Kushonlar davri - Kushonlar davrida ijtimoiy hayotda sodir bo’lgan o’zgarishlar bizgacha etib kelgan tangalarda namoyon bo’ladi. Bu tanga yuzalariga podsholar portreti zarblangan, orqa tomoniga xudolar tasviri tushurilgan. Yozuvlar esa Kushon Baqtriya tilida, yozish uchun kushon harflari (grek alf. asosida yaratilgan) ishlatilgan. Kushon davri san’atini bilishda Xolchayonda {Surxondaryo tum.) saqlanib qolgan bino qoldiqdari hamda tasviriy san’at va amaliy san’at namunalari muhim o’rinni egallaydi.
Xolchayon - Xolchayondagi binoni bezashda haykallar keng qo’llanilgan. Bu haykallar xonalar devorining yuqori qismiga barel’ef va galer’ef uslubida bajarilgan. Unda podsho va uning yaqinlari, shuningdek otliqlap tasviri ishlangan. Bu haykallarda Grek-Baqtriya san’atiga xos xususiyat-har bir tasvirlanuvchining o’ziga xos individual xislatlarini ko’rsatishga, kiyimlari, qurollari aniq tasvirlashga intilish seziladi.
- No’malum haykaltarosh tasvirlanuvchining soch tarashi, kiyim boshi, xarakterining ham aniq bo’lishiga, psixologik holatini ifodalashga intiladi, Ayritomda (Termez yaqinida) topilgan toshdan ishlangan rel’eflar va so’nggi Kushon davlati me’morligining xarobalari bu erda buddizm keng yoyila boshlaganligini ko’rsatadi, Ayritomdan topilgan toshdan ishlangan rel’eflar ibodatxonaga kiraverish tomonga karniz tarzida ishlangan bo’lgan. Bu karnizlarda akanf barglari orasida yarim beligacha tasvirlangan qo’shnay, nog’ora (baraban), lyutna (g’ijjakka o’xshash musiqa asbobi) va arfa chalayotgan sozandalar tasvirlangan.
O’rta Osiyoda buddizm - O’rta Osiyoda buddizmning tarqalishi bevosita haykaltaroshlikda ham ifodalangan. Budda va boshqa diniy personajlarning haykallari ibodatxonalarning oldi va ichkari qismidan uz o’rnini egalladi. Bu haykallarning ishlanish printsiplari Hindistonda yaratilgan kanonlarga asoslangan.
- Dalvarzintepa va Qoratepadagi (Surhondaryo tum.) buddizm ibodatxonalaridan topilgan ganch haykallar ham yuqorida ko’rilgan xususiyatlarga ega. Bu haykallar natural kattalikda ishlangan va real xarakterga egadir. Haykaltarosh mahalliy tiplarning o’ziga xos tomonlarini ko’rsatishga harakat qiladi. Bu ularning ko’rinishi soch tarash va kiyinishlarida seziladi.
- Qoratepada olib borilgan arxeologik ishlar buddizm bilan bog’liq me’morlik kompleksining ochilishini ta’minladi. Bu erda arxeologik ishlar davom etmoqda. Ochilgan g’or ibodatxonalarning bezatilishi, u erda mavjud bo’lgan haykal va devoriy suratlar diqqatga sazovordir. Jumladan, noma’lum rassom tomonidan ishlangan devoriy suratlarda fazoviy kenglikni ifodalashga, hajmimi tasvirlashga intilish seziladi.
- Ayniqsa, metall buyumlar yasash va ularning yuzasini bo’rtma tasvirlar bilan bezash san’atida O’rta Osiyolik ustalar katta yutuqlarni qo’lga kiritdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |