“Bolalarni kattalarning aytadigan so‘zlari emas, ularning qilgan amallari
tarbiyalaydi”
36
.
Bunda ziddiyatlarni axloqiy anglashni rivojlantirish – adabiyotlar, axloqiy
tafakkurni boyitishga harakat qilish orqali hal qilsa bo‘ladi.
Sog‘lomlashtirishning ruhiy jihatlari – ko‘proq kelinlarning o‘zini kayfiyatini
yuqori kayfiyatda saqlab turishiga bog‘liq. O‘ziga oro berish ham bir tomondan
boshqalarga sizni munosabatingizni o‘zgartirsa, ikkinchi tomondan insonni ruhini
ko‘taradigan xususiyatlardan biridir.
35
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, - Toshkent, 1994, 1 – jild, 73-bet.
36
К. Юнг. К.Кереньи. Душа и миф. Киев-Москва, Порт-Роял-Совершенство.1997.-114б.
150
Kelinlik liboslari
. Kelinning odobi, uning o‘zligi, borligini namoyon etadigan
tomonlardan biri, uning garderobi, ya’ni kiyinishidir. Uch-to‘rt ko‘ylakni yuvib
dazmollab o‘qishga, ishga kiyib tejamkorlikka o‘rgangan qizlar to‘y munosabati bilan
keyin birdaniga ikki yoqdan bir necha o‘n sidra sarpolik bo‘lib qoladilar. Zotan,
borini bordek ko‘rsatish, kamini yashirib, sevinib yurish ayollarning qo‘llarida.
Birinchi navbatda ikki tomon sarpolarini qishligini-qishlikka, yozligini-yozlikka
ajratiladi. Keyin kiyimlar yana qishligi-qishlikka, uyligi-uylikka ajratiladi. O‘z
navbatida, ular yana sarxillanadi, masalan: liboslar ichidan atoqlik mehmonga
kiyiladiganlarini (kelin salomlar, to‘y-hashamlar) kiyim javoningizning to‘riga
chiroyli qilib ilib qo‘ying. Kerak paytda darrov kiyib chiqasiz. Uyliklar ham bir sidra
saralanadi.
Masalan: mehmon kelganda kiyiladiganlari alohida osiladi. Mavsumga qarab
ertalab, peshinda, kechqun kiyiladiganlari, bayram-hayitlarda kiyiladiganlari,
ajratiladi. Ayrimlar kelinlar doimo yasanib yurishlari kerak, tez-tez kiyim
almashtirish kerak deb bir yilga qolmay barcha kelinlik liboslari ohorini to‘kib kir
tog‘orada chiritadi. Ertalab hovli supurganda uy yig‘ishtirganda sun’iy matodan
to‘qilgan ko‘ylak lozim kiygan ma’qul (homiladorlik vaqti bundan mustasno).
Yuvganda aynimaydi. Nonushtani tayyorlab bo‘lgach, odatda oshxonada ovqati isi
kelib turmaslik uchun, nonunushtaga ko‘pchilik bilan o‘tirishdan avval libosni
almashtirgan ma’qul. To‘g‘ri yaltirog‘i bor kiyimlar kelin liboslarining ko‘rki
hisoblanadi. Ammo oshirvormaslik, ya’ni bachkanalik darajasiga ko‘tarmaslik lozim.
Ish yoki o‘qishga qatnaydigan kelinlar yaltirog‘i yo‘q kiyimlar kiygani ma’qul.
Kelinman deb, bosh oyoq yaltiroq kiyganlar boshqalar diqqatini tortadi xolos. Tungi
kiyimlar alohida saqlangani ma’qul. Yana bir nozik masala – ayrim kelinlarning
xonasi egasi ko‘chib ketgan uyga o‘xshaydi. Hamma joyda kiyim, lozim, ko‘ylak,
xalat. Divanda er kiyimi, stulda xalat, krovatda ro‘mol-u ko‘ylak. Turlanish kerak
ekan deb kiyimni duch kelgan erga uloqtirib, boshqasini kiyib ketaverish yaxshi
emas.
To‘g‘ri, yoshlarning ham kattalarga, ham ro‘zg‘orga, hamda keti tugamaydigan
mehmonlarga xizmat ko‘rsatishi bunday nozik jussiga og‘irlik qiladi. Ammo birinchi
navbatda turmush o‘rtog‘i, so‘ng o‘zingiz e’tiborga loyiq ekanligingizni unutmaslik
lozim. Kelinning xonadonga xizmatchi bo‘lib kelishi – kelajakda uni professional
darajadagi xizmatchiga, uy bekasi bo‘lib kelishi esa uy bekalikka olib keladi. O‘ziga
nisbatan e’tiborsizlik atrofdagilarni ham shunday munosabatda bo‘lishiga sabab
bo‘lishi mumkin. Ammo hadeb turlanaverish ham ayol ko‘rkini “sindiradi”. Bora-
bora bunday ayollar o‘zini yanada chiroyli ko‘rsatishning eng murakkab yo‘llarini
qidirishga majbur bo‘lib qoladilar.
Zeb-ziynatning, taqinchoqning o‘ziga yarasha ma’naviy yuki, o‘ziga yarasha
ma’naviy qadriyati, tarbiyaviy ahamiyati bor. Taqinchoqlar xilini xiliga, rangini
151
rangiga, kiygan libosga moslab taqiladi. Bu taqinchoqlar uncha qimmat ham bo‘lmas,
ularning bezagi kiygan libos bilan uyg‘unlashib, go‘zal ansambl tashkil etadi.
Lekin bu degan kelin bo‘lish rusmlarini joy-joyiga qo‘yaman deb, ota-ona, opa-
singil, aka-ukalar rizqini qiyib bo‘lsa-da, boshqalardan qolishmaslik eng yomon
narsadir. Bu bilan baxtli bo‘laman degan odam qattiq adashadi. Yomon niyatda
bo‘lgan odam baribir, qanday e’tiborli bo‘lishingizdan qat’iy nazarda sizga bo‘lgan
munosabatini o‘zgartirmaydi. Aybni doimo barchadan va barcha narsalardan topsa
bo‘ladi. Beayb parvardigor. Ota-onalar ne azobda qiynalib qiziga qilib bergan bu
sarpolar hech qancha vaqt o‘tmay sandiqda keraksiz narsa bo‘lib yotishini unutmaslik
lozim. Ortiqcha xarajat, uvol va isrof keyin o‘zining samarasini beradi. Agar yoshlar
avvaldan kirim va chiqim borasida o‘ylamasalar, bunday oilaning kelajakdagi
iqtisodiyotini tasavvur qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |