Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/184
Sana09.12.2022
Hajmi2,49 Mb.
#882723
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   184
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
DASTURXON TUZASH 
 
Norasmiy tushlikdagi dasturxonni tuzash 
Dasturxon. 
Oppoq dasturxon barcha tanatanli voqealar va kechalar uchun 
mo‘ljallangan, uning xususiyati shundaki har qanday rangdagi idishlar va gullar 
chiroyli ko‘rinish kasb etadi. Atirgullar, billur bokallar, kumush shamdonlar va 
qadimgi farfor, yaxshi saqlangan vino, to‘y yilligi va unashtirish marosimi kabi 
quvonchli damlar uchun kerakli bo‘lgan muhitni yaratib bera oladi. Bahor kayfiyatini 
paydo qilishda oq kashta bilan tikilgan och-yashil yoki havo rang, pushti tusdagi nafis 
rangli dasturxonlar qo‘l keladi. Landish, lola, narsiss, giatsinta, krokuslar va boshqa 
bahor gullari unga yanada chiroy beradi. Quyoshga o‘xshash jazirama va issiq yozda 
oq yoki sariq rangdagi kashtali sariq tusdagi nafis dasturxonlar to‘g‘ri keladi. Stolni 
o‘z bog‘ingizdagi gullar, savatchadagi mevalar, bug‘doy tolalari – bu yilning ramzi 
sifatida bezash mumkin.
Kuz faslidan ma’yuslik va osoyishtalik nafasi ufurib turadi, yilning bu faslida 
ehtimol oq yoki havo rangdagi dasturxonlar to‘g‘ri keladi, uni mevali taomlar hamda 
kuzgi barglardan yasalgan guldastalar bilan bezatish mumkin. Gullarni stolning 
o‘rtasida turishi shart emas, ular tegishli guldonlarda eng qulay joylarga qo‘yiladi. 
Gullar ovqatni va qarama-qarshi o‘tirgan odamlarni to‘smasligi lozim. Bugungi 
kunda, dasturxonni bezashning maxsus qoidalari yo‘q. Bu yerda uy bekasining didi 
muhim rol o‘ynaydi. Dasturxonning oqilona, maqsadga muvofiq qilib bezatilishi 
yaxshi hisoblanadi, lekin u qimmatbaho idish-tovoqlarni, nafis shishadan bo‘lgan va 
billur qadahlarni, hamda kumush qoshiq sanchqi va pichoqlarni ko‘z-ko‘z qilish, 
qisqasi, maqtanish odobsizlik hisoblanadi.
 
Norasmiy tantanali tushlik 
Jihozlar qanday bo‘lmasin, ularni batartib yozilgan oppoq dasturxon chetidan bir 
qarichda joylashadiki, unda mehmonlarning joyi o‘rtasidagi masofa baravar bo‘lishi 
lozim. Salfetka kichik kosaga qo‘yiladi; agar darhol gazak qo‘yilgan bo‘lsa, unda 
salfetka sanchqidan chaproqqa sanchqini yopib yubormagan holda qo‘yiladi. 


179 
Shunday kosalarni chekkalar ham jihozlarni yopib qo‘ymasligi lozim. Stol bezatishda 
qolgan narsalar, stolning hajmi, taklif qilingan mehmonlarning soniga ham bog‘liq. 
Masalan, katta bo‘lmagan doira shaklidagi stolga agar go‘sht va sabzavotli taomlar 
tortilishi taqozo etilsa, unda stol bezaklaridan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Taomlardan tashqari bunda stolga faqat sham qo‘yilgan shamdon qo‘yish 
mumkin. Shamlar chiroqlarni o‘chirib yoqiladi, o‘tirganlarning ko‘zlaridan baland 
bo‘lmasligi lozim (shamdonlar istalgan xona uchun ziynat vazifasini o‘taydi, kerak 
bo‘lsa ularni yoqish ham mumkin.) Odatda tushlik uchun zarur bo‘lgan barcha 
jihozlar qo‘yilib, ular bilan birga disert jihozlarini ham qo‘yish mumkin. Birinchi 
holatda disert sanchqilar va qoshiqlar yoki faqat qoshiqning o‘zi kosadan oldin 
qo‘yiladi. Norasmiy tushlikda to‘rtta taomdan ortiq taom bo‘lishi kamdan-kam 
uchragani uchun, odatda ikkitadan pichoq – bittasi gazak uchun (agar oldindan 
rejlashtirilgan bo‘lsa), boshqasi esa – go‘sht uchun beriladi. Pishloqli salat uchun esa 
maxsus pichoq zarur. Jihozlarni kosaning o‘ng va chap tarafidan ketma-ketlikda 
chekkadan markazga qarab shunday joylashtirilib chiqiladiki, birinchi taom uchun 
kerakli bo‘lgan pichoq va sanchqilar kosadan uzoqroq joylashtiriladi. Odatda ikkita 
sanchqi – bittasi go‘shtga, ikkinchisi salat uchun mo‘ljallab qo‘yiladi, ammo 
uchtadan ortiq bo‘lmasligi lozim. Salat uchun mo‘ljallangan sanchqi kosaga yaqinroq 
qo‘yiladi; agar salat gazak sifatida tortilsa, tabiiyki, sanchqi ham birinchi qo‘yiladi.
Norasmiy tushliklarda muz bilan sovuq kofe yoki choy beriladi. Uy egasining 
xohishiga ko‘ra choy yoki kofe tushlikning oxirida chashkachalarda tortiladi. Muz 
bilan qoshiqchani pichoqdan o‘ngga qo‘yiladi. Sovuq kofega qaymoq bilan qand 
tortiladi. Yaxshisi, choyga avvaldan shakar va limon qo‘shib, uni muz solingan 
stakanlarga to‘g‘ri idishdan quygan ma’qul. Sho‘rva va meva qoshiqlari stolga 
pichoqlarning o‘ng tomonidan qo‘yiladi. Agar issiq kofe yoki choy tashkillashtirilsa, 
unda kofe yoki choy qoshiqlar chashkani kosasiga, o‘ng tarafidan ushlagichini o‘ngga 
burib uzatiladi. Stolga yana sariyog‘ uchun kosalar hamda pichoqlar ham qo‘yiladi, 
bunda pichoqni turlicha qo‘yish mumkin: ko‘ndalang holda kosaning tepa qismiga, 
xo‘randaga tig‘i bilan qaratilgan holda qo‘yiladi, kosaning tepa qismiga uchini 
markazga qaratgan holda joylanadi, ba’zida esa qolgan pichoqlarga parallel, tig‘ini 
chapga qaratib qo‘yiladi. 
Norasmiy stolga qo‘yiladigan tuzdon va murchdonlar turlicha bo‘ladi – 
yog‘ochdan, shishadan qilingan uksus, garmdori, murch va boshqa ziravorlar uchun 
mo‘ljallangan idishlardir. Agar stol juda katta bo‘lsa, tuz va garmdori har bir emas, 
oralab qo‘yiladi. Buning uchun unchalik katta hajmga ega bo‘lmagan shisha, billur, 
keramika va farfordan foydalaniladi. Tushlikdan oldin ularni qayta to‘ldirib, 
qoshiqlarni qo‘yib qo‘yish kerak. Albatta, agar ular shaxsiy bo‘lmasa. Shuni yodda 
tutish lozimki, kumush qopqoqli tuzdonni har foydalanganda qopqog‘ini tozalash 
lozim. Aks holda tuzdonni teshiklari to‘lib qoladi va mehmon kosasidagi tuz u 


180 
istagandan ko‘ra ko‘payib kyetishi yoki umuman tuz bo‘lmasligi mumkin. 
Mehmonlar orasida chekadiganlar bo‘lsa, unda norasmiy tushlikda ular stol oldida 
chekishlari mumkin.
Har bir jihozga qo‘shib bittadan kuldon qo‘ysa ham, yoki katta bitta kuldon 
qo‘yib qo‘ysa ham bo‘ladi. Garchi kuldon bilan gugurt qo‘yilgan bo‘lsa ham, uy 
bekasiga odatda stolda chekishni taklif qilishmaydi. Chekuvchilar o‘zlari istagan 
sigaret markasini tanlab olishadi degan holat nazarda tutiladi. Chekishni taklif qilmas 
ekan, uy bekasi stol atrofida chekishdan o‘zini tiyishni afzal ekanligiga shama qiladi. 
Hozirgi kunga kelib chekmaydigan soni kamayib bormoqda, shu bois ular 
atrofdagilarga e’tibor berishlar lozim.

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish