“Oʻrta Osiyoning geologik tuzilishi. Geologik vaqt hisobi” mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi toshkent-2022 Fan



Download 0,52 Mb.
bet3/3
Sana14.02.2022
Hajmi0,52 Mb.
#447678
1   2   3
Bog'liq
7 -sinf dars ishlanma

Darsning blok-sxemasi:



T/r

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

14 daqiqa

5

Darsni yakunlash:
1.O‘quvchilarni baholash
2. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash

3 daqiqa



DARSNING BORISHI:

  1. Tashkiliy qism(salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish).

O‘qituvchi darsga kirib kelib, o‘quvchilar bilan salomlashadi va quyidagi she’rni aytadi:
Qadimda Eratosfen,
Atagan fan, o‘sha – men.
Yunoncha so‘z “geo” – “Yer” –
“Grafo” – “yozaman” der.
O‘zbekchaga o‘girsak,
“Yerning tasviri” demak.
Buni barcha o‘quvchi,
Albat bilmog‘i kerak.
Shundan so‘ng o‘qituvchi davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi. Bugungi dars quyidagi kartochkalar asosida baholab borilishini e’lon qiladi:




  1. O‘tilgan mavzuni takrorlash. O‘tilgan – §. Vaqt o’lchovi.Soat mintaqalari.Taqvimlar" mavzusi “Krassvord” metodidan foydalangan holda takrorlanadi.



III.Yangi mavzu bayoni. Dastlab, 7-sinflar uchun tayyorlangan “Oʻrta Osiyoning geologik tuzilishi.Geologik vaqt hisobi " mavzusidagi o‘quv filmi televideoproyektor yordamida monitor orqali namoyish etiladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi darslik, devoriy xarita va o‘quv atlasidan foydalangan holda mavzuni tushuntirib beradi:

O‘rta Osiyo yer yuzasining hozirgi ko‘rinishi uzoq davom etgan geologik davrlar mobaynida yer ichki va tashqi kuchlarining birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan.




Geologik sana. Geografik qobiqning hozirgi holatini, uning ayrim qismlarining kelib chiqishini tushunib olish va izohlab berish uchun yerning geologik tarixini bilishimiz kerak. Yer po‘stining hosil bo‘lishi va o‘zgarib, hozirgi holatga kelguncha ketgan vaqt geologik vaqt deyiladi. Geologik vaqt hisobi geologik sana deyiladi. Geologik sana yirik bosqich — eonlarga (kriрtozoy, fanerozoy), eralarga (arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy) va har bir era davrlarga bo‘linadi. Har bir era va davrda Yer yuzasining relyefi, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan.

Geologik vaqt davomida Yer po‘stida sodir bo‘lib turadigan harakatlar natijasida turli xil yoriq va siniqlar hosil bo‘lgan. Ana shu yoriq va siniqlar orqali mantiyadan magma oqib chiqib, Yer yuzasiga lava sifatida yoyilgan, natijada, Yer po‘stining qalinligi asta-sekin oshib borgan. Magma Yer po‘stining yoriq va siniqlarida qotib, turli xil tog‘ jinslarini hosil qilgan. Suv havzalari ostida (okean, dengiz, ko‘l, daryo) va quruqlikning past joylarida o‘simlik va hayvonot qoldiqlari aralashgan cho‘kindi tog‘ jinslari qatlami vujudga kelgan. Yer geologik tarixining har bir davrida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan tog‘ jinslarining ma’lum bir turlari vujudga kelgan.


Тog‘ jinslarining nisbiy yoshi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining asosiy xususiyati ularning qatlam-qatlam bo‘lib yotishidir.

Shunday qatlamlarning yotish tartibini va ular tarkibidagi toshga aylangan o‘simlik va hayvon qoldiqlarini o‘rganish natijasida qaysi qatlamlar oldin, qaysilari keyin paydo bo‘lganini, ya’ni ularning nisbiy yoshini aniqlash mumkin. Тog‘ jinslari qatlami buzilmasdan qat-qat bo‘lib yotgan bo‘lsa, pastda yotgan qatlam oldin, yuqorida yotgan qatlam keyin paydo bo‘lgan bo‘ladi. Eng ustki qatlam eng yosh qatlam hisoblanadi. Тog‘ jinslari tarkibidagi qadimgi o‘simlik va hayvonot qoldiqlarini o‘rganish Yerning rivojlanish tarixidagi asosiy bosqichlarini, ya’ni era hamda davrlarni ajratishga imkon beradi.




Тog‘ jinslarining mutlaq yoshi. Ma’lum bir tog‘ jinsining hosil bo‘lganidan hozirgacha o‘tgan vaqt uning mutlaq yoshi deb ataladi. Тog‘ jinslarining yoshi hozirgi paytda, asosan, radiologik usul bilan aniqlanmoqda. Bu usul radioaktiv elementlarning uzoq vaqt davomida parchalanishiga va natijada boshqa kimyoviy elementlarning hosil bo‘lishiga ketgan vaqtni aniqlashga asoslangan. Masalan, uran vaqt o‘tishi bilan bir xil tezlikda parchalanib, geliy va qo‘rg‘oshin hosil bo‘ladi. Geliy tarqalib ketadi, ammo qo‘rg‘oshin tog‘ jinslari tarkibida qoladi. Uranning parchalanish tezligini bilgan holda tarkibida uran bo‘lgan tog‘ jinslari yoshini hisoblab chiqish mumkin. 100 g urandan 74 mln yil davomida 1 g qo‘rg‘oshin hosil bo‘ladi. Shu yo‘l bilan turli xil tog‘ jinslarining yoshi aniqlanadi. Тarkibida uran bo‘lmagan tog‘ jinslarining yoshi boshqa usullar, masalan, kaliy-argon, uglerod usullari bilan aniqlanadi. Тog‘ jinslarining yoshini aniqlab va o‘simlik hamda hayvonot dunyosining rivojlanishi uchun ketgan vaqtni hisoblab, olimlar geo- xronologik jadval tuzishgan.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahklamlash «Klaster» metodi asosida o‘tkaziladi.
Klaster (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o‘quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosidan tashkil etiladigan mashg‘ulot jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar va o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
“Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:
1. Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing. Fikringizning sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ulguncha davom ettiring.
3. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
4. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni, bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang.
Klaster metodiga namuna:



V.Uyga vazifa berish va o‘quvchilarni baholash. Shundan so‘ng o‘qituvchi uy vazifasini e’lon qiladi:
Uyga vazifa: UV1.Mavzuni o’qib,dars so’ngidagi savollarga javob yozish.
UV2.O’rta Osiyodagi,Pomir,Hindikush,Kopetdog’,Hisor,Safedko’h,Sharqiy Qozog’iston,G’arbiy Tyanshan,Oloy,Turkiston,Qozog’iston past tog’larini qaysi tog’ hosil bo’lish bosqichida paydo bo’lganligini 1-jadvaldan foydalangan holda aniqlash va quyidagi jadvalni to’ldirish.

Tog’ hosil bo’lish bosqichlari



Hosil bo’lgan tog’lar















O‘quvchilarni baholash va darsni yakunlash: o‘quvchilar darsdagi ishtiroki va yig‘gan kartochkalariga qarab o‘qituvchi tomonidan baholanadi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarda mavzu yuzasidan savollari bor-yo‘qligini so‘raydi va dars yakunlanganini e’lon qiladi.
Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish