O`rta Osiyoning eneolit va ilk bronza davri protoshahar sivilizatsiyasi
ildizlari
Reja:
1.
O`rta Osiyoning dastlabki protoshahar madaniyati qoldiqlari
2.
Bronza davri manzilgohlarining rayonlashtirish muammosi
Ilk shaharlarning paydo bo`lishida ko`plab ijtimoiy-madaniy xususiyatdagi omillar sabab
bo`lishiga qaramay turli sharoitlarda u yoki bu guruh sabablar nisbatan ustunlik qiladi. Undan
tashqari ilk shahar tsivilizatsiyasining muhim ko`rinishlaridan biri turli shakldagi aholi
punktlarining paydo bo`lishi va ularning o`zaro munosabatlari hisoblanadi. Aynan turli shart-
sharoitaar, turli shakldagi aholi punktlari, ko`chmanchi aholi yashash hududlari, o`troq aholi
bilan ular o`rtasidagi chegaraviy hududlar-bularning barchasi aholi hududiy rayonlashuvining
(ma`lum hududlarda ma`lum turmush tarzi yuritgan aholi joylashuvi) asosi hisoblanadi.
SHuningdek, aholining ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan (dehqonchilik, hunarmandchilik va
boshq.) faoliyati ham rayonlashuvni belgilab beradi.
Tadkiqotlar natijalarini ilmiy-qiyosiy tahlil qilish natijasida O`rta Osiyodagi dastlabki
shahar markazlari va o`choqlar rayonlashuvini quyidagi davrlarga ajratish mumkin:
I
davr - mil. avv. SH-I ming yillik birinchi yarmi -Janubiy Turkmaniston (Oltintepa,
Namozgoh), YUqori Zarafshon (Sarazm), Janubiy O`zbekiston (Sopollitepa);
II
davr - mil. avv. II ming yillikning o`rtalari -Janubiy Turkmaniston (Gonur), Janubiy
O`zbekiston (Jarqo`ton);
III davr - mil. avv. II ming yillik oxiri - I ming yillikning o`rtalari - Surxondaryo,
Qashqadaryo,
Xorazm,
Farg`ona
vodiysi va Toshkent vohasi. So`nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalariga
qaraganda, mil. avv. III ming yillikning o`rtalariga kelib O`rta Osiyoning Qizilqum, Qoraqum
cho`llarining ichkarilari, Pomir hamda Oloy tog`larining etaklari aholi tomonidan o`zlashtirilib
boriladi. Bu davrda O`rta Osiyoning ogamoli hamda shimoli-sharqida yashagan aholi asosan
chorvachilik xo`jaligi yuritganlar. Bu hududlardan topib tadqiq etilgan Andronov, Tozabog`yob,
Zamonbobo, Qayroqqum kabi yodgorliklar bronza davri o`ziga xos jarayonlaridan dalolat beradi.
O`rta Osiyoning janubiy qismida yashagan aholi o`troq turmush tarziga o`tib asosan
dehqonchilik bilan shug`ullanishgan. Bu hududlarda aholining Namozgoh, Sopolli, Dashli,
Oltindepa, Gonur (7-jadval) kabi o`troq dehqonchilik madaniyatlari shakllanib taraqqiy etadi.
Undan tashqari aynan janubiy hududlarda qadimda Baqtryya, So`g`diyona, Girkaniya, Parfiya,
Ariya va Marg`iyona kaby tarixiy-madaniy viloyatlar shakllanadi. Bu o`rinda shuni ta`kidlash
joizki, o`troq dehqonchilik xo`jaliklari yuritgan aholi bronza davridayoq voha-voha bo`lib
yashaganlar. Aholining bunday joylashuv tartibi tabiiy-sharoitlar bilan bog`liq bo`lgan (misol
uchun, suv resurslari birmuncha chegaralangan) Urta va YAqin SHarq qadimgi hududlari uchun
xosdir.
So`nggi bronza va ilk temir asri O`rta Osiyo tarixida keskin ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
o`zgarishlar davri bo`ldi. Bu davr jamiyat hayotida ibtidoiy munosabatlar inqirozga uchrab yangi
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojlana boshlaydi. Aynan mana shu davrdan boshlab
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar bilan bogliq bo`lgan ilk shaharlarning shakllanish
jarayoni nihoyasiga etib rivojlanish bosqichiga o`tadi. Ko`pchilik tadqiqotchilar e`tirof etgan
dastlabki tsivilizatsiyalar, ilk shaharsozlik madaniyati, davlatlar paydo bo`lishi jarayonlari
o`rtasida dialektik bog`liqlikni dastlabki shahar markazlari o`choqlarining rayonlashuvi
jarayonlarini tahlil etganimizda ham kuzatishimiz mumkin.
O`rta Osiyoning eng qadimgi o`troq dehqonchilik madaniyati mintaqaning janubi-g`arbida,
Kopetdog`ning shimoliy tog` oldi tekisligida paydo bo`ladi. Bu jarayonga ikkita muhim omil-
kichik vohalarda dehqonchilik rivojlanishi uchun qulay sharoit hamda dunyo tarixida dastlabki
dehqonchilik o`choglari bo`lgan Old Osiyo va eron bilan qadimiy uzviy aloqalar asos bo`ldi.
O`tgan asrning 60-yillarida olib borilgan tadqiqotlar Kopetdog` tog` oldi tekisliklarida Qadimgi
SHarq ko`rinishidagi tsivilizatsiya rivojlanganligi haqida masala ko`tarilishiga sabab bo`ldi.
O`rta Osiyoning janubida keng miqyosda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar, Murg`ob vohasida
ochilgan mil. avv. II ming yillik madaniyati va Amudaryoning o`rta oqimi madaniyatlari ushbu
markazlarning uzviy bog`liqligini ko`rsatadi.
Bu tadqiqotlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, O`rta Osiyoning janubiy hududlari
kadimgi SHarq ko`rinishidagi yuqori darajali madaniyat sohiblari bo`lgan o`troq jamoalar
tomonidan ancha ilgari o`zlashtirilgan. Aniqlanishicha, dastlabki dehqonlar Kopetdog` tog oldi
tekisligi hududlari bilan chegaralanib qolmasdan eng yuqori rivojlanish darajasi jarayonida
Murg`obning qadimgi havzasi hududlarini o`zlashtirib, . Zaraf-shonning yukori oqimi
hududlarigacha boradilar. Bu hududlardan Janubiy Turkmaniston so`nggi eneolit davri
madaniyatiga xos Sarazm manzilgohi o`rganilgan. Ushbu ko`p sonli va turli-tuman ma`lumotlar
O`rta Osiyo, hech bo`lmaganda uning janubiy viloyatlari boshqa mintaqalarda bo`lgani kabi ilk
dehqonchilikdan dastlabki tsivilizatsiyagacha rivojlanish qonuniy jarayoni bo`lib o`tgan qadimgi
madaniyat o`chog`i degan fikrlarni yana bir marta isbotlaydi.
Mil. avv. II ming yillikning boshlariga kelib qadimgi Baqtriya hududlaridagi dehqonchilik
aholisi kichik daryolar vohalarini, Boysuntog` va Ko`hitang tog`larigacha bo`lgan tog` oldi
hududlarini o`zlashtiradilar. Ko`pchilik tadqiqotchilar bronza davri uchun - Sopolli, Beshkent,
Vaxsh va turli xududlarda mavjud bo`lgan bronza davri Dasht madaniyatlarini ajratadilar.
Mahalliy chorvadorlar madaniyati bo`lgan Beshkent va Vaxsh madaniyatlari Kuyi Kofirnihon va
Vaxsh vohalaridan topilgan qabristonlar orqali ifodalanadi. O`troq dehqonchilik madaniyati
yoyilgan hududlar asosan O`zbekistonning janubidagi Ko`hitang va Boysuntog` tog` oldi
hududlari va qisman Tojikistonning janubiy hududlarini qamrab oladi.
Bu hududlarda asoslari yanada qadimgiroq davrlarga borib taqaladigan dastlabki o`troq
dehqonchilik manzilgohlari mil.avv. II ming yillikning boshlarida unchalik katta bo`lmagan tog`
soylari bo`ylarida paydo bo`lib guruhlasha boshlaydi. e.V. Rtveladzening fikricha, aynan mana
shu davrdan boshlab ilk temir asrining boshlarigacha ma`lum chegaralangan hududlarda
joylashgan unchalik katta bo`lmagan vohalar tizimi SHimoliy Baqtriya aholi joylashuvining
asosiy hududlariga aylanadi. Tadqiqotchi A.Asqarov shunga o`xshash bronza davriga oid uchta -
SHerobod, Bandixon va SHo`rchi vohalarini ajratsa, A.Sagdullaev ularni to`rtta-Ulonbuloqsoy
(Muzrabot), SHerobod, Halqajar (Mirshodi) va Bandixon vohalari mavjud bo`lganligini
ta`kidlaydi. e.Rtveladze zsa, bu tadqiqotchilarning fikrlariga qisman qo`shilsada, vohalarni
quyidagicha guruhlaydi: Ulonbuloqsoy (Muzrabod), SHerobod, Halqajar (Mirshodi) va Hisor.
Uning fikricha markazlarning rayonlashuvi- voha dastavval, Qo`hitangdan boshlanib qadimda
Amudaryoga quyiluvchi uncha katta bo`lmagan Ulonbuloqsoy paydo bo`ladi. Tadqiqotlar
natijalarini solishtirib shunday xulosaga kelish mumkinki, bronza davri shimoliy Baqtriyada
dastlab Ulonbuloqsoy va SHerobod, keyinroq esa, Halqajar va Bandixon vohalari o`zlashtiriladi.
Ko`plab arxeologik ma`lumotlar natijalarini qiyosiy solishtirgan A.S.Sagdullaev
Baqtriyadagi ahmoniylargacha bo`lgan davr quyidagi manzilgoxlar guruhini ajratadi:
1. Mustahkam mudofaa inshootlari va qal`alari bo`lgan Qiziltepa, Oltindilyor ko`rinishidagi
shakllanayotgan yirik markazlar.
2.Bandixon 2 singari mustahkam qal`asi bo`lgan va bir erda zich joylashgan yirik
manzilgohlar.
Z.Talashkantepa 1 ko`rinishidagi burjlari va shinaklari bo`lgan alohida qal`alar.
4. Bo`yrachitepa 2 ko`rinishidagi alohida uylardan iborat manzilgoh - massivlar.
5.Qizilchatepa 1,2,6 ko`rinishidagi markaziy va tashqi hovlilari devor bilan o`rab olingan
uy-qo`rg`onlar.
b.Kuchuktepa ko`rinishidagi doimiy qurylishlari bo`lgan, ammo keng markaziy va ichki
hovlilari bo`lmagan mustahkamlaigan uy-qo`rg`onlar.
Turli vohalarning o`zlashtirib borilishi aholining o`troqlashuvi va o`troq manzilgohlarning
yanada taraqqiy etishi uchun muhim ahamiyatga ega bo`ldi. SHuni alohida ta`kidlash joizki, ilk
bronza davrida mahalliy jamoalarning ishlab chiqarish salohiyati unchalik kuchli emas edi.
Undan tashqari, aholining soni ham ko`p mehnat sarflanadigan yirik daryolar vohalarini
o`zlashtirish darajasida ko`p emas edi. SHuning uchun ham, aholi dastlab o`zlashtirilishi oson
bo`lgan tog` oldi xududlari va kichik daryo vohalarini tanlaganlar.
O`trok aholi tomonidan qosildor vohalarning jadallik bilan o`zlashtirilishi natijasida so`nggi
bronza davriga kelib dehqonchilik vohalari yanada kengayib boradi. So`nggi yillarda olib
borilgan tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqargan SH.B.SHaydullaevning fikricha, so`shti
bronza davriga kelib SHimoliy Baqtriyaning dehqonchylik vohalariga bo`linishi kuyidagicha:
SHerobod vohasi (Ulonbuloqsoy va SHerobod dehqonchilik tumanlarini o`z ichiga oladi,
vohaning markazi Jondavlattepa), Boysun vohasi (Bandixon, Mirshodi, Sangardak-
To`palang dehqonchilik rayonlarini o`z ichiga oladi, vohaning markazi Qiziltepa ko`hna shahri).
Surxon vohasi (O`rta. Surxon va Termiz atroflari dehqonchilik rayonlarini o`z ichiga oladi,
vohaning markazi Hayitobodtepa ko`hna shahri), Kofirnihon vohasi (o`ng qirg`oq Kofirnihon,
o`rta Kofirnihon, Vaxsh dehqonchilik rayonlarini o`z ichiga oladi, vohaning markazi Qalai Mir
ko`hna shahri). Panj vohasi (vohaning markazi Boytudasht ko`hna shahri).
O`rta Osiyoning shimoli-sharqiy xududlari, xususan, Farg`ona vodiysida bronza davri
boshqa hududlarga nisbatan tarixiy taraqqiyot nuqtai nazaridan o`ziga xos bo`lib, unda arxaik
zlementlar uzoq davr mobaynida saqlanib qolgan. Vodiydagi bronza davriga oid bo`lib CHust
madaniyati nomi bilan ma`lum va mashhur bo`lgan dehqonchilik madaniyatini tadqiqotchilar
turli yillarda goh bronza, goh ilk temir davri bilan sanalab keldilar.
SHohimardonsoy-Marg`ilonsoy hamda Kosonsoy havzalarida olib borilgan keyingi
yillardagi arxeologik-paleografik izlanishlar Farg`ona vodiysining sug`orma dehqonchiligi
tarixiga birmuncha aniqliklar kiritish imkoniyatini berdi. Misol uchun, tadqiqotlar natijalariga
ko`ra, Kosonsoyning quyi oqimida Axsikent vohasining asosiy qismi mil. avv. X-1X asrlarda
o`zlashtirilgan bo`lib, eski Axsi yodgorligi hududida dexqonchilik manzilgohi bo`lganligi
aniqlandi. Tadqiqotchilarning fikricha, Farg`ona vodiysidagi aynan shunga o`xshash ko`plab
manzilgohlarning (ma`lum hududlardagi) markazi Dalvarzin bo`lgan bo`lishi kerak. Dalvarzin
ilk shahar sifatida Farg`ona vodiysidagi dastlabki davlatning poytaxti bo`lgan bo`lishi ham
mumkin.
Bugunga kadar olib borilgan arxeologik ma`lumotlarni solishtirib va tahlil qilib xulosa
chiqaradigan bo`lsak, Farg`ona vodiysida qadimgi dehqonchilik madaniyati mil. avv. II ming
yillikning so`nggi choragidan boshlanadi. Asosan dehqonchilik bilan shug`ullangan
CHust madaniyatiga oid manzilgohlardan dehqonchilik bilan bog`liq ko`plab ashyolar
topilgan. Bu madaniyat. aholisi bronza davrida asosan dehqonchilik uchun qulay erlarni
o`zlashtiradilar. Farg`ona vodiysida bu davrdagi axolining suv bo`yidagi unumdor
hududlarni o`zlashtirganliklariga qarab quyidagi voha-rayonlarga ajratiladi: G`ovasoy
vohasi va Ko`ksaraksoy bo`ylari. Kosonsoy vohasi. Qoradaryoning chap qirg`og`i. Xo`jaobod va
uning yaqin atrofidagi hudud. Aravonsoy vohasi. Oqburasoy vohasi. Toldiqsoy va uning
irmoqlari bo`ylari. Qoradaryo va YAssi oralig`idagi voha. Aravonsoyning yuqori oqimi va
Qirg`iz-Otasoy bo`ylari.
Mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib O`rta Osiyo qadimgi xo`jaliklarida sezilarli
o`zgarishlar bo`lib o`tadi. Temirning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va keng tarqalishi
natijasida alohida jamoalarning ishlab chiqaruvchilik salohiyati jadallashadi. Qator hududlarda
madaniy rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlarini belgilab beruvchi hamda tarixan bir-biri bilan
bog`liq bo`lgan xo`jalik yuritish usullari shakllanadi. Bu davrdagi dehqonchilik va chorvador
qabilalarning joylashuvi avvalo, tabiiy sharoitning o`ziga xos xususiyatlari bilan bog`liq edi.
Dastavval, aholi joylashuv hududlari yaqqol ko`rinadigan O`rta Osiyoning janubiy
hududlariga nazar tashlaydigan bo`lsak, ilk temir davriga kelib bu hudud aholisi aniq tarixiy-
madaniy joylashuvga ega edi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko`ra, bu davrda
Murg`obning quyi oqimlarida, Balxobda, Surxondaryo va Qashqadaryo vohalari hamda ularga
qo`shni bo`lgan hududlarda aholi joylashuvining o`troq shakli kuzatiladi. Arxeologik. tadqiqotlar
ma`lumotlariga tayangan A.Sagdullaev
■
ilk temir davri O`rta Osiyoning janubidagi aholi
joylashuvi rayonlarini kuyidagi guruhlarga ajratadi:
Daryo-soylar sohillarida markazlashgan tog` oldi rayonlarining ko`p sonli manzilgohlari.
Soy (yoki kanal) yoki bevosita yirik daryo irmog`i bo`yida joylashgan tog` oldi hududlari
rayonlarining bshta-ikkita manzilgohlari.
Murg`ob, Zarafshon, Balxob daryolari etaklari va irmoqlari havzalaridagi manzilgohlarning zich
joylashuv rayonlari. O`rta Zarafshon va Qashqadaryoning o`rta oqimi hududlaridagi geografik
jihatdan qulay bo`lgan. (baland adirlar, qum barxanlari bo`lmagan) daryo tekisliklari
rayonlari.
Hozirgi kunga kelib SHimoliy va shimoli-sharqiy Afg`oniston, Janubiy va Janubi-G`arbiy
Turkmaniston, Janubiy Tojikiston va Janubiy O`zbekiston hududlarida ilk temir davriga oid ko`n
sonli o`troq aholi manzilgohlari aniqlangan. Ushbu manzilgohlar o`ziga xos aholi joylashuv
rayonlarini tashkil etib, ularning ayrimlari dastlabqi shahar markazlari edi. Ularning atroflarida
o`zlashtirilgan maydonlar va sug`orish tartibidan tashqari turar-joylar va manzilgohlar,
o`zlashtirilmagan erlar va yaylovlar mavjud bo`lib, eng muhimi bu erlarda yashagan aholi
yaratuvchanlik faoliyati olib borgan. Ushbu joylashuv rayonlarini belgilovchi belgilar birinchi
navbatda, tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar bilan bog`liq edi.
Bu omillarni jamiyat taraqqiyotiga qay darajada ta`sir etishini tahlil etish shuni ko`rsatadiki,
tabiiy-geografik nuqtai nazardan aholi markazlashgan rayon-hudud doimo aholi joylashuvi
hamda odamlar jamoalari yashashi uchun moddiy shart-sharoitlar yaratilgan geografik kenglik
sifatida shakllanadi. Ushbu geografik kenglikda inson turmush tarzi uchun o`ta zarur bo`lgan
shart-sharoitlar-suv manbalari, yaylovlar, qurilish xom ashyosi, qurilish uchun qulay joylar
kabilar mavjud bo`ladi. Bir hududda uzoq yashash natijasida odamlar o`zlari uchun moddiy va
ma`naviy sharoit yaratish bilan birga hududlarga ta`sir o`tkazib uning tabiiy-geografik
sharoitlarini mumkin qadar o`zlariga moslab oladilar. Geografik muhit odamlarning turmush
tarzi, madaniyati hamda ishlab chiqarish faoliyatiga kuchli ta`sir ko`rsatsada, ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyotga deyarli ta`sir ko`rsatmaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan aholi rayonlashuvi jarayonlari shunda kuzatiladiki, bu
jarayonda markaz-rayon hududi mehnat va ishlab chiqarish ob`ekti, ishlab chiqarish kuchlari va
ishlab chiqarish mahsulotlari markazlashgan joy, xo`jalik, madaniy hamda boshqa ijtimoiy
munosabatlar markazi hisoblanadi.
Rayon-markazlashuvning madaniy omillari nuqtai nazaridan tahlil etsak, bu jarayonda har
bir o`ziga xos rayon shu hududda mavjud bo`lgan manzilgohlar va turli ko`rinishdagi turar-
joylar, diniy va hunarmandchilik inshootlari, ishlab chiqarish va turmushda ishlatiladigan
buyumlar-mehnat qurollari, jangovar qurollar, taqinchoqlar, sopol idishlar mavjudligi hamda
turmush tarzining yuqori darajasi va mafkuraviy tasavvurlarning rivojlanganligi bilan izohlanadi.
Olib borilgan tadqiqotlar tahlilidan xulosa chiqaradigan bo`lsak, «rayonlashuv»,
«markazlashuv», «rayon-voha», «rayon-markaz» atamalari fikrimizcha, qadimgi o`troq aholi
joylashuvi tartibini u yoki bu darajada nisbatan to`liqroq o`zida aks zttiradi. Bu o`rinda albatta,
aholining bir hududda zich yoki tarqoq joylashuvi tartibini ham hisobga olish zarur. Aholi bir
hududda nisbatan zich joylashgan hududlar uchun «rayon-markaz», nisbatan tarqoq joylashuv
hududlari uchun «rayon-voha» atamasini qo`llash maqsadga muvofikdir.
Tadqiqotlar tahlili shuni ko`rsatadiki, o`rganilayotgan davrda aholi joylashuvi rayon-
vohalarning ma`lum ma`nodagi ham ichki, ham tashqi chegaralari mavjud edi. Ichki chegaralar
asosan mavjud aholi manzilgohlarining o`ziga xos xususiyatlari bilan (hududlari, rejaviy
tuzilishi, turar-joylarning joylashishi) bog`liq bo`lsa, tashqi chegaralar hududlar oralig`ida
joylashgan o`zlashtirilmagan erlar orqali belgilangan. Bunday erlarga ma`lum jamoalar egalik
qilishga ulgurmagan yoki bu erlarni o`zlashtirilishi qiyin bo`lgan (adir, dasht va boshq).
Fikrimizcha, atrof muhit haqida turli ma`lumotlar to`plash, aholi sonining doimiy o`sib borishi
va nihoyat, yangi erlarni o`zlashtirishga bo`lgan intilishlar aholi yashash hududlari dastlabki
chegaralarining kengayishi va o`zgarib turishi uchun jiddiy asos bo`lib xizmat qilgan.
SHunday qilib, aholi joylashuvining hududiy rayonlashuvi dastlabki shahar markazlarning
keyingi
taraqqiyoti
uchun
katta
ahamiyatga ega bo`ldi. Qadim davrlardayoq ayrim qabilalar yoki qabila guruhlarining o`ziga xos
uslubda
bir
erda
o`troq
markazlashuvi natijasida hududiy birlik yuzaga kelib ilk shaharlar ushbu. hududiy birlikning
markazlari
sifatida
taraqqiy etadi. SHaharlar taraqqiyoti natijasida aholi joylashuvining geografik chegaralari
yaqqolroq
ko`rina
boshlaydi. Undan tashqari hududiy birlik-madaniy, etnik va til birligi uchun ham katta
ahamiyatga
ega
bo`ldi.
SHuningdek,
hududiy birlik ko`rinishidagi aholi joylashuvining rayonlashuvi ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy-siyosiy munosabatlarning keng miqyosda taraqqiy etishi uchun
ham jiddiy ahamiyatga ega bo`ldiki, ushbu jarayon dastlabki shahar-markazlaridagi o`ziga xos
madaniyatni belgilab beruvchi taraqqiyot bosqichlari uchun asos bo`lib xizmat qildi.
Tadqiqotlar qiyosiy tahdillaridan xulosa chiqarilib, Urta Osiyo o`troq aholi joylashuvi
rayonlarining o`ziga xosligi va taraqqiyot xususiyatlariga qarab quyidagi guruhlar va davrlarga
ajratish taklif etiladi:
Janubiy Turkmaniston neolit-eneolit davri aholisining Kopetdog` etaklari va Murg`ob daryosi
vohalarida markazlashuvi (mil. avv. U1-SH ming yillik boshlari).
Surxon va O`rta Amudaryo vohalarida hamda Zarafshon vohasi bronza davri aholi joylashuv
hududlari (mil. avv. SH-N ming yilliklar).
Xorazm, Buxoro vohasi(mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi).
Farg`ona vodiysi so`nggi bronza va ilk temir davri aholi joylashuv rayonlari (mil. avv. II ming
yillik so`nggi choragi - I ming yillik boshlari).
So`nggi bronza va ilk gsmir davri Surxon, Balxob, Kofirnihon, Panj, Zarafshon,
Qashqadaryo vohalari aholi joylashuv rayon-markazlari hamda ularda ilk shaharlarning taraqqiy
etishi (mil. avv. II ming yillik o`rtalaridan I ming yillik o`rtalarigacha).
4-mavzu:
Do'stlaringiz bilan baham: |