Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/184
Sana09.12.2022
Hajmi2,49 Mb.
#882723
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   184
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Qo‘shnilar 
Bir «dom»da turadigan qo‘shnilar garchi bir-birlarini yaxshi tanishmasalar-da
ko‘rishishlari shart. Qo‘shnilarning burchlari ko‘pdir, ammo asosiysi – boshqalarga 
kamroq xalaqit berish. Bu quyidagini bildiradi: bolalarni to‘polon qilishlariga, 
derazadan baqirishlari va sakrashlariga ruxsat berish; radio ovozini baland qilish; 
bolta bilan biror narsa maydalash, uydagilar bilan janjal qilish, trubada mashq qilish 
yaxshi emas. Agar mehmondorchilik yoki ta’mir qilish uchun birovning tinchini 
buzishga to‘g‘ri kelib qolsa, bu haqda qo‘shnilarni ogohlantirib qo‘yish lozim. Har 
holda ular bu shovqinning tugash paytini taxminiy bilishadi va bir oz xotirjam 
bo‘ladilar. 
Tabiiyki, qo‘shnilar o‘z telefonlaridan foydalanishga izn berar ekanlar, faqat 
zaruriyat nuqtai nazardan ularni bezovta qilish mumkin. Qo‘shnichilik yuzasidan biz 


165 
shakar, dazmol kabi narsalarni berib turamiz, ammo ularni o‘z vaqtida qaytarish 
shart. Bizning buyumlarimizga bo‘lgan qo‘shnilarning «hujumi» chegaradan chiqsa
unda ularga: «Afsuski, chang yutgich yaxshi ishlamayapti, yordam berolmayman» 
dyeyishga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, qo‘shnilarni xafa qilish yaxshi emas, ammo boshqa 
chora yo‘q. Qo‘shnilarning santexnikning manzilini olish uchun uyiga bostirib kirib, 
yana qanday yashashlari bilan qiziqish yaramaydi. Agar qo‘shni ushbu manzilni 
yo‘lakda turib aytsa, buni shartli holat sifatida qabul qilishi lozim. 
Do‘kondan qaytayotgan qo‘shnining xaltasi bilan qiziqish, kim qayerdan pul 
topayotganini g‘iybat qilish to‘g‘ri emas. Qiya ochilgan eshikdan oyoq tovush 
eshitilgandayoq, kim qayerga kim bilan va nima uchun ketayotganiga qiziqish 
yaramaydi. Atrofdagilarning shaxsiy hayoti madaniyatli odamlar uchun mavzu bo‘la 
olmaydi. 
Zamonaviy hayot jabhasida kimdir devor ortida pianino chalishi kabi 
shovqinlarning noqulayliklaridan qutulishning iloji yo‘q. Hech qaysi qonun bunday 
«harakatlarni» ta’qiqlamaydi. Ayniqsa, bu haqda qo‘shnilar bilan kelishib olish 
mumkin bo‘lsa. Bunday vaziyatlarda, masalan, devorga tovush o‘tkazmaydigan 
narsalar osib qo‘ygan ma’qul. Boshimizdan do‘ppillagan oyoq tovushlari ham ko‘p 
noxushliklar paydo qiladi. Tarbiyali odamlarga uyda shippak kiyib yurish katta 
mehnat talab qilmaydi. 
Umumiy kvartirada noxush ziddiyatlar ko‘p bo‘ladi. Aynan uyda boshqalarga 
qarshi o‘laroq erkinroq yashashga, o‘zi istagan narsa bilan shug‘ullanishga har 
birimiz intilamiz. Eng yomoni, kundalik mayda ziddiyatlar bora-bora “harbiy 
vaziyatni» keltirib chiqaradi. Bu darajaga olib kelmaslik uchun uning oldini olish 
lozim. Umumiy kvartirada umumiy joyni egallash masalasini oldindan kelishib olgan 
yaxshi. Jamoat sarhadlari – yo‘lak, oshxona, vannaxonada «oyoq uchida yurgan» 
ma’qul. So‘zlashuvda, uy kiyimida, hatti-harakatlarda e’tiborli bo‘lish lozim. Yangi 
zamonaviy falsafiy yo‘nalish namoyondalaridan biri Jan Pol Sartr inson faqat erkin 
jamiyatdagina erkin bo‘la oladi degan g‘oyani ilgari suradboi.
38
Boshqalarning erkini 
«bo‘g‘ib» qo‘yib, erkin yashashni umid qilish nodonlikdir. 
Uyingizning xonasida yashashiga qaramay, ijarachi ham tinch yashash huquqiga 
ega. Bu – uning xonasi, unga pul to‘laydi. Uy egalari bu xonaga eshikni 
taqillatmasdan kirmaydilar, qayerga ketyapti, qayerdan kelyapti, kimni qabul qilyapti, 
kim ko‘ylagini yuvib beryapti, nima uchun kefir ichishni yaxshi ko‘radi, 
jamadonlarini ko‘rish yaramaydi. Bularning hammasi ba’zida yodlab turish kerak 
bo‘lgan oddiy narsalardir. 
Shu o‘rinda ham ijarachi uy egalarining jihozlariga ehtiyotkor bo‘lishi lozim. Uy 
egasi bilan ijarachi o‘rtasidagi huquqlar teng emasligini u hamisha yodda tutmog‘i 
38
Sartr J.P. Ekzistensializm to‘g‘risida. A.Sher tarjimasi. «Jahon adabiyoti jurnali». – T., 2011, 2-soni. 


166 
lozim. Sirasini aytadigan bo‘lsak, o‘sha yerdagi odatlarga moslashishi shart emas. 
Budilnikdan foydalanish mumkin, ammo butun uyni oyoqqa turg‘izish shart emas, 
uyda kiyish mumkin bo‘lgan xalat, pijamalarda yurish mumkin. Kiyimlar va narsalar 
har joyga tashlab ketmaslikka, o‘tkir hidli ovqat tayyorlamaslik va boshqa uy 
egalariga xush kelmaydigan narsalarni qilmaslik lozim.

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish