay, bilsa ham komil e’tiqod qilmay, ilmdan mosuvo va dangasai dargoh bo‘lib, hayvoni notiqlik ismila mashhur va bu laqabg‘a mag‘rur o‘tar ekan, chunonchi, Islombul shuarolaridan Ismoil Safo aytur. Derki:
Nalar tahsil edar bir asr ichinda buzurgi odam,
YOzuqdur jahl ila kechmish o‘lan bir umr sad sola.
YUz yil umr ko‘rub, masnu’oti ilohiy va maxluqoti lomutanohiylarini mushohada qilmay, xobi g‘aflatda husnu qabih ashyoni imtiyozidan oriy o‘tar ekan zul-uqul va uvl ul-absorlarga mafhum va ma’lumdurki, taht as-samoud-dunyoda va kurrai arzda mavjudot va maxluqotlarini anvo’ va avzo’lari har biri mushohidin va muvahhidindurki «fa’’olun lima yurid» irodasiga marbut va bu davrda mazbutdur. Va ham aqolimi asba’adagi maxluqlarin xavos va af’ollari havo va e’tidollari foili muxtorni kamoli qudratiga shohiddur. Olamni tamom ko‘rmak va kezmak bir bandaga muyassar va mumkinotdan emas uchun oyoti qur’oniya «la ratbin va la yabisin illa fiy kitabin mubin» buyurmishdur.
Hosil ul-kalom al-muddao va-l-marom inson ancha-muncha baqadri ilm bashariyat tavorixidan bilmak lobud o‘lmoqi ma’lumdur. Loaqal kishi o‘z mutavattin erini bilmak zaruriyatdandur. Bilmasa, tafosir va ahodislarda va tavorixlarda mubayyindur: ko‘rmak va bilmak ilmdandur. CHunonchi, bu bizni mutavattin bo‘lub turgan Turkiston muzofotida Farg‘ona deb mashhur va bu lafz ilan mazkurdur, muni ta’rixi qadimiyalarda bo‘lsa hamki kimlar o‘tgan va kimlar tarafidan bino bo‘lg‘onligi hech kimni ma’lumi bo‘lmay, Farg‘ona ismi ilan iktifo qilganlar. Binobarin, bu adim ul-istito’at Farg‘ona ahlidan bo‘lib, bu Farg‘ona ahliga o‘z iqlim va mamlakatlarin ta’rixini bildurmak bo‘lib va ham man vazzaha mu’minan fakaannama ahyahu mo‘jibincha bir ta’rix qoldirmoq maqsadim bo‘lib, ta’rixlar jam’ qilib, millatga yodgor qoldurdum. Va ham siyosiy tarafiga bu kitob munosib zabon va asbobi ovon bo‘lib, zarurligi ma’lum o‘ldi. Binobarin, bir necha vaqt umrni tarixlarga masruf etdim va bu erga etdim. Farg‘ona bir shahri qadim va aholiyi nadimdurki, avvali Iskandari Rumiydan va Qubod va Afrosiyobdan qolgandur. Muni atiyyul bayon ravshan qilinur. Holo ismini tahqiq qilib bo‘lib, so‘ngra bino va obodonining yozamiz. «Ajoyib ul-buldon» ta’rixida mazkurdurki, Iskandari Rumiy Aqsoi sharifda zulumotga borgan vaqtlarida Farg‘ona bahodir degan umarolaridan birini qo‘yib ketib, ul kishi obod qilgan ekan. Ul kishi nomiga musammo bo‘lgan deydur. Ammoki, «Ravzat us-safo» da No‘shiravon otasi Qubod podshoh vaqti vafotiga yaqin Turkiston mamlakatining No‘shiravon o‘g‘liga ta’yin qilib, Farg‘onani aksar joylarini ul obod qilgon ekan. Quboni Qubod o‘zi bino qilgan ekon. Farg‘ona poytaxti ul vaqtda Qubo ekon. Va ba’zi vaqtlarda Axsikent poytaxti bo‘lgon ekon… voqeasi minba’d yoziladur. Valhosil Farg‘onaga tarixlarda ko‘b so‘zlar yozilgon ekon. Bu jumladan, «Tarixi mulhiqotu-s-saroh»da iborati arabiy ilan bul tariqa yozadur: «Bilod ul-Farg‘ona diyorun xasibun vosi’atun. Va baqou niam riyozuho mari’atun va arosuho vasi’atun. Va min atyabi amakiniha havvon va a’zobiha ma’an va asro’uha naman va adrokiha simoran va abrokuha mazoran baldatu Ush va biha jabalani mutabarrikani. Barokatun va Hanafun. Va havolay Barokatin mazorot ul-abror va-s-suloho va qabru Asaf bin Burxayo va vazir Sulaymon bin Dovud alayhissalom va biha indan-nabsi mashhad Qutaybata bin Muslim biqaryati Gulja. Va mashhadani mashhadu-r-ruus va mashhadu-n-nufus Bopisid silon. Va yuqolu biha alfon va sab’a mia min as-sahobati va-t-tobi’iyn jaa va izzatu arsilhihim amir ul-mu’minin Usmon bin Affon roziyallohu anhum va amri alayhim Muhammad bin Jarir. Fastashhidu va ismatuhu jami’an va-l-qissatu ma’rufatun. Va mashhadu Abdulloh bin Jabal baynal Qubo val-Ush va shahri Nav. Va mashhadu Abdulloh bin Ali bin Husayn bin Ali bin Abi Tolib karramahullohu vajhahu ba Xo‘qand qariybun min Sayhun mashhur. Mashhad maydonun bihi Beshariq va mashhadu Elik Najr al-moziy toyyiballohu qurrahu bo Vuzjand», — deb Farg‘ona atrof va aknoflarindagi sahobai izom va avliyoi kiromlarni bayon qilgon ekon. Va lekin «Tarixi tabaqot ut-tohiriy»16da masturdurki: «Dar Farg‘ona zilzilai azim voqe shude dar sanai 1035 hijriy dar poytaxte Farg‘ona ke dar on hin Axsi bude ast. Bar nahaj vayron gardida ke chandin hazor mardumon dar zire imorat monde. Dar ro‘zi avval behaftod nuubat harakatash rasida to muddate shash moh imtidod yofte», — degan ekon. Ul vaqtda Farg‘ona poytaxti Axsi ekon, ya’ni 579 milodiyda. Bu Farg‘onani shaharlaridan ko‘hnalari Qubo va Axsi bo‘lib, har bir podshohlar duxuli ilan bir-bir poytaxt bo‘lib, so‘ngra bo‘lak podshoh duxulida bo‘lak erni poytaxt qilib, har bir vaqtda bir joy poytaxt, bir joy shahar bo‘lib, avvalo poytaxt Qubod ekan. «Qomus» da mazkurdurki: «Quboddan ko‘p mashohir shuaro chiqqan ekon. CHunonchi bulardan shuarodan Rukniddin Quboyi asli Movarounnahrda Qubo shahridan chiqib, Isfahong‘a sayohat etub, Badriddin CHochiymi ilan mushoarada bo‘lib, Asiriddinning shogirdidur. Ulamoi izomdan amir ul-imom shams ul-millati va-d-din Muhammad bin Muhammad al-Qubodiy sallamahullohu chiqmish ekon. Qubodni binosi har mamlakatda ko‘b bo‘lib, bayoni inshaalloh yoziladur. Qubodni o‘g‘li No‘shiravon Turkiston muzofotida ko‘b erni obod qilgon ekon». Mashhurdurki, Kayqubodni poytaxti Qubod ekon. So‘z ammoki, «Tarixi Tabariy»ning uchinchi jildida hadis podshoh No‘shiravon pesar Qubod deb qilg‘on zikrida Qubod vafotidan so‘ng No‘shiravon toj kiyib, taxtga o‘lturgonda, hamma umaro va uqalo xursand bo‘lgon ekon. Suhbati podshohga rog‘ib, na uchunki, otosini hayotidagi aql va kayosat va adolati ma’lum bo‘larga muayyan ekon. Anosi xursandlik izhor qilgoni ham «Tabariy» va «Ravzat us-safo»da mashhurdur. SHul podshohligini avvalida hamma mamlakatlarga nomlar yuborub, hammani muti’u munqod qilib, ko‘b shaharlarni obod qilib, hech asari zulm qolmay, zamoni adl ekon. Hayotilla degan Balx podshosi tobe bo‘lmay, urushmakchi bo‘lib, Balx, andan o‘tib Turkiston va Farg‘ona va Movarounnahr shaharlariga kelgan ekon. Andin yana podshohligiga ketgan ekon. Bul tariqa podshoh bo‘lib, qirq sakkiz yil turub, o‘shal asrlarda Turkiston va Movarounnahrda necha-necha erlarni obod qilgonini Axsidagi voqeasi minba’d yoziladur. Bu No‘shiravon Qubod o‘g‘li, buni asri, Muhammad alayhissalomni tavalludlari No‘shiravon vaqtida ekon. Tavalludi nabiyyinoni to‘rtinchisinda No‘shiravon vafot qilgon ekon.
Download 29,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish