fazilatlari
ushbulardir:
Har kuni mehmon chaqirgandan ko‘ra, ularni bir marta chaqirish lozim, toki
dasturxonga qo‘yilgan ne’matlar bodastir va aybsiz bo‘ladi.
Uyingizga qadam ranjida qilgan odamning oldiga peshvoz chiqing va ular
bilan chiroyli muomala qilingki, ular sizning duoingizni qilsin.
Zinhor mehmondan yuqoriga o‘tirmang. Agar mehmon sizni o‘tirishingizga
rozilik bildirsagina ular bilan birga bo‘ling. Yo‘qsa, uzringizni so‘rab «mezbonlik»
ishlaringizni davom ettiring.
Mehmonga «Undan oling, bundan oling. Nega hech nima yemayapsiz,
bularning bari sizlar uchun qo‘yilgan. Agar dasturxonda yetishmovchilik bo‘lsa uzr,
boshqa kelganlaringizda batafsil qilamiz», degan mulozamatni hadeb aytayvermang.
Bunday so‘zlar ayniqsa, tarbiyali insonlarga yarashmaydi.
Mehmon garchand og‘ir botadigan so‘zlarni gapirsa ham unga qattiq
gapirmaslik, uni hurmat qilish zarur.
Mehmondorchilikdagi
illatlar
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Mehmonga ta’na qilish, dasturxondagi ne’matlar va taomlarni maqtayverish;
Mehmondan avval mast bo‘lib olish;
Huda-behuda kulaverish;
Ochko‘zlik qilib, oldidagi narsalarni yeb tugatish;
Mehmonlar oldida xonadon a’zolariga (xotini, farzandlari va xizmatkorini)
tanbeh berish, ularni so‘kish va haqoratlash”
41
.
Xalqimiz mehmonni e’zozlashining sababi shundaki, mehmonning kelishi
yaxshiliklar ramzi ekanligi, mehmon dilxushliklarni keltiruvchi, araz va ginalarga
barham beruvchi ekanligidadir. Darhaqiqat, mehmon kelganda er-xotin o‘rtasidagi
janjal ham, bolalarning harxashasi ham to‘xtaydi, ovozimiz o‘z-o‘zidan sekinlashib
muloyim bo‘lib qolamiz. Shuningdek, uyimizga mehmon kelishi ozodalik va
40
Qarang: Kaykovus. Qobusnoma. T.: Istiqlol. 1994. 53-bet.
41
Husanov B., G‘ulomov V. Muomala madaniyati. -T.Iqtisod-moliya. 2009. B.71.
169
pokizalik sababchisi hamdir. Shundan bo‘lsa kerak onalarning «Qizim, o‘tirishingni
qara, uyni supurib qo‘ysang bo‘lmaydimi. Shuholatda biror kishi kelib qolsa,
o‘ylamaydimi isqirt yashar ekan deb?!” koyishlari shundan bo‘lsa kerak. Hatto
uyimizda yotgan bemor ham biroz bo‘lsada kasalini unutib mehmon bilan suhbat
qurgisi keladi.
Hayotda hamma ham yaxshi mehmondo‘st uy egasi va har kim – kutilgan,
qiziqarli mehmon bo‘la olmaydi. Buning uchun avvalambor mehmonlar qimmatbaho
idishlar, kumush jihozlar va boy taomlar bilan mehmon qilish shart emas. Juda oddiy
mazali taom tayyorlash mumkin; eng muhimi, kelgan mehmonlar o‘zlarini yaxshi va
dildan ularning kelishlaridan xursand ekanliklarini ko‘rishishidadir. Kutilmagan
mehmonning tashrifi kishini sevintiradi, lekin ba’zida noqulay ahvolga ham solib
qo‘yadi. Shuning uchun birovnikiga tashrif buyurmoqchi bo‘lsangiz, boriladigan
vaqtni, uning nima qilishini va turmush tartibini hisobga olish kerak. Eng yaxshisi,
qaysi vaqtda borilsa malol kelmasligini uy sohibidan shaxsan yoki telefon orqali
so‘rash kerak. Mehmonga ertalab va kechasi borilmaydi. Odob qoidalariga ko‘ra,
mehmonga soat 12 dan soat 20 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida boriladi.
Mehmonga borganda mayda-chuyda tartib-qoidalarni ham esdan chiqarmaslik
kerak. Eshik oldiga kelgach, eshik qo‘ng‘irog‘ini qisqagina chalish, yoki eshikni
sekingina taqqillatish lozim. Birinchi qo‘ng‘iroqdan keyin eshik ochilmasa, takror
qo‘ng‘iroq chalish mumkin, lekin ikki martadan ortiq qo‘ng‘iroq chalinmaydi. Bu
munosabatingiz salbiy ekanligini bildiradi. Uy sohibi mehmonga ketgan bo‘lsa aslo
uning ketidan bormang. Mehmonga borganda, agar uy sohibi bilan oldindan
kelishilgan bo‘lmasa, begona kishilarni ergashtirib olib borish yaramaydi.
Bolali uygagina yoki bolalarga xursand bo‘lishadigan xonadongagina bolalarni
olib boriladi.
Mehmonlarni to‘plashning eng qulay payti – juma yoki shanba kunlaridir:
ertasiga uyni sarajomlab, o‘zingiz ham dam olasiz. Mehmonlarni uyda kutib olishdan
avval, ularni qanday kutib olish imkoniyati borligini ham hisobga olish maqsadga
muvofiq. Mehmonlarni shunday o‘tkazi kerakki, ularning kasbiy qiziqishi
mehmondorchilikni munozaraga aylanib kyetish darajasida mos kelmasin.
Mehmonlarni bir-biriga tanishtirish bilan ularning qiziqishlari haqida ham aytib o‘tib
o‘tish – kirishib kyetishga yordam beradi.
Kechaning avvali juda tashvishli bo‘lishini hisobga olish lozim. Shuning uchun
mehmonlar kelishlaridan yarim soat avval ishlarni tugatishga ulgurish kerak. Bu bilan
mehmonlarni nisbatan betashvish, yaxshi kayfiyatda kutib olish mumkin. Mehmonlar
kutib olish jarayoni samimiy bo‘lishi lozim. Vaqtliroq kelib qolgan mehmonga
yuvinish va o‘zini tartib keltirib olish xonasini ko‘rsatiladi. Uy egasi mehmonlarni
aniqlik va eshitarlik qilib tanishtirishi lozim. Mehmonlarni kamchiliklari haqida
gapirilmaydi. Uy egasining asosiy vazifasi – bu har kim o‘zini yaxshi va qulay his
170
qilishi uchun do‘stona munosabatni shakllantirishdir. Agar uy egasi mehmonlarni
qiziqtirishni uddalashga ko‘zi yetmasa, unda buning uchun udabburonroq do‘stini
taklif qilsin.
Mehmon kutishdan tortib uni kuzatishgacha, dasturxonni bezashdan tortib,
narsalarni joylashtirishgacha, taomlarning mazasidan tortib mehmon bilan bo‘ladigan
suhbatgacha barcha-barchasi go‘zallik qonuniyatlari asosida bo‘lishi zarur. Jumladan,
mehmondorchilikning muhim sub’ekti bo‘lgan pazandalik san’atida taom tayyorlash
jarayoni, uni bezash, taomlarni tartib bilan tortiq qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
bor.
Milliy
xususiyatlarimizdan
kelib
chiqqan
holda
bugungi
kundagi
mehmondorchiliklarning aksariyatida dasturxonga yengil taomlar (somsa, go‘shtli
salatlar), so‘ngra birinchi va ikkinchi taomlar tortiladi. Birinchi taom suyuq (sho‘rva,
mampar, lag‘mon, tiftil va h.k), ikkinchi taom quyuq (palov, qovurdoq, dimlama,
manti, norin va h.k)lardan iborat bo‘ladi. Mazkur jarayonni go‘zal tashkil yetishdagi
asosiy unsurlar - idishlarning chiroyliligi, tozaligi, qulayligi, joylashtirishning
nafosati hamda taomning mehmonga xush yoqadigan xilini tanlay bilishdadir. Zero,
mehmonga xush yoqmagan taomni taqdim qilish mehmondorchilikdagi nafosat
mezonlarini buzib yuborishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, ko‘nglimiz tilamagan
taomni mehmon dasturxoniga qo‘yish yoki o‘zimizga ravo ko‘rmagan narsani
mehmonga sovg‘a qilish - mehmonni mensimaslikdir.
Kimgadir yaxshi, kimgadir esa shunchaki g‘amxo‘rlik qilish yaramaydi. Mezbon
tashvish va ishning ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, o‘zini xushchaqchaq ko‘rinishga
harakat qilishi lozim. Shu bilan birga har mehmonlar ham nafaqat mezbonlarga
nisbatan, balki mehmonlarga nisbatan mulozamatli va diqqatli bo‘lishi lozim. Iliq
kayfiyatni hosil qilishda mehmonxonani yaxshi yoritish ham ahamiyat kasb etadi.
Haddan tashqari yorug‘lik noqulaylik tug‘diradi. Ammo mehmonlar o‘tiradigan
joylar yetarli yoritilgan bo‘lishi kerak. Bunda turli yoritgich vositalaridan: stol, osma
va devor lampalaridan foydalanish mumkin. Do‘stona kechalarga vazmin kuylar
yarashadi. Agar siz o‘zingizning yangi video tasmangiz bilan maqtanmoqchi bo‘lib,
ularni mehmonlarga havola qilsangiz – bu hammaga ham yoqavermasligini nazarda
tuting.
Kechaning muvaffaqiyatli o‘tishida uy bekasining kayfiyati va ko‘rinishi muhim
o‘rin egallaydi. Hamma narsaga ulgurish kerak: uyning ozoda va tartibliligi,
pishiriqlar yaxshi chiqishi, chiroyli kiyinib, yaxshi ko‘rinmoq lozim. Agar siz bunday
ichki qoniqishni his qilmasangiz, mehmondorchilik yaxshi o‘tmaydi. Sizni
kayfiyatingiz butun bir kechaga ta’sir qiladi. Shu sababli, o‘zingizga e’tibor berish
yoddan chiqmasin.
Mehmonlar kelishi bilan televizor yoki radioni o‘chirib qo‘yish va butun
e’tiboringizni ularga qaratish mezbonning mehmonga bo‘lgan ijobiy munosabatini
171
ko‘rsatadi. Ba’zi hollarda ish ko‘payib ketsa, biron yaqin qarindosh yoki
tanishingizni yordamga chaqirishingiz mumkin. Bu paytda telefonda gaplashish
barchani diqqatini jalb qiladi, ammo bu ijobiylik kasb etmaydi. Qayta qilishingizni
aytib, so‘ng suhbatni to‘xtatish lozim. Mehmonlarni ichishga, yyeyishga zo‘rlash
ularni me’dasiga tegish mumkin.
Uy bekasining mehmondorchilik bilan ovora bo‘lishi, uy egasining esa
mehmonlarga «qarab» o‘tirishi tabiiy, ammo uy egasining ayoliga mehmonlar oldida
o‘zi bajarishi mumkin bo‘lgan buyruqlarni berishi nojoiz: «Derazani ochib yubor»
yoki «Stul olib kel» qabilida. Agar er ayoliga qo‘shimcha salat olib kelishni eslatsa,
buning yomon joyi yo‘q. Ammobuni odob bilan amalga oshirish kerak. Hech qachon
er taomning mazali bo‘lmaganini ko‘pchilik oldida aytmasligi lozim, ayolning o‘zi
pirogni tagi olib ketgani yoki taom sho‘rroq bo‘lganini shundoq ham biladi. Er
“bizning uyda hech qachon tartib bo‘lmaydi” yoki taom kechiksa «ovqat hech qachon
vaqtida tayyor bo‘lmaydi» degan tanbehlar bilan o‘zingizning madaniyatsizligini
hamda yomon boshqaruvchi ekanligini bildirib qo‘yadi. Mehmonni sizning
farzandingiz, mushugingiz, kuchugingizning ajoiyib xususiyatlari borligini tan
oldirishga majbur qilmang. To‘y yoki biron tantanali marosimning videotasmasini
mezbon mehmonlarga taklif qilar ekansiz, ularni bu bilan zeriktirib qo‘ymagan
ma’qul.
Mehmonlarni uyga taklif qilar ekansiz, ular sizning uyingizni ko‘rib chiqishlari
mumkin ekanligini ham nazarda tutish lozim. Bu bilan ko‘nikishga to‘g‘ri keladi.
Agar oila a’zolarining biri mehmon bilan ko‘rishib, ammo o‘tirishda ishtirok etmagan
bo‘lsa, mehmonning kyetish arafasida uni kuzatishga chiqish lozim. Mehmonlar bilan
xayrlashayotganda mezbon ularni kuzatish uchun yo‘lakka chiqishi va ayollarni
kuzatuvchilari bor-yo‘qligi borasida g‘amxo‘rlik qilishi shart. Agar mehmonlarni bir
qismi ketsa, qolganlar ularni muhokama qilishlari shart emas. Ular ham xuddi
shunday «muhokamaga» olinishlarini gumon qilishlari mumkin.
Agar mehmonlar qolib ketsa, siz esa oyoqda zo‘rg‘a turgan bo‘lsangiz qanday
ish tutish lozim? Qishda derazaning ochilishi yaxshi ta’sir beradi. Juda bo‘lmasa,
ertangi rejalar haqida suhbat boshlagan ma’qul. Hammaning ertalab barvaqt turishlari
«yodlariga tushadi». Ba’zida bu ham ta’sir qilmasligi mumkin. Befahm mehmon
uchun universal davo yo‘q. Oxirigicha chidashga to‘g‘ri keladi. Agar mehmon taklif
qilinmagan, shunchaki kirib o‘tadigan bo‘lsa, unda ish osonroq kechadi. Esnab turib,
bilmagandek qilib: «Uzr kun juda og‘ir bo‘ldi, barvaqt turish kerak. Agar istasangiz
shuyerga joy solib beramiz». Farosati bo‘lsa (agar uzoqda turmasa) yotgani uyiga
ketadi. Bo‘lmasa, o‘zbekning mehmondo‘stlik sha’niga dog‘ tushirmaslikka harakat
qilamiz.
G‘alati mehmonlar ham uchrab turadi. Biri o‘zidan boshqani tan olmasa,
ikkinchisi u burchakdan bu burchakka «tiqilishni» yaxshi ko‘radi. Uchinchisi – o‘zini
172
«madaniyatli» qilib ko‘rsatish uchun hech ham dasturxonga o‘tirmaydi, sizning esa
qorningiz och
Yana biri o‘ta «kamgap» – mehmon uning zerikmasligi uchun
qiynalib ketadi. Yana biri telefonida gaplashsa yoki televizor ko‘rsa, hamma narsani
bir zumda unutib qo‘yadi. Yana boshqasi kerak bo‘lmagan narsani so‘rayverib jonga
tegadi. Olib kelgan taomdan hech biri yoqmaydi. Yana shunday tanishlar borki,
oshxonaga kirib taom pishirish, «oshxonadagi tartib» bilan shug‘ullanib ketadi. Bu
kabi o‘nlab mehmonlarga mezbonlar, mehmonlar esa mezbonlargasabr qilishiga
to‘g‘ri keladi.
Ayniqsa hadeb sizni bezovta qilib uyingizga kelaveradigan, uzoq o‘tiradigan
mehmon bilan munosabatlarni to‘g‘irlash qiyin bo‘ladi. Albatta «Biz kyetishimiz
kerak», yoki «Yoki mazam bo‘lmayapti» qabilidagi bahonalar bilan o‘z noroziligini
bildirish mumkin. Lekin niyatingizni bilib turib, sizni o‘zingizni yo‘qotib
qo‘yishingizni, taraddudlanishigizni kuzatishni yaxshi ko‘radigan odamlar bor.
Ularga yo pinakni buzmay o‘z ishingizni qilishingiz yoki ochiqchasiga bezovta
bo‘layotganingizni aytib qo‘yganingiz yaxshi.
Biror mehmon vaqtliroq ketmoqchi bo‘lsa, bunga boshqalarni e’tiborini jalb
etmay, uy sohiblari bilangina xayrlashib, ularga kyetish sababini aytadi. Boshqalarga
bildirmay kyetishning iloji bo‘lmagan taqdirda bosh silkitib barcha bilan
xayrlashiladi. Mehmonlar ziyofatning xarakteriga qarab, o‘z vaqtida kyetishlari
kerak.
Mehmondorchilik – ulug‘ xislat, ammo u ham ma’lum bir chegaralarga ega
ekanligini – o‘zingiz ham bu dunyoga mehmon bo‘lib kelganingizni unutmang.
Sizni taklif qilishsa
yu, siz bormasangiz, bu hurmatsizlkidir. Kechki ovqatdan
voz kechishning eng oxirgi muddati – ikki kun avval, ammo keltirgan sabab jiddiy
bo‘lishi lozim. Bunga yo‘l qo‘yilgan taqdirda imkon qadar tezroq og‘zaki ravishda
uzr so‘rashni unutmaslik muhim. Mehmondorchilikda ko‘p bo‘lib, ammo javoban
o‘zi ham mehmonga chaqirmaslik odobga to‘g‘ri kelmaydi. Agar o‘z uyingizda
mehmon qabul qilishga sharoit bo‘lmasa, uning boshqa yo‘llarini qidirib ko‘rish
mumkin, masalan, qahvaxona, restoran, teatr, agar mashinangiz bo‘lsa – shahardan
tashqaridagi sayrga taklif qilish mumkin.
Shunday hollar bo‘ladiki, oiladagi er-xotinlardan biri taklifni qabul qilib, juftisiz
mehmonga borish-bormasligi masalasida ziddiyatlar kelib chiqadi. Ko‘pincha bunday
takliflarni hamkasabalardan olamiz, darajaning oshishi, dissertatsiya himoyasi va
boshqalar. Bunday takliflarni tadbirning bir martalik xususiyatga ega bo‘lgani uchun
qabul qilish mumkin. Tez-tez qaytariladigan takliflarga nisbatan esa:
Do'stlaringiz bilan baham: |