«Bu kechani
oilamga bag‘ishlamoqchi edim»
deb javob berish mumkin. Bu sizni taklif qilayotgan
kishini haddan ziyod ortiqcha takliflar oiladagi umr yo‘ldoshlardan biriga xush
kelmayotganini anglashga imkon beradi.
173
Mehmondorchilikda ayollar sumkalarni qayerga qo‘yishlari lozim? Eng yaxshisi
pardoz stoliga qo‘ygan ma’qul. Dasturxon atrofida tizzaning ustida xalaqit berishi
mumkin, o‘rindiqni suyanchig‘ida – tushib kyetishi tayin. Agar kechki ovqatda to‘rt-
olti kishi uchrashsa, to uy bekasi joylarni ko‘rsatgunga qadar kutib turganlari ma’qul.
Ko‘pchilik bo‘lgan kechada o‘zingiz istagan joyga o‘tiring.
Taklifni qabul qilishda:
«Yana kim keladi?»
deb so‘rash nojoiz. Zarur bo‘lsa
taklif qilayotgan kishining o‘zi mehmonlar tarkibi haqida aytishi mumkin. Bunday
kechalarda istalmagan tanish bilan uchrashishga sabab bo‘lishi tabiiy. Nima ham
qilardik, ko‘rmaslikka olish, u bilan ko‘rishmaslik – mezbonlarni xafa qilishi
mumkin.
Mehmonda ketma-ket chekish yaxshi emas. Sigaret kulini faqat kuldonga
tashlash lozim. Parishonxotir kashandalarning bu haqda yodidan ko‘tarilib, yerga
tashalgan kulni mezbonlar ko‘rib asabiylashshishlari mumkin. Mehmonda ekansiz,
yaqin oynaga qarayverish, kvartirani baholayverish, ayniqsa, tanqidiy mulohazalarni
aytish odobsizlikdir. Hadeb yon-veriga qaravermasdan, uy egasiga bir og‘ish shirin
so‘z aytish mehmonning vazifalaridan biridir. Nima va qancha deb jihozlarni
tekshiraverish, ularni olib tomosha qilish, uning markasi bilan qiziqish yaramaydi.
Bolalarni faqat maxsus aytilgan holatdagina olib borish maqsadga muvofiq.
Mehribon ota-onalarning bolalarini ko‘pchilikka ko‘z-ko‘z qilishdan tiyilishini
maslahat beramiz.
Qadimgi odatlarga ko‘ra mehmon o‘zi bilan biron bir qarindoshini yotib kyetishi
uchun olib kelar edi. Qoidaga asosan buni faqat mezbonni ogohlantiribgina amalga
oshirish mumkin. Va umuman yo‘lda uchragan tanishingizni olib kelmang – bu
mezbonga yoqmasligi tayin chunki tarbiya ko‘rgan kishilar hech qachon to‘g‘ri
kelgan joyga taklif qilsa boravermaydilar. Agar u yerda siz biron narsani sindirib yoki
buzib qo‘ysangiz, uning qiymatida pul taklif etmagan ma’qul. Undan ko‘ra Shunga
o‘xshash jixozni olib bergan yaxshi. Bunga biron tadbirlarda sovg‘a sifatida taqdim
yetish bilan amalga oshirish mumkin. Buzilgan narsani o‘zi bilan tuzatgani olib
kyetish mumkin, ammo yillab uyda yotishi uchun emas.
Agar jamoat ikki guruhga bo‘linsa, er bir guruhga, ayol ikkinchi guruhga
qo‘shilgani yaxshi. Ammo davrani er yoki ayol orqali xursandchilik qilishga yo‘l
qo‘ymang. Ba’zi odamlar o‘zining
«yarimtasi»
bilan jamoatni xursand qilish uchun
maqtanishni xush ko‘radilar. Oxir-oqibat buning aksi bo‘lib chiqadi. Jamoa zerikadi,
«garovga»
aylangan rafiqa o‘zini noqulay his qila boshlaydi.
«Ayolim yoshlardek
kiyinib olgan»
kabi hazillar yoki
«Karamni yema, bunday jigar bilan
»
kabi
tanbehlar farosatsizlik belgisidir. Er-xotinlardan birining kyetish niyati bo‘lsa,
ikkinchisi ham so‘zsiz o‘rnidan turishi lozim. Turli bu boradagi munozaralar
o‘rinsizdir va bunday turdagi bahslar guvohlarsiz amalga oshgan ma’qul.
174
Mehmonda taomdan voz kechish yaramaydi, har qanday taomni so‘zsiz qabul
qiling. Diyeta saqlaydiganlarning umuman kechki ovqatga bo‘lgan taklifni qabul
qilmasliklarini maslahat beramiz. Ammo kelgan ekansiz, idishga ozgina olib, uni
yemaslik ham mumkin, lekin bunda buni hamma bilishi shart emas. O‘zingizni
muammolaringiz o‘zingizga havola.
Issiq taomdan voz kechish mumkin, ammo faqat aniqlik bilan –
«rahmat, hozir
emas»
degan so‘zlarsiz, chunki uy bekasi aynan siz uchun taomni issiq saqlab
turishga, yoki stolda qoldirishga majbur bo‘ladi. Bunday tarzda faqat sovuq gazak
yoki dissertdan voz kechish mumkin, bunda ular stolda turishi mumkin va uy
bekasining maxsus diqqatini talab qilmaydi. Agar taomdan voz kechish imkoni
bo‘lmasa, spirtli ichimlikdan – voz kechish mumkin. Mashinani o‘zingiz
haydashingizni bahona qilishingiz mumkin. Yoki jigarni sabab qilsangiz ham bo‘ladi.
Mehmon hech bo‘lmasa bitta taomni maqtashi lozim. Bu taomni qanday
tayyorlanishini so‘rash – uy bekasiga ma’lum ma’noda xushomaddir, ammo agar
buni aytishni istamasa, sirni saqlashida da’vo qilmang. Taomdan so‘ng darhol
tashakkur bildirilmaydi. Agar uy bekasi kechki ovqat tugaganini bildirsa, hamma
turib boshqa xonaga kiradilar yoki shunchaki dasturxondan turadilar. Kechki ovqat
tugagan zahoti kyetish yaramaydi, ayniqsa agar uy bekasi oshxona va mehmonxona
o‘rtasida xizmat bilan band bo‘lsa. Bunday holatlarda uy bekasi faqat kechki
ovqatdan so‘nggina mehmonlar davrasiga qo‘shilishiga imkoniyat topiladi – bu uning
huquqi. Ammo shunday vaziyatlar bo‘ladiki, kyetishga to‘g‘ri kelib qoladi. Unda
mehmon mulozamat bilan mezbonga vaqtli kyetish sababini tushuntirishi lozim. Agar
odam ko‘p bo‘lsa, uy egasidan boshqa hech kim bilan xayrlashmasa ham bo‘ladi. Bu
Angliyadan tashqari hamma yerda
«Inglizcha kyetish»
deb, Angliyaning o‘zida esa
«Fransuzcha kyetish»
deb nomlanadi.
Avvalambor xayrlashish, so‘ng kiyinish lozim, aksini qilmang. Kyetish oldidan,
mehmonlar mezbonga tashakkur aytadilar, ularga javoban mezbon
«Sizga ham
kelganingizga rahmat»
deydi.
Mehmonda qancha vaqt bo‘lish mumkin? Aniq bir holat yo‘q. Lekin sizni bir
piyola choyga taklif qilishgan bo‘lsa, Shu bilan cheklangan ma’qul. Kechga borib uy
egalarining boshqa rejalari bo‘lishi mumkin. Kechki ovqat umumiy kayfiyatga qarab
yarim kechagacha cho‘zilishi mumkin. Asosan, mezbonlarning qanchalik
charchashiga e’tibor berilishi lozim. Biz kirgan xonada o‘chirilgan televizorni
ko‘rsag-u, uni yoqishni mezbondan talab qilmasligimiz joiz. Bundan mezbonlar bir
oz suhbat qurishni istaganlari uchun ham mehmon chaqirishganini fahmlasa bo‘ladi.
Ba’zida aynan Shu payda juda qiziqarli ko‘rsatuv bo‘lishini gap orasida aytib o‘tish
mumkin, ammo bunga mezbonlar ro‘yxush bermasalar, indamagan ma’qul. Agar
televizor yoqilgan bo‘lsa, uning yomon ko‘rsatishi-yu, xonandaning kiyinishi va
boshqa narsalarni tanqid qilib kyetish yaxshi emas, bunda mezbonning aybi yo‘q.
175
Ko‘rsatuv me’dangizga tekkan bo‘lsa-yu, boshqalar uni qiziqish bilan ko‘rayotgan
bo‘lishsa, yoki aksincha, hamma kyetishga chog‘langan bo‘lsa-yu, siz kinoni
oxirigacha ko‘rib olay deb tursangiz, noqulaylik tug‘iladi. Kechki tanovul paytida
doim televizorga qarayverish yoki ekranga qadalib o‘tirish yaramaydi. Ayniqsa uy
egalari ovqatlanib turgan paytda o‘rnidan turib ketib, televizorni oldiga o‘tirib
olishdan yomonrog‘i yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |