Ortiqova nigoraxon donyorbek qizi “Ta'lim muassasalarida tarbiyachilik qobiliyatini shakllantirishda sinfdan tashqari ishlarni tizimli tashkil etish metodikasi”


Tarbiya tiziinini ijtimoiylashtirish



Download 46,7 Kb.
bet5/8
Sana14.04.2022
Hajmi46,7 Kb.
#550389
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
302 nigora

1.4. Tarbiya tiziinini ijtimoiylashtirish
Tarbiya tizimining rivojlanishi uchta jarayonning rivojlanishida aks ettiriladi - ijtimoiylashtirish, o‘zini tarbiyalash va kasbiy ta’sir ko‘rsatish. Bu jarayonlar uchta asosiy subyektlar shaxsi bilan shakllanuvchi - jamiyat, individning o‘zi va pedagogning bir obyekt bilan o'zaro munosabatlari davomida amalga oshiriladi.
Jamiyat to‘g‘risida to'xtalib o‘tamiz. “Ijtimoiylashtirish” tushunchasi tarbiya nazariyasida juda keng foydalaniladi. Tadqiqotchilar uni qadriyatli ko‘rsatmalari va tarbiyalash tamoyillariga qarab tushuntiradilar. Hatto bu borada ma’lum an’analar yuzaga kelgan, katta ilmiy material ham to'plangan. Sotsialogik va psixoiogik adabiyotlarda ijtimoiylashtirish juda faol tahlil qilinadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayotda jamiyat va shaxs rolini talqin qilish albatta. qarama-qarshi boigan ijtimoiylashtirish konsepsiyasining shakllanishiga olib keladi. Qattiq ijtimoiylashtirish deb ataluvchi konsepsiya tarafdorlari, funksional
maktab vakillari bu jarayonni shaxsni ijtimoiy tizimga toia jalb etish sifatida belgilaydi. Sotsiologiya ijtimoiylashtirishni tahlil qilishda, “moslashish”, “qulaylik”, “tenglik” kabi muvozanat tushunchalariga tayanadi. Ularning tadqiqotlaridagi asosiy vazifa - individlami ijtimoiy muhitga moslashtirish hisoblanadi.
Bu konsepsiyaga “yangi insonparvarlashtirish” tarafdorlari qarshil chiqadi. Ular ijtimoiylashtirishda o'z qobiliyatlari va layoqatlarini yaratuvchi shaxsni hamda shaxsning o'zini amalga oshirishi va o'zini namoyon etishiga to'sqinlik qilayotgan elementlami tanqidiy yengishni ko'radilar. Biroq, birinchi holatda, ma’lum tarzda ishlab chiqilgan muhitga ta’sir ko'rsatish to'g'risida gap yuritilayotgan bo'lsa, ikkinchi holatda, “ijtimoiylashtirish va shaxs” tushunchalarini to'la adashtirish sodir bo'lmoqda. Ta’lim tizimidagi ijtimoiylashtirish deyarli chiqarib tashlashga, uning o'zini tarbiyalash bilan almashtirishga, tarbiyachi kasbiyligiga esa shakllanayotgan shaxsning mustaqilligini ta’minlash vazifasini yuklatishga harakat qilinmoqda. Birinchi nuqtai nazar ijtimoiy hayot taraqqiy etgan asoslarini qayta ishlab chiqish muammosiga e’tibomi kuchaytiradi, ikkinchisi esa madaniy ijodkorlik shaxsi ijodiy qobiliyatlariga erkinlik berishga qaratilgan.
Ma’lumki, bu ikki qarama-qarshi nuqtai nazarlardan birortasi ham amaliy hollarda tarbiya amaliyotini takomillashtirishga olib kelmaydi. To'g'ri, shaxs ichki dunyosini ijtimoiy manfaatlar bilan to'la bog'lab qo'yishga yo'l qo'yish mumkin emas. Lekin baribir jamiyat insonga ta’sir ko'rsatadi va ta’sir ko'rsatishni hisobga olmay bo'lmaydi. Ijtimoiylashtirish - muhit, jamiyatning shaxsga ta’siri demakdir. Shu bilan birga ta’sir ko'rsatish shaxsning tashkil topishida juda zarur hisoblanadi. Jamiyat - umuman alohida kuch - o'ziga xos insoniy munosabatlar va o'zaro aloqalardir. Bu narsalar bo'lmasa, odam ham baribir muhitga juda moslasha oladigan hayvonligicha qoladi. Muomalalar davomida yuzaga keladigan insonlar munosabatlari - mana shu jamiyat demakdir.
Biz ijtimoiylashtirish to'g'risida gapirar ekanmiz, odam ham, guruh ham, biomuhit, kosmos ham inson ko'ziga ko‘rinib va uning qalbida aks etib, maqsadga muvofiq bo'lmasa ham, insonga maxsus emas, faqat tasodifiy (koTinishi bo'yicha, mohiyati bo'yicha esa muqarrar va qonuniy) ta’sir ko'rsatib shaxsni shakllantiradi. Haqiqatda ko'zga ko'rinmas ta’sir ko'rsatish - nazorat qilib bo'lmaydigan jarayon. Muhitning u yoki bu elementlari qachon, qanday ketma-ketlikda, qanday nisbatlarda shaxs bilan munosabatlarga kirishishini bilib bo'lmaydi. Hatto ularning har birini aniqlash ham mumkin emas. Biroq muhit shaxs uchun shakllanib bo'lgan dunyoqarashiga yot bo'lgan faoliyat sharoitlari va tamoyillarini majbur qilishda quvonchni his etish qiyin bo'ladi. Agarda dunyoqarashi shakllanmagan bo'lsa, unda ham odamdan noqulay muhit ta’siridan qoniqishni talab qilib boimaydi. Odam o'zi o'z hayotini tashkil etadi, u nima qilishi kerakligini o'zi tanlaydi: dunyoga qarab agarda unda okz hayotini ko'rsa xursand bo'ladi. Biroq taqdir shaxsan tanlash imkoniyatini chegaralaydi. U boshqalar tomonidan amalga oshirilgan, avvalgi avlod tanlagan mavjud vaziyatni odam oldiga qobyadi, u bilan bahslashib bo'lmaydi. Uni meros kabi, shaxsiy turmushning bir qismi yoki asosi sifatida qabul qilish va mana shu tajribaga hurmat bilan munosabatda bo'lish kerak. Muhit o'zida insonga monand axborotlami yetkazadi, shaxs yuzaga kelishi to'g'risida ma’lumotlar beradi, shu bilan birga bu axborotlami insonga majburlamaydi. Xohlovchilar uni o'zlashtirishi mumkin. Shunda uning hayoti taqdirga qarshi boiib qolmaydi, taqdiri rivojlanishiga to'siq bo'lmaydi. Uning dunyoga munosabati, quvonchli yoki alamli ko'rinishda bo'lishidan qat’iy nazar, mazmuni bo'yicha ancha chuqur bo'ladi.
Shuning uchun jamiyat go'yoki tabiiy ravishda bolaga o'zining yaxshi tomonini namoyon etishga, unga “kulib boqishga” harakat qiladi. Mana shu hayotga kirib kelayotgan insonga o'ziga xos munosabat faqat beg‘araz emas, balki jamiyatning g‘amxoiiigi hamdir. U eng to‘g‘ri, asrlar davomida shakllangan tamoyillashtirish yoiidir. Faqatgina mana shu narsa shaxsning tabassum qilishiga olib kelishi mumkin. Individni muhitga jalb etib, insonni keng jamoa va hodisalar bilan munosabatlarda bo‘lishi imkoniyatini taqdim etishda, ularning javoblari shaxs uchun baholash shaxsiy mezonini ishlab chiqishda asosiy me’yor boiib qoladi - mana shunga ijtimoiylashtirish deyiladi. U kasbiy tarbiyaviy faoliyatdan ham iborat emas, balki nisbatan mustaqil jarayon hisoblanadi, shaxsga rol o^yinini “qiyinlashtirish” alohida vazifasini bajaradi. Mana shusiz, u anglab yetilmagan boiib, jamiyatda yakkalanib qoladi. Shaxs madaniyatning yaratuvchisi, muhitning tomiri boimish jodiy shaxsni yaratishda zarur shartdir hamda ijtimoiylashtirish jarayonining mustaqilligini tan olish, bu jarayonni insonparvarlashtirish yo‘nalishini takomillashtirishdagi har qanday urinishlardan voz kechishini anglatmaydi. Insonparvar boimagan, yangi shaxsning faolligi sababsiz bostirilishi, individning layoqati, intilishlari hisobga olinmay ijtimoiy vazifalami majburlash sodir boiadigan insonga muhitning ta’sir ko‘rsatishi bilan ijtimoiylashtirishga y o i qo‘yib boimaydi. Ijtimoiylashtirish - bu shakllanayotgan shaxsning va uning kelajakda mumkin boigan shaklini belgilovchi birlikning o‘zaro aloqalari jarayoni dir. “Insonparvarlashtirish” tushunchasi ko‘pincha ma’naviylashtirish doirasiga taalluqli deb tushuniladi.
Hozirgi kunda bu keng qoilaniladigan tushuncha, umumiy yo‘nalish ahamiyatiga ega. Insonparvarlashtirish asosiy vazifa sifatida qaralmoqda, uni hal etmay turib ijtimoiy taraqqiyot to‘g‘risida gapirish mumkin emas. Insonparvarlik - bu inson qanday boiishi, uning mohiyati qandayligi to‘g‘risida o‘ylash va g‘amxokrlikdir. Bu o‘zini anglashdir, va shu bilan bir vaqtda, mavjudlikni himoya qilishdir. Shaxsning qimmatini tasdiqlash, shaxsni faqatgina vosita sifatida qarashga har qanday urinishlaming muhimsizligi ifodasidir. Shundan so‘ng insonparvarlik shaxsni ijtimoiy shaxs sifatida qarashni ko‘zda tutadi. Ijtimoiy hayotda subyektning barqarorligini ta’minlash mexanizmini shakllantirish - bu g‘oya demak. Har qanday ijtimoiy guruh, kattami yo kichikmi, hamda shaxs va jamiyat ozmi-ko‘pmi shakli angan o‘z g‘oyasini paydo qiladi. G‘oya obyektiv boTmagan dunyo ko‘rinishini emas, balki g‘oya yetkazuvchi saqlanib qolishi ta’minlanadigan doirada dunyoga qarash tizimini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Albatta, g‘oya chuqur rivojlantirilgan bo‘lsa, agar subyektning boshqa subyektlar bilan aloqasi hisobga olingan boTsa, unda bunday obyektiv ong ijtimoiy rivojlanish umumiy tendensiyasiga ham qarama-qarshilik qiladi, hatto deyarli mos kelishi mumkin. Lekin u bilan hech qachon batamom birday bo‘la olmaydi, chunki jamiyat va uning alohida subyekti o‘xshash bota olmaydi.G‘oyasiz, markazga intilgan yo‘nalish subyektning mana shu bilimlar tizimisiz, ijtimoiy fikr umuman mavjud bo‘lmaydi, ular markazga intilgan kuchlarni - entropiya kuchlarini, subyektning buzilishini yengish vositalari hisoblanadi. G‘oyalar doirasida asosiy ijtimoiy qadriyatlar to‘g‘risidagi bilim yuzaga keladi, ishlab chiqiladi. Bu bilimlar ma’naviy madaniyat shakllanishi uchun asos bo‘lib qoladi, uning yordamida g ova doirasida mavjud qadriyatlar uchun xos boTgan egoistik aksent yo‘qotiladi, insonparvarlashtirish to‘g‘risida tasavvurlar shakllantiriladi.

Download 46,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish