O’rta Osiyoda eng qadimgi arxivlarning vujudga kelishi
Vatanimiz hududida qadim zamonlarda arxivlarning mavjud bo’lganligi 1948-1950 yillarda Xorazmdagi Tuproqqal’a xarobasida S. P. Tolstov boshchiligida olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida isbotlandi. Bu yerda milodiy III-IV asrlarga oid xorazm tilida yozilgan 100 ga yaqin hujjat topildi.
Bu hujjatlar Xorazm podsholari arxiviga tegishli ekanligi aniqlandi. Ularning 18 tasi yog’ochga, ko’pchiligi oshlangan charmga yozilgan. Hujjatlarning 8 tasi yaxshi saqlangan. Hozirgi kunga qadar 100ga yaqin hujjatdan atigi 26 tasini olimlar o’qishga muvaffaq bo’ldilar.
Tuproqqal’a arxiv hujjatalarining 2 guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga soliq hujjatlari kiradi. Ular yog’ochga yozilgan. Ikkinchi guruh (teriga yozilgan) asosan xo’jalik hujjatlari bo’lib, ularga podsho xazinasiga tushgan jarimalarning nomi, miqdori hamda qayerdan kelganligi yozib qo’yilgan.
Shunday qilib, tarixiy faktlar O’rta Osiyoda arxivlar qadimgi zamonlardan mavjud bo’lganligini ko’rsatmoqda.
O’rta osiyo arxivlari faoliyati
1919 yil 5 noyabr Turkiston Respublikasi Yagona Davlat Arxiv jamg‘armasi (YADAJ) va Maorif Xalq komissarligi qoshida Arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi (AIMB), 1930 yildan O‘zbekiston Markaziy Arxiv boshqarmasi (O‘zMAB) vujudga keldi.1931 yilda O‘zbekiston YADAJ bo‘limlari o‘rniga Markaziy arxiv (MA), O‘zbekiston Markaziy Tarix arxivi (O‘zMTA), 1943 yilda. O‘zbekiston kinosurat-ovozli hujjatlar Markaziy Davlat arxivi, 1962 yilda O‘zbekiston Markaziy davlat tibbiyot arxivi (1965 yildan O‘zbekiston Tibbiyot va texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi) tashkil etildi. Arxivlar ishlarini uyg‘unlashtirish va boshqarish uchun 1959 yilda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi qoshida A boshqarmasi tuzildi. 1961 yildan mazkur Boshqarma Arxivlar Bosh boshqarmasiga aylantirilib, O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirildi. 1992 yil 19 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi deb nomlandi. oraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat Arxivlari hamda muassasalar tasar-rufidagi Arxivlar unga bo‘ysunadi. Oʻzbekiston Respublikasida jami 77 davlat Arxivi bo‘lib, ularda 6 mln.ga yaqin hujjatlar, jumladan 360 mingdan ortiq surat hujjatlari, 14 mingga yaqin ovozli hujjatlar, 17,5 mingga yaqin kinohujjatlar saqlanadi (1999). Markaziy davlat arxivida 13-asrdan boshlab shu bugungacha bo‘lgan hujjatlar bor. O‘zbekiston rassomlarining ishlari O‘zbekiston BA Badiiy jamg‘armasi, shaxsiy guplam va muzeylardan o‘rin olgan. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon va boshqa shaharlarda Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Ayniy, Muxtor Ashrafiy, Abdulla Qahhor, Fafur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon va boshqalarning ba’zi Arxiv materiallari ular uy-muzeylarida jamlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |