Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/184
Sana09.12.2022
Hajmi2,49 Mb.
#882723
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   184
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Salomlashish odobi 
Ertalab turgach, yuvinib, qaynota-qaynona, oila a’zolari bilan muloqotni iltifot 
bilan salom berish, "Yaxshi dam oldingizmi?" degan so‘zni aytish bilan boshlash 
joiz. Assalomu-aleykum, arabcha so‘z bo‘lib, "Sizga tinchlik tilayman" deganidir, bu 
so‘z to‘liq aytilishi kerak. "Assalom-alayka", "Va alayka", "Salom", "Salom 
alaykum", "Salom berdik", "Alaykum" kabi qisqa so‘zlar ishlatilmasligi kerak.
Oiladagi bajarilishi lozim bo‘lgan talablar, ko‘chadagidan kam emas. Tashqarida 
tavoze bilan, uyda qo‘pol bo‘lgan odam hammadan kamroq hurmatga loyiq. 
«Rahmat»», «kechirasiz», «iltimos» so‘zlari shartli bo‘lsa ham juda zarur ahamiyat 
kasb etadi. Ba’zida ayollar erlarining buyruqlarini bajarish bilan charchaganlardan 
dugonalariga shikoyat qilishini guvohi bo‘lamiz. Kundalik ayolning vazifasiga 
kiradigan narsalar uchun er iltimos qilishi shart emas. Ammo u ayol kishini izmida 
bo‘lgan so‘zlarni: «iltimos sigaretim olib kel, ishdan chalg‘igim kelmayapti» 
qabilidagi tushunchalarni aytishi shart. Bunda «iltimos» ni ayolga nisbatan qo‘llashni 


153 
or qiladigan erkaklar uchun «azizim, onajonisi, ….xon» kabi shirin so‘zlarni 
ishlatishlari mumkin. 
Agar ayol har kuni dasturxonga taom olib kelsa, er hadeb rahmat deyaverishi 
shart emas. Yoki ayol kyetishdan oldin er uning ustiga paltosini kiydirib qo‘ysa ham 
ayolni minnatdorchilik bildirish zaruriyat taqozo etmaydi. Ammo «Vanaxonadagi 
xalatim olib keling» degan iltimoslarga minnatdorchilik bildirish lozim. Insonlar 
bilan munosabatda ohang asosiy o‘rinni egallaydi. «Choy quy» degan so‘zning o‘zi 
ham iliq muhabbat bilan yo‘g‘rilgan ohangda eshitilishi, «Choy quying, iltimos!» deb 
aytilgan qo‘rs ohang ko‘ngilni og‘ritishi mumkin. Yuvingandan so‘ng albatta, vanna 
yoki rakovinani yuvib qo‘ying. Bu hammaning burchidir. Idish yuvadigan rakovinaga 
tuflash, og‘iz chayish, tish yoki yuzni yuvish madaniyatsizlikdir. 
Xullas, uyni ozoda tutish faqat uy bekasiga bog‘liq emas, bu barcha oila 
a’zolarini ishidir. 
Ota-onaning tashqi ko‘rinish ham, ayniqsa, farzandlar oldida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bolani bog‘chadan olgani borganda, bolalar kichkina bo‘lsa ham 
solishtirish xususiyatiga egaligini unutmasligi lozim. Bolalar ota-onalaridan 
uyalishga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bunda «Ota-onani, ayniqsa, onani sevish shart» deb 
qo‘yilgan talablar doimo o‘zini oqlayvermaydi. Men kelinman, qaynona-qaynotamga 
qaraymi, erimgami yoki bolalargami deb boshqalarni ham o‘zini ham aldaydigan 
kelinlar oxir-oqibat soxtalikni ko‘rsatib qo‘yadilar. Atrofdagilarni, ayniqsa bolalarni 
bunday uslub bilan o‘ziga tortish, ularni rahmini keltirish o‘xshovsiz hiyla xolos. 
Axloqshunoslikda muhabbat erkinlikda namoyon bo‘ladi, degan ilmiy xulosani 
nazardan chetda qoldirmang. 
Hech qachon bolalarning mehnati uchun «pora» bermaslik lozim. «Buni qilsang, 
uni olib beraman» qabilida. Buning o‘rniga unga ixtiyor bergan ma’qul. Istagan ishni 
tanlab olsin. Ammo bajarsin. Mehnatsiz yashab bo‘lmaslikka o‘rgatish lozim. 
Agar o‘zingiz namuna bo‘lmasangiz bunday «tarbiya»ning hech foydasi 
bo‘lmaydi. Bolalar oldida bir-birining vazifalarini «eslatib» urushmaslik kerak. Agar 
sizdagi o‘zaro ziddiyatni bolalar bilib qolsalar, ular sizdan foydalana boshlaydilar.
Bunga qarshi faqat va faqatgina oiladagi axloqiy muhit choradir.
37
Oilaviy bayramlar – har bir oilaning Shaxsiy ishidir. Ammo tug‘ilgan kunda 
birlaShuv va hamjihatlikning bo‘lishi turgan gap. Hammaga ma’lumki ayollar o‘z 
tug‘ilgan kunlarini erlari yoddan chiqarishlarini juda og‘ir qabul qiladilar.
Er-xotinlar o‘rtasidagi asosiz paydo bo‘laveradagian bahslarning qat’iy chorasi – 
ko‘p hollarda ajrashish bilan tugaydi. Ammo bunga noiloj vaziyatlardagina yo‘l 
qo‘yish mumkin. Munozaradagi ma’lum qoidalarga amal qilib, bu baxtsizlikdan 
qutulish mumkin. Masalan, hech qachon o‘z norozilikarni kinoyali ohangda 
37
Abdulla SHer. Axloqshunoslik. O‘zbekiston milliy faylasuflari jamiyati. – Toshket, 2010. 295-b. 


154 
aytmaslik lozim – bu odamni haqoratlaydi va instinktiv ravishda qarshilik qilishga 
undaydi. Yurakdagi dardning hammasini faqat mulozamat, muloyimlik va bosiqlik 
bilan ayta olish mumkin. Bu oilada ijobiy javob – tushunishni vujudga keltiradigan 
yagona ohangdir. Muomala qila olishning ziddi jizzaki, buyrug‘ona ohangdir.
Ochiqdan-ochiq odamga achinishni e’lon qilish ham, aksil ta’sir beradi. Bundan 
tashqari fikrni oxirgacha aytmaslik, 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish