Orta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uygonish davri. Fan va madaniyat ravnaqi
IX-XII asrlar madaniy yuksalishining shart-sharoitlari.
Ilm-fan
Fanda Uygonish davri deb ataladigan davr Garbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarda XIV-XVI asrlardagi rivojlanishining oziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba uygonish atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari oz asarlarida ishlatadi. Uygonish, uygonish davri atamalari XIV-XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, koproq antik davr merosini, yani antik madaniyatga oxshash madaniyatni qaytadan tirilishi, uygonishi manosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qollanila boshlandi. Shu manoda kopchilik tadqiqotchilar IX-XII asrlar Orta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishini oziga xos xususiyatlarni ham uygonish davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar.
IX-XII asrlar Orta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va manaviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri boldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda Orta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bolgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va manaviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay boysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan olkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili bolsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini ozlashtirishga intilish kuchli bolgan. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida quron suralarini tilovat qilishdan iborat bolgan bolsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik mamurlari bilan yaqinlashish va mamlakatda oz siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bolgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli kop vaqt otmay Movaraunnahrda xatto oz ona tilidan kora arab tili va yozuvi ozlashtirib olgan bilimdonlar paydo boldi. Chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bolib qoldi. Davlatni boshqarishda xalifalik mamuriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bolgan bilimdonlar ham oz bolib, borlari ham zaif edi.
Bu hol oz navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida boysundirilgan xalqlarni mutloq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi mamurlariga, balki olkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha boshladi.
821 yilda Xuroson va Movaraunnahrning noibi etib tayinlangan Tohir ibn Husayn xalifalik oylaganidek siyosat yurgizmadi. U xalifa nomini xutba nomozidan chiqarib tashlashga korsatma berdi. Tohiriylar shunday qilib sozda ozlarini xalifalikning noibidek korsatsalar-da, amalda mustaqil ish yuritish harakatini boshlab yubordilar. Bu borada diqqatga sazovor tomoni shundaki, tohiriylar nafaqat siyosiy mustaqillikka intildilar, balki xojalikning kopgina tarmoqlarini ozlari xohlaganday tartibga solishga harakatlar qildilar. Ular qishloq xojaligini rivojlantirish maqsadida suv taminotini yaxshilashga katta etibor qarata boshladilar. Katta-katta ariqlar, kanallar qazdirdilar. Suv taminoti haqida fiqhshunos olimlar risolalar yozib, bu ishni aniq tartib-qoidaga binoan olib borish lozimligini isbotlab berdilar. Shunday qilib, mustaqil davlatlarning paydo bolish uchun zamin paydo boldi.
873-yilda Tohiriylar hukmronligi orniga Safforiylar hukmronligi ornatildi. Bu oz navbatida Movarounnahrni Xurosondan ajralib, oz mustaqilligini tiklab olishi uchun asos boldi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahr Somoniylar qol ostiga otib, mustaqillikni yanada mustahkamlab oladi. Somoniylar sulolasining eng yirik vakillaridan biri bolmish Ismoil Somoniy kuchli davlat tuzishga harakat qiladi va bu ishni muvaffaqiyatli ravishda uddasidan chiqadi.
Somoniylar oz davlatlarini ozlarigacha bolgan sharq davlatlarining boshqaruv ananalarini chuqur organgan holda, ularga suyanib, zamon talablarini hisobga olgan holda ozgartirishlar kiritib boshqarishga harakat qildilar.
Movaraunnahr deb ataladigan bu hududda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta tasir korsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib, rivojlana boshladi.
Orta Osiyoda IX-XIII asr boshlarida Somoniylar, Qoraxoniylar, Gaznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda oz mavqei va tutgan orni jihatidan katta etibor va nufuzga ega boldilar. Ahmad Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud Gaznaviy, Togrulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni kora oladigan davlat arboblari davrida Orta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi.
Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiyning Somoniylar Buxorosiga bergan tarifi butun Orta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: ...shon-shuhrat makoni, saltanat kabasi va zamonasining ilgor kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda oz davrining fozillari yigilgan (joy) edi. Orta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan yaqinlashdilar. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda oz saroylarida olim, shoir va usta sanatkorlar, turli sohalar boyicha qimmatbaho kitoblarni toplashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar, kutubxonalardagi nodir qolyozma asarlar bilan magrurlanardilar.
Damashq, Qohira, Bagdod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda Orta Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga oz hissasini qoshgan avlod-ajdodlarimiz bu davrga kelib kopaya bordi. Bagdod shahri Sharqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda Bayt ul-hikma-(Donishmandlar uyi) Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Mamun davrida (995-997-y.) Donishmandlar uyi-Bayt ul-Hikma-Mamun akademiyasi (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm ochoglarida Sharqning mashhur va malum olimu-allomalari tahsil korganlar. Ular orasida Ahmad Fargoniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk allomalarning nomlari bor.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) qadimgi Xorazm diyorida tugilib, voyaga yetadi. Goyatda otkir zehn egasi va noyob qobiliyat sohibi bolgan al-Xorazmiy yoshlik chogidan boshlab aniq va tabiiy fanlarni organishga qiziqdi, arab, fors, hind va yunon tillarini egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblarni qunt bilan oqib, mutolaa qildi. U dastlabki talimni xususiy muallimlardan oldi va songra osha davrning yirik marifat markazlaridan biri bolgan Marv madrasasida oqidi. Xalifa Xorun ar-Rashidning ogli Mamun xalifalik taxtiga otirgach (813 y.) Muhammad Muso al-Xorazmiyni ozi bilan birga Bagdodga olib ketadi va u yerda tashkil etilgan Bayt ul-Hikmaga boshliq etib tayinladi. Bagdodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va Movaraunnahr olimlari bilan ijod qiladi.
Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, geografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barkamol ijod qildi. Uning Al Jabr al muqobala (Tenglamalar va qarshilantirish), Hisob al-Hind (Hind hisobi), Kitab surat al-Arz (Yer surati haqida kitob), Kitab at-Tarix (Tarix kitobi), Kitab al-Amal Bil Usturlabat (Usturlob bilan ishlash haqida kitob) kabi asarlari olimga jahonshumul shuhrat keltirdi. Xorazmiy yaratgan 20 tadan ortiq asardan bizning davrimizgacha faqat 10 tasigina yetib kelgan.
Xorazmiy ijodi merosida Aljabr va al-muqobala kitobining ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. Bu kitobi bilan u matematika tarixida birinchi bolib algebra faniga asos soldi. Al-gebra atamasi ushbu kitobning al-jabr deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematikada algoritm atamasi shaklida oz ifodasini topdi. Uning Al-jabr asari asrlar davomida avlodlar qolida yer olchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va olchov ishlarida dasturilamal bolib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Keyinchalik asrlar davomida Yevropa olimlari Xorazmiy asarlarini qayta-qayta ishlab, u asosda asarlar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan onlik pozitsion hisoblash sistemasi Yevropada, qolaversa, butun dunyo taraqqiyotida buyuk ahamiyat kasb etdi, algebrani mustaqil fan darajasiga kotardi.
Olimning Kitob at-Tarix (Tarix kitobi)da Xuroson , Kichik Osiyo va Movarounnahrning VIII-IX asrlar tarixiga oid qisqa va aniq malumotlar oz ifodasini topgan. Xorazmiyning Zij (Astronomik jadval), Quyosh soati haqida risola asarlari falakiyotshunoslik fanining rivojlanish taraqqiyotiga katta hissa qoshdi.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Fargoniy 797-865 yillarida yashab ijod qilgan vatandoshimizdir. Ahmad Fargoniy oz asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Ahmad Fargoniyning ijodiy faoliyati Bagdodda ulug mutaffakir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi Baytul-Hikma bilan bogliqdir. U arab atamashunosligini paydo bolishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qoshib, Bagdod va Damashqda rasadxonalar qurilishida shaxsan qatnashdi. Ahmad Fargoniyning kitoblari dunyoga malum va mashhurdir. Kitob fi Usul ilm an-Nujum (Falakiyot ilmining usullari haqida kitob), Falakiyot risolasi, Falak asarlari sababiyati, Al-Majistiy, Ilm-xayya, Al Fargoniy jadvallari, Usturlob bilan amal qilish haqida, Oy yerning ustida va ostida bolganida vaqtni aniqlash risolasi, Yetti iqlim hisobi, Usturlob yasash haqida kitob asarlarining qolyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSh va Rossiyada saqlanmoqda.
Ahmad Fargoniyning bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari butun jahon fani va madaniyatiga ulkan va munosib hissa qoshdi. U 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilib berdi, yerning dumaloq ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab, bir xil fazo yoritgichlarni har xil vaqtda korilishini, tutilishini hamma joyda har xil kuzatish mumkinligini izohlab berdi.
Ahmad Fargoniy yaratgan ilmiy kashfiyotlar natijalari qaysi fan sohasida bolishidan qatiy nazar goyatda pishiq, puxta va nihoyatda mukammal bolgan. XII asrdayoq olimning asarlari lotin tiliga tarjima qilinganligi va Yevropaga tarqalganligi bu fikrning isbotidir. Yevropaliklar Ahmad Fargoniyni Al Fraganus deb ataganlar. Uning asarlarini lotin, nemis, ingliz, fransuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilganlar.
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Forobiy 873-yilda Forob (Otror) yaqinidagi Vasij shaharchasida tavallud korgan va 951-yilda Damashqda vafot etgan.
Orta Osiyoning yirik qomusiy olimlaridan biri, Sharq uygonish davrining eng kozga koringan arbobi, Sharq falsafasining otasi Forobiy avval Forob, Buxoro va Samarqandda bilim oldi va turli tillarni organdi. Bagdodga kelgach fanning turli sohalari boyicha bilimlarini chuqurlashtirishda davom etdi. U ilmiy darajasini oshirgach, fanning deyarli barcha sohalarini egallab, 160 dan ortiq asar yozdi. Forobiyning riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga oid asarlari butun olamga mashhur boldi. U yozgan Aristotelning Metafizika asari maqsadlari haqida, Tirik mavjudot azolari haqida, Musiqa kitobi, Baxt-saodatga erishuv haqida, Siyosat al Madaniya (Shaharlar ustida siyosat yurgizish), Fozil odamlar shahri, Masalalar mohiyati, Qonunlar haqida kitob, Tafakkur yurgizish mazmuni haqida, Mantiqqa kirish haqida kitob, Falsafaning mohiyati haqida kitob va boshqa asarlar buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat beradi.
Forobiy fanning nazariy va falsafiy tomonlarini yoritishga harakat qilgan. U Platon, Aristotelning barcha falsafiy, tabiiy, ilmiy asarlariga, Ptolemeyning osmon jismlari harakati, Aleksandr Afrodiyning ruh haqidagi psixologiyasiga oid, Galenning tibbiyot boyicha asarlari, Epikur, Zenon, Yevklid risolalariga taqriz va sharhlar yozdi. Agar ilm-fan rivojidagi ozining qoshgan buyuk xizmatlari uchun Aristotel Birinchi muallim unvoniga sazovor bolsa, Forobiy donishmandligi, Aristotelni yaxshi bilganligi, qomusiy aqli va ilm-fan taraqqiyotiga qoshgan katta hissasi uchun Al-muallim as-Soniy - Ikkinchi muallim, Sharq Aristoteli degan mutabar unvon oldi.
Forobiyning Inson tanasining azolari haqidagi risolasi tibbiyot ilmining maqsad va vazifalarini aniqlashga bagishlangan. Astrologiyaning togri va notogri qoidalari haqidagi risolasida astrologlarning ruhiy va ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni osmoniy jismlar haqidagi ilmiy taxminlariga asoslangan faoliyatini, yolgon tasavvurlar va uydirmalardan farqlash zarurligini takidlaydi.
Olimning kop jildli Musiqa haqida katta kitob asari musiqa ilmining katta bilimdoni, sozanda va ajoyib bastakor ham bolganligini tasdiqlaydi. U yangi musiqa asbobining ixtirochisi ham bolgan.
Orta asr fanining rivoji va taraqqiyotida Forobiyning ilm tasnifi boyicha olib borgan ilmiy ijodiy ishlari goyatda qimmatlidir. U ilmlarni kelib chiqishi haqida, Ismlarning tasnifi haqida va boshqa risolalarida osha davrda malum bolgan 30 ga yaqin ilm sohasining tartibi, tasnifi va tafsilotini beradi.
Forobiyning ilmiy - falsafiy merosi xalqimizning buyuk manaviy boyligi sifatida asrlar osha avlodlar uchun muhim ijod manbai bolib xizmat qilib kelmoqda.
Abu Bakr Muhammad ibn Jafar Narshaxiy (899-959) Buxoro yaqinidagi Narshax (hozirgi Vobkent tumanida) qishlogida 899-yilda tavallud topgan. Narshaxiyning ilmiy asarlari togrisida malumotlar juda kam. Uning faqat Tarixi Buxoro (Buxoro tarixi) asari bizgacha yetib kelgan. Asar qolyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda Tarixi Narshaxiy, Taxqiq ul-Viloyat (Viloyat haqiqatini aniqlash), Axbori Buxoro (Buxoro haqida xabarlar)kabi nomlar bilan atalib kelingan. Asarning turli nomlar bilan atalishiga ham sabablar bor. Bu asarning Narshaxiy tomonidan yozilgan dastlabki asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning bizgacha yetib kelgan qismi 1128 yilda Quva shahridan bolgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy arab tilidan fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan nusxasidir. Undan keyingi yillarda ham Narshaxiyning asari bir necha tahrirlarga uchragan, bazi matnlari qisqartirilgan va songgi voqealar asosida toldirilgan. Abu Nasr Ahmad Qubaviy asar matnini qisqartirish bilan chegaralanmay, balki Tabariy, Abu Hasan Nishopuriyning Hazoiq ul- ulum, Ibrohimning Axbar-i Muqanna kabi asarlaridan foydalanib, uni toldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro tarixiga Narshaxiy yashab otgan davrdan keyingi, 1178-1179-yillardan 1220-yillarga qadar bolib otgan tarixiy voqealar kirib qolgan.
Buxoro tarixi asari ozining ilmiy ahamiyatini yoqotmagan va hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi boyicha eng noyob, qimmatli asar hisoblanadi. Asarda Somoniylar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid malumotlar keltirilgan. Movaraunnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qozgoloni bilan bogliq bolgan malumotlar ham bu asarda malum darajada oz ifodasini topgan. Narshaxiy saroy tarixchisi bolganligi sababli hukmron tabaqa siyosatini yoqlab, xalqning hokimiyatga chiqishini qoralagan.
Biz organayotgan davr IX-XII asr fan va madaniyatining ravnaqini Abu Rayhon Beruniysiz (973-1048-y.) tasavvur qilish mumkin emas. U oz zamonasining barcha fanlari - fizika, matematika, astronomiya, geodeziya, tarix, geografiya va bir necha boshqa fanlarni puxta egallagan olim bolgan. U 362 hijriy yili (973-y.) Xorazmning qadimgi Kat shahrida tugildi. Osha davrda Kat shahri Xorazmshohlar - Afrigiylar sulolasining poytaxti bolib, Orta Osiyoning Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq davlatlari, Kavkaz va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan boglab turuvchi savdo va madaniy markazlaridan biri edi. Afsuski, Beruniyning zamondoshi Ibn Sinonikiga oxshagan tarjimayi holi bizgacha yetib kelmagan. Shuning uchun u boshlangich talimini kimdan, qachon olganligi haqida aniq malumotlar yoq. Ammo, bir narsa aniqki, u yoshligidanoq ilm-fanga juda ham qiziqqan, qobiliyatli, mehnatkash bolgan.
U oz ona tili xorazm tilidan tashqari yana bir qancha tillarni-sogdiy, fors, hind, yunon va qadimgi yaxudiy tillarni ham organgan. U Hindistonda bolar ekan, tez orada nafaqat Hindiston tarixi, madaniyati, hatto sanskrit tilini ham organadi. Xorazmdagi Mamun akademiyasining eng kozga koringan faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Shu bilan birga u shoh Mamun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi.
Beruniy Urganchda yashagan davrda Ibn Sino bilan yozishma olib borgan. Bizgacha ularning savol-javoblaridan 18 tasi yetib kelgan. Bu yozishmalar Beruniyning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan qanchalik qiziqqanligidan guvohlik beradi. Savol-javoblarning mazmunida Aristotelning aql bilan his etish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy ozining tuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qoygan. Ibn Sino esa Aristotelni himoya qilgani malum boladi.
Beruniy Xorazmda yashagan vaqtda hali juda yosh bolishiga qaramay, Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar otkazgan. Bu kuzatishlar uchun ozi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida ozi tugilib osgan vatanni tashlab ketishga majbur boladi va avval Rayga, keyin Jurjonga keladi. Bu yerda mashhur tabib, astronom, faylasuf Abu Saxl Iso al-Masixiy bilan tanishadi va undan talim oladi. Beruniy ozining mashhur asarlaridan biri bolmish Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asarini Jurjonda yoza boshlagan.
Tarixdan malumki, 1017-yilda Mahmud Gaznaviy Xorazmni bosib oladi va Beruniyni ham Xorazmshoh saroyidagi bir qancha olimlar qatori Gazna shahriga olib ketadi. Beruniy Gazna shahrida 1017 yildan to 1048 yilgacha hayot kechirgani malum. Bu yillar Beruniy hayotida oziga xos davr boladi. Bir tomondan gurbatda yashagan bolsa, ikkinchi tomondan ilmiy faoliyatda juda ham mahsuldor davri boladi. Beruniy faoliyatini organuvchi olimlarning fikricha, bunday hol, yani davlat ishlariga aralashmagan, siyosiy faoliyatdan chetlashgan olim ozining butun bosh vaqtini ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflaydi.
Beruniy tabiat fanlarining rivojiga bebaho hissa qoshgan olimdir. U ozining ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi haqida fikr yuritganda Ptolemey fikriga suyansa ham, amalda yerning harakati haqida Ptolemey tartibiga zid keluvchi fikrlarni bayon qiladi. U Geodeziya asarida geotsentrizm bilan bogliq bolgan bazi nazariyalarning togriligiga shubha bilan qaraganligini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Bu bilan u dunyoning geliotsentristik tuzilishi haqidagi nazariyani ishlashiga hissa qoshganlardan biri hisoblanadi.
Beruniy oz davrining katta matematigi ham bolgan. U matematika masalalariga bagishlangan asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi, trigonometriya tushunchalarini malum tartib bilan tariflaydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilarining kopchiligi Beruniyni trigonometriya fanining rivojiga qoshgan hissasini juda ham yuksak baholashadi. Ular Beruniyning trigonometriyaning matematikada mustaqil fan sifatida qaragan olim sifatida korsatmoqdalar.
Beruniy 1030-yilda Hindiston nomi bilan mashhur bolgan eng yirik asarini yozadi. Bu asar juda katta ahamiyatiga ega bolgan asar bolib, bu haqda juda kop garb va sharq olimlari ozlarining fikr-mulohazalarini bildirganlar. Beruniyning bu asari ustida 20 yil ish olib borgan E.Zaxau uning arabcha tanqidiy teksti bilan ingilizcha tarjimasini 1888-yilda Londonda nashr ettiradi. Ana shu olim hindshunoslikda Beruniyga teng keladigan biror olim na undan oldin va na undan keyin bolganligini bilmaymiz-degan edi. Yirik arabshunos olim R.Rozen Hindiston asari qadimgi va orta asr garb va sharq adabiyotida misli korilmagan-deb baholaydi. Hind olimlaridan Hamid Rizo esa Orta asr va yangi zamon mualliflaridan hech biri Hind madaniyatining chigal masalalarini ilmiy ruhda tushunish boyicha Abu Rayxon Beruniy erishgan yutuqlariga erisha olmadi. Beruniyning Hindiston asari klassik namuna bolib qolishi bilan birga oz muallifining qadimgi hind madaniyati va faniga tortigidir-degan edi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinida joylashgan Afshona qishlogida tavallud topgan. Otasi ziyoli, oqigan, bilimdon kishi bolib asli Balxdan bolgan. Ibn Sino osha davr ziyolilar oilasida hukm surgan turmush tarzi tizimi boyicha Quroni Karimni yoshlik chogidan yod ola boshlaydi. Bu bilan kifoyalanib qolmasdan otasi unga falsafa, hind hisobi kabi sohalarni ham oqita boshlaydi. Hatto Abu Abdulloh an-Nashali degan kishini ogliga murabbiy qilib oladi. U ospirinlik yillarida, 16 yoshida shunchalik chuqur shugullanganki, hatto biron-bir kecha ham toyib uxlamagan ekan. Fan asoslari bilan bunday shugullanish, kop vaqtlar davomida amalga oshirgan mashaqqatli mehnat tez orada oz samarasini beradi, u 17 yoshidayoq olim sifatida shakllanib, tabib degan nom chiqara boshlaydi. Mukofot sifatida saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga sazovor boladi.
Biz korib chiqayotgan davr siyosiy tarixi oziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu vaqtda ikki sulola (Qoraxoniylar va Somoniylar) tarix sahnasida hukmronlik uchun kurash olib bormoqda edi. Mamlakatdagi bunday beqarorlik fan arboblarining faoliyatiga oz tasirini otkazmasdan qolmas edi. Ibn Sino ham osha davrda Xorazmda fan va madaniyat xomiysi sifatida nom chiqargan Mamun (999-1016) saroyiga boradi. U yerda osha davr mashhur olim, faylasuflari Abusaxl Masixiy, tabib Abul Xayir Xommar, qomusiy olim sifatida butun dunyoda tan olingan Abu Rayhon Beruniy va boshqa mashhur olimlar bor edilar. Ammo olimning tinch ijodi bu yerda ham kopga chozilmaydi. Xorazmni Mahmud Gaznaviy egallagach u Hamadonga jonaydi. Osha davrda Hamadon hukmdori Shams ad-Davla degan kishi bolib, u kasal bolib qoladi. Ibn Sino Buxoro amirini davolaganidek uni ham tuzatib yuboradi va evaziga vazir etib tayyorlanadi. Osha davrda ham saroy fisqu-fasod, isyonlar uyasi edi. Ana shunday fisqu-fasodlar tufayli u zindonga tashlanadi. Isfaxon hukmdori Alouddavla Hamadonni bosib olgach, u zindondan ozod qilinadi.
Ibn Sinoning zamondoshi, uning shogirdi Jurjoniyning yozishicha u jismoniy jihatdan juda baquvvat bolgan. Biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, yuqorida qayd qilganimizdek, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va taqib ostiga olishlar olimning salomatligiga tasir korsatadi va u 428 xijriy yilning ramazon oyida, 1037 yilning iyun oyida 57 yoshida vafot etadi.
Ibn Sino haqiqiy ensiklopedik olim bolib, oz davrining deyarli barcha fanlari bilan muvaffaqiyatli ravishda shugullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd qilingan bolsa ham, zamonlar otishi bilan ularning kopi yoqolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan.
Ibn Sinoning toglarni paydo bolishi togrisidagi juda ajoyib fikrlari, minerologiya va geologiya fanlariga qoshgan hissasi juda salmoqlidir. Jumladan, u minerollarni tort guruhga bolib, ularning original klassifikatsiyasini taklif etadi. Bu klassifikatsiya to XIX asrgacha deyarli ozgarishsiz saqlanib keldi. Olimning minereologiya sohasidagi ishlarining muhimligi takidlanib, 1956-yilda Ozbekistonda topilgan mineral Avitsenit deb atalgan.
Ibn Sino botanika masalalari bilan ham kop shugullangan. Chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati osimliklardan olinadi. Mashhur shved botanigi Karl Linney (1707-1778) Ibn Sinoning botanika sohasidagi xizmatlarini takidlab, tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham osuvchi va doimo yashil holda qoladigan bir daraxtni Avitsenna deb atadi. Ham Garbda, ham Sharqda Avitsenna va Shayxur-Rayis nomi bilan shuhrat qozongan bobokalonimiz haqiqatan ham mustaqil Ozbekiston yoshlari qalbida oz tarixi va bobokalonlari bilan faxrlanish his-tuygularini uygotadi.
Abu Abdulloh Jafar Rudakiy (960-1041-y.) taxminan 960-yilda Samarqand yaqinida joylashgan Panjrudak qishlogida tugilgan. Shuning uchun ham shoirning taxallusi shu tugilgan qishlogining nomidan kelib chiqib Rudakiy bolib hisoblanadi. Yana boshqa manbalarda aytilishicha, osha davrda xalq cholgu asboblari orasida rud nomli musiqa asbobi bolib, shoir uni chalishni juda yaxshi organgan, shuning uchun ham shoir taxallusini shu asbobdan olgan deb ham hisoblaydilar.
Rudakiyning tarjimai holiga bagishlangan barcha manbalarda uni kambagal oiladan ekanligi, yoshligidayoq musiqa asboblarini yaxshi chalishni va ashula aytishni sevganligi qayd etiladi. Yosh shoirning ozi sherlar yozishi va musiqaga bolgan bunday muhabbati tez orada uni mashhur qilib yuboradi. Bu davrda sheriyat, ayniqsa, saroy sheriyati, qasidanavislik, yani shaxsga madhiya oqib, koklarga kotarib maqtash keng avj olgan edi. Qasidanavislikdan asosiy maqsad, uning mohiyati maqtov kimning shaxsiga qaratilgan bolsa, osha kishini shaxsni uluglashtirish bolgan. Rudakiy esa malumotlarga qaraganda, qasida toqishga usta bolgan. Shuning uchun ham bolsa kerak, uning Somoniylar saroyiga taklif qiladilar. U davrda hokimiyat tepasida Nasr ibn Ahmad turardi.Shu davrdan boshlab, uning hayotida saroy davri boshlanadi. Saroy hayoti ozining ota murakkabligi bilan ajralib turgan, fisqu-fasodlarga tola bolgan. Rudakiy qarigan vaqtida saroydan quviladi va qolgan umrini ozining ona qishlogida faqirlikda otkazadi. Saroydan quvilayotgan paytda uning koziga mil tortib, kor qilinadi.
Rudakiy fors-tojik sheriyatining asoschilaridan biri hisoblanadi. XI asr shoiri Rashidiyning aytishicha, Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt sheri borligi hisoblab chiqilgan. Ammo bizgacha ming bayt, ikki qismda ellik ruboiy, sherlar, doston va boshqalar yetib kelgan, xolos. Bu asarlarda shoir dostlik, muhabbat, yaxshilik qilish, birovning dilini ogritmaslik kabi ulug insoniy fazilatlarni uluglaydi. Doimo ezgulik qilishga chorlaydi.
Rudakiyning sheriyati hayot lazzati, hayotning ozi ustod ekanligi, undan kop narsalarni bilib, organib olish mumkinligini takidlaydi va shunday qilish lozim ekanligini uqtirishga harakat qiladi. Hayot talimi butunlay boshqacha talim ekanligini, uni bazida shirin, bazida achchiq ekanligini korsatadi. Bunday talimni hech bir oqituvchi bera olmasligini uqtiradi.
Har bir kishi olmasa hayotdan talim,
Unga orgata olmas hech bir muallim.
Bizgacha Rudakiy qalamiga mansub Kalila va Dimna, Davroni oftob, Sindnoma kabi poemalardan parchalar yetib kelgan. Rudakiyning asarlari haqida gap yuritar ekanmiz, uning tili sodda, keng xalq ommasiga juda ham tushunarli bolganligini koramiz. Shuning uchun ham u keng xalq ommasi orqali shuhrat topgan. Uning asarlari hozirgi ozbek tiliga ham tarjima qilingan.
Mahmud Qoshgariy faoliyati bilan bevosita shugullanuvchi olimlarning fikricha bu zot 1029-1038 yillar orasida Qashgarda tugilgan. U oziga toq, ziyoli oiladan bolib, Qashgarda yaxshi bilim oladi. Hatto u Buxoro va Nishopur shaharlarida oz bilimlarini kengaytirib katta-katta olimlar bilan suhbatda boladi. Mahmud Qoshgariy yashab ijod etgan yillar Qoraxoniylar davlatining gullab-yashnagan davriga togri keladi. Mahmud Qoshgariy juda kop safarlarda boladi va ozining asarlari uchun boy malumotlar toplaydi. Kop yillik izlanishlar natijasida Devoni lugati- turk va Javohiri-nahv Turk tili sintaksisi asoslari asarlarini yozadi. Ming afsuslar bolsinki, oxirgi asar hanuzgacha topilmagan. Mahmud Qoshgariyni butun ilm olamiga tanitgan asari uning Devoni lugati- turk asaridir. Bu kitob arab tilida yozilgan. Unda olim kop yillar davomida turkiy qabilalar orasida olib borilgan kuzatishlar asosida turkiy tillarni qiyosiy va tarixiy usullar bilan tahlil qilgan va bu tillarning oziga xos xususiyatlarini ochib berishga harakat qilgan. Olimlarning fikricha, muallif ushbu tadqiqotida juda kop sozlarning etimologiyasini ham juda aniq va togri izohlab bergan.
Asar ikki qism (muqaddima va lugat)dan iborat. Olim asarga ozi tuzgan dunyo xaritasini ham ilova qiladi. Bu hol asarning qimmatini yanada oshiradi. Xarita doira shaklida chizilgan bolib, unda mamlakat, shahar, qishloq, tog, chol, dovon, dengiz, kol, daryo va hokazolar nomlari yozilgan. Xaritada yozilmay qolgan nomlar esa asar matnida berilgan. Xarita asosan hozirgi Sharqiy yarim sharga togri keladi. Mahmud Qoshgariyning ozi bu haqda shunday yozgan: Rumdan Mochingacha bolgan... shaharlar ornini aniqlash maqsadida ularning hammasini yer shaklidagi doirada korsatdim.
Asarda turli urug-qabilalardan qipchoq, ogiz, tatar, yamak, basmil, yabonu, qay, boshqirt, qirgiz, uygur, jamil, taru, ichroq, tuxsi, yagmo, chigil, tangut, tabgoch, shuningdek, fors, arab, xitoy, rus xalqlari haqida ham malumotlar keltiriladi. Asarda bulardan tashqari bir necha turkiy tildagi hikmatli sozlar berilgan.
Mahmud Qoshgariyning bu asarida Orta Osiyo hududidagi bir qancha shaharlar nomlarining kelib chiqishi masalalari ham alohida korsatilgan. Kitobda turkiy yozuv togrisida aniq malumotlar berilib, 18 harfdan iborat turk (uygur) alifbosi ham korsatib otilgan.
Mahmud Qoshgariyning bu kitobi dunyo xalqlarining juda ham kop tillariga tarjima qilingan. Asarning bunchalik katta ahamiyatga ega bolishi muallifning hayotni yaxshi bilganligi, turli bilimlarni puxta ozlashtirganligi va asarni hayot tajribasiga asoslanib yozganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham asar oz ilmiy qimmatini bugungi kunda ham yoqotgani yoq.
Qoraxoniylar davrida yashagan yana bir oz davrining atoqli shoiri, donishmand va davlat arbobi Yusuf Xos Hojibdir (XI asr). Uning tarjimai holi, tugilgan yili va hayoti togrisida yozilgan biron-bir asar saqlanib qolmagan. U Qoraxoniylar sulolasining poytaxti Bolasogunda tugilgan va shu yerda ijod etgan. Hozirgi kunda Yusuf Xos Hojibning Qutadgu bilik(Baxt-saodatga boshlovchi bilim)deb nomlangan didaktik, badiiy-falsafiy asari bizgacha yetib kelgan bolib, boshqa asarlari malum emas. Shoirning ozi bu ishga roppa-rosa 18 oy sarflagan va unga juda ham puxta tayyorgarlik korgan.
Asar nasriy muqaddimadan song 77 baytdan iborat bolgan sheriy muqaddima bilan boshlanib, 73 bobning mundarijasi beriladi. Boshlangich boblar osha davr ananalariga binoan boshlanib, Olloh va Paygambar, islom dinining foydasi va dunyoviy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ilmiy masalalar bilan tugallanadi.
Asar shunchalik kop qamrovli-ki, unda kotarilgan masalalarni oddiy sanab otishning ozi ham bir necha sahifalarni tashkil etadi:
Masalan: Yetti sayyora va on ikki burj.
Inson farzandlarining qadri bilim va tafakkurda.
Tilning fazilat va manfaatlari.
Kitob egasining uzri.
Bilim va aql-idrokning farqi togrisida.
Bahad madhi.
Oy toldining baxt haqidagi hikoyasi.
Ana shu sanab otilganlardan ham korinib turibdiki, asarda shoir inson masalasini ajratib oladi. Insonning ijtimoiy mohiyati, uning hayotdagi orni, vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi.
Qutadgu bilig asarida bilim haqidagi alohida bob bolib, unda bilimdan hech bir ziyon bolmasligi, u kishilarga faqat foyda keltirishi mumkinligi, kishilarga bilim qadr-qimmat, hurmat va ehtirom keltirishi mumkinligi aytib otiladi. Shuningdek, asarda markazlashgan davlatni mustahkamlashga qaratilgan nizolarga chek qoyish kabi osha davr uchun juda katta ahamiyatga molik bolgan masalalarga ham alohida etibor beriladi. Shu bilan birga, davlatni idora etish yollari, buning uchun beklar bu yolda oz atrofiga bilimdon, aqlli odamlarni toplashi lozim ekanligini alohida takidlaydi. El-yurtni boshqarish asosida ikki narsa yotadi deb korsatgan shoir. Biri adolat korsatish bolsa, ikkinchisi, ulardan marhamatni ayamaslikdir. Yuqorida qayd qilinganidek, shoirning bu asari dunyo jamoatchiligi tomonidan yaxshi qabul qilingan eng yaxshi asarlar qatoridan orin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |