O'rta Osiyo ko'llari



Download 2,71 Mb.
Sana27.03.2022
Hajmi2,71 Mb.
#513425
Bog'liq
BOZORBOYEVA,limnologiya,23-amaliy


Namangan davlat universiteti Biotexnologiya yo'nalishi Zooinjeneriya yo'nalishi 301-guruh talabasi Bozorboyeva Maftunaning limnologiya fanidan "O'rta Osiyo ko'l tizimi" mavzusida tayyorlagam taqdimoti
O'rta Osiyo ko'llari
Ko‘llari.O‘rta Osiyoda ko‘llar unchalik ko‘p emas. Ular ichida eng yiriklari Orol ko‘li (dengizi), Issiqko‘l, Balxash va Qorako‘ldir. Bu ko‘llar paydo bo‘lishiga ko‘ra tektonik ko‘llar hisoblanadi.
Ko‘llarning ko‘pchiligi tog‘larda joylashgan. Ular tog‘ning o‘rta va baland qismlarida ko‘pincha daryo va soylar o‘zanining to‘silib qolishi natijasida vujudga kelgan kichikroq ko‘llardir. Ularning suvi nihoyatda tiniq, toza va sovuq bo‘ladi. Ko‘l atroflarida o‘ziga xos iqlim vujudga kelib, juda go‘zal tabiiy geografik manzara hosil bo‘ladi, Issiqko‘l va Sarichelak shunday ko‘llardir. Daryo vodiylarida, qayirlarida, deltalarida katta-kichik ko‘lchalar hosil bo‘lgan. Тashlama hamda sizot suvlar to‘planishidan hosil bo‘lgan ko‘llarga Arnasoy va Aydarko‘l misol bo‘ladi.
O‘rta Osiyoning eng katta tabiiy ko‘li — Orol ko‘lidir. U kattaligi hisobga olinib Orol dengizi deb ataladi. Orol dengizi faqat O‘rta Osiyoda emas, balki Yer yuzidagi eng katta ko‘llardan biri edi. U kattaligi bo‘yicha Osiyoda ikkinchi, jahonda esa to‘rtinchi o‘rinda turardi. Ko‘l Тuron tekisligining markazida, Ustyurt platosidan sharqda joylashgan, shimoli sharqdan janubi g‘arbga cho‘zilgan tektonik cho‘kmada hosil bo‘lgan. Unga ikki yirik daryo — Amudaryo va Sirdaryo quyiladi.
Dengizning eng chuqur yeri g‘arbiy qismida 69 m ga yetgan. Biroq 1960-yildan boshlab O‘rta Osiyoda sug‘orish ishlari uchun Amudaryo va Sirdaryoning juda ko‘p suvi sarf bo‘lishi oqibatida Orolga quyiladigan suv miqdori keskin kamayib ketdi. Ayrim yillari, ayniqsa, 1983-1985-yillardan keyin Sirdaryo Orolga bir tomchi ham suv bermay qo‘ydi, Amu- daryoning suvi esa 7-9 kub km dan oshmadi. Shu tariqa Orol asta-sekin quriy boshladi. 35 yil ichida dengiz suvining hajmi kichrayib, uning sathi 16,5 m ga pasaydi, dengiz qirg‘oqdan 80-100 km ga, ayrim yerlarda esa 130-150 km ga chekindi. Orollar tutashib ketib, dengiz uchta alohida suv havzasiga bo‘linib qoldi.
ARNASOY
Arnasoy koʻllari – Mirzachoʻl bilan Sharqiy Qizilqum tutashgan joyda-gi koʻllar. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga choʻzilgan tektonik botiqda. Koʻllar tu-bining mutlaq balandligi 250 m chamasida. Koʻllar vujudga kelgunga qadar uning oʻrni geomorfologik jihatdan Qizilqum kabi eol qum relefidan iborat boʻlgan. Pastqamliklarni esa shoʻrxok va mayda koʻllar egallagan. 1969-yilda Chordara suv omboridan katta hajmda ortiqcha suvning chiqarib tashlanishi natijasida pastqamliklar suv bilan toʻlib bir necha koʻl vujudga keldi. Koʻllar oʻzaro tor oʻzanlar orqali tutashgan. Umumiy uz. 32 km, eng keng joyi 12 km, oʻrtacha chuq. 1 – 3 m. Arnasoy koʻllari ga Markaziy Mirzachoʻl tash-lamasi orqali shoʻr zovur suvlari ham kelib quyiladi (hajmi 1,6 – 1,8 km³), shoʻrligi 1 lda 4 – 5 g. Qishda Chorda-ra suv omboridan maʼlum miqdorda suv oqiziladi, shuning uchun koʻl suvining minerallashuv darajasi unchalik yuqori emas. Arnasoy koʻllari dan ortiqcha suv tor yoʻlak orqali Aydar kuliga oqib oʻtadi. Koʻllar qamishzorlar bilan band. Arnasoy koʻllarida suvda su-zuvchi qushlar, tovon baliq, zogʻora baliq, laqqa baliq, sudak, leshch va boshqa baliqlar mavjud. Arnasoy koʻllarida baliq ovlanadi.
Aydarko‘l — bu sun’iy yaratilgan ko‘l bo‘lib, Nurota shahriga yaqin joylashgan. Ko‘l Qizilqum sahrosi o‘rtasida joylashgan bo‘lib, mahalliy aholi sahroning feruza daryosi deb nomlashadi va buning hayratli yeri yo‘q, zero, sahroning qoq o‘rtasida bunday o‘lchamdagi ko‘lni yana qayerda uchratish mumkin.
Aydarko‘lning paydo bo‘lish tarixi juda qiziq: gap shundaki, o‘tgan asrning o‘rtalariga qadar ko‘l o‘rnida namlik yeri bo‘lmagan quruq yer hosil bo‘lgan
Ko‘l ko‘plab mayda ariqlarni birlashtiradi va Orol dengizidan keyin, ikkinchi o‘rinda turuvchi O‘zbekistondagi sho‘r ko‘l sanaladi. 
Bugungi kunda ko‘l yuzasi 4000 kv.m.ni tashkil qiladi. Bundan yarim asr avval Aydarko‘lni hech qaysi bir dunyo xaritasidan topa olmasdingiz, xozir esa bu — inson qo‘li bilan yaratilgan mo‘’jizakor yerdan 100 lab flora va fauna vakillari makon topishgan bo‘lib, ulardan ayrimlari Qizil kitobga ham kiritilgan. Shuning uchun ko‘l nafaqat sayyohlarga, balki ko‘l sohilida yashovchi kamyob hayvonlar, qushlarni o‘rganuvchi zoologlar uchun ham qiziq joy hisoblanadi. Qushlar bu yerlarga, asosan, Orol dengizining qurishi bois, Qoraqalpog‘istondan kelib qolishgan. Ammo, sayyohlarning eng katta ermagi — baliq ovi bo‘lib, eng shinavandi baliqchining katta orzusidir. Bu yerlarda sazan, oqqayroq, zog‘orabaliq, sudak va boshqa turdagi baliqlarni uchratish mumkin. Bu yerga baliq ovi ixlosmandlari kelishadi. Ovlangan sazan va laqqa baliqlarning o‘lchami haqida mahalliy aholi orasida mish-mishlar yuradi.
AYDARKO'L
Issiqkoʻl dunyodagi eng yirik togʻ koʻllaridan biri. Issiqkoʻl Issiqkoʻl soyligida, shimolda Kungay Olatov va janubda Terskay Olatov tizmalari orasida joylashgan. Koʻlning uzunligi 178 km, eni 60 km, chuqurligi 668 m gacha (baʼzi manbalarda 702 m gacha), oʻrtacha chuqurligi 278 m, suv hajmi 1738 km³. Koʻl atrofidagi yerlarda sugʻorish ishlarining oʻsishi koʻlning hajmini kamaytirgan. 1850-yildan beri koʻlning sathi 10 metr pasaygan.[1] Koʻlning kichrayishiga odamlarning ham, iqlim oʻzgarishining ham taʼsiri boʻlgan.
Issiqkoʻlga 50 dan ortiq daryo quyiladi. Eng yirik daryolari: Jirgʻalan, Tup (sharq tomondan quyiladi), maydalari — Qoraqoʻl, Qizilsuv, Juka, Oqsuv, Koʻksuv.
ISSIQKO'L
Balxash (qozoqcha: Балқаш) — Qozogʻiston Respublikasi sharqidagi koʻl. Balxash-Olakoʻl soyligida, dengiz sathidan 340 m balandda. Maydoni suvi koʻpayganda 22 ming km², ozayganda 17 ming km² boʻladi. Uz. 605 km, oʻrtacha eni 41 km, eng keng joyi 74 km, eng tor joyi 8,5 km. B. shim.-sharqdan jan.-gʻarbga qarab yarim oy shaklida choʻzilgan. Suv hajmi 112 km³. Havzasining maydoni 501 ming km². Oʻrtacha chuq. 6 m, eng chuqur joyi 26,3 m, eng sayoz joyi 2 m. Suvi deyarli chuchuk, sharqiy qismida shoʻrroq (5,21 g/l). B.da orol kam, ulardan eng yiriklari: Bosorol va Tosorol.
B. suvni asosan daryolardan oladi: jan.dan Ili, Qoratol, Oqsuv, Lepsa, shim.dan Ayagʻuz daryolari quyiladi. Ili daryosi suvi koʻlga quyiladigan umumiy suv hajmining 75 — 80%ini tashkil qiladi. B.ning gʻarbiy va shim. qirgʻoqlari paleozoy jinslaridan tuzilgan, sharqiy va jan. qirgʻoqlari qumli pasttekislikdan iborat. Qirgʻoq chizigʻi ancha notekis. Koʻl sathiga yiliga 120 mm yogʻin tushib, 950 – 1200 mm bugʻlanadi. Suvning temperaturasi dekabrda 0°, iyulda 28’. Shamollar koʻl suvini kuchli toʻlqinlantirib turadi. Koʻl noyabrdan aprelning yarmigacha muzlaydi. Suv sathining oʻzgarish yillik amplitudasi qariyb 3 m. Sariesik yarim orol kulni gidrologik jihatdan keskin farq qiluvchi ikki qism — gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlib turadi. Suvi loyqa. Sudak, sazan, qorabaliq, olabugʻa baliqlari ovlanadi. Suv parrandasi koʻp. B.da kema qatnaydi. Asosiy pristanlari: Buril-boytol, Boʻrlituba. Shim. sohilidagi Balxash shahrida kon metallurgiya kti bor.
BAYKAL
Baykal (turkiycha Boykoʻl) - Sharqiy Sibirning janubidagi chuchuk suvli koʻl. 456 m balandlikda joylashgan, togʻlar bilan oʻralgan. Maydoni 31,5 ming km². Uz. 636 km, oʻrtacha eni 48 km. B. dunyodagi eng chuqur (1620 m gacha) koʻl. Tektonik jarayonlar natijasida vujudga kelgan. B.ga 336 daryo (shu jumladan Selenga, Barguzin, Yuqori Angara va boshqalar) quyiladi, Angara daryosi oqib chiqadi. Koʻlda 27 orol bor. Yanvarda muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. B.da qariyb 1800 tur flora va fauna uchraydi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi, yogʻoch tashiladi. B. sohilida Slyudyanka, Baykalsk shlari joylashgan. Listvyanka shaharchasida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimining Limnologiya instituti bor. Selenga daryosining quyi oqimi Rashiduddin (1247 —1318) asarida Barkoʻjin yoki Barkoʻjin-toʻkum deyilgan.
BAYKAL
Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shimoli-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° shahrik.) boʻlgan
Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini hisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shimol qirgʻoklarida eng katta qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, janubi-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, jan.vajan.-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻiston Ustyurta yonida chuq. 69 m gacha yetgan.
Issiqkoʻl havzasining maydoni 21,9 ming km². Iqlimi iliq, quruq, moʻtadil. Sohilda iyulning oʻrtacha temperaturasi 16-17°, yanvarniki gʻarbda -2° dan -3° gacha, sharqda -4° dan -7° gacha. Issiqkoʻl ustiga yiliga 250 mm, gʻarbda 110 mm, sharqda 470 mm yogʻin tushadi. Issiqkoʻldan 700 mm cha suv bugʻlanadi. Gʻarbida va sharqida tez-tez kuchli shamollar boʻlib turadi. Shamol esganda toʻlqinlar balandligi 3-4 m gacha boʻladi. Suv sathi yiliga 10-50 sm oʻzgarib turadi. Suv yuzasining temperaturasi yanvarda 2-3°, iyul va avgusda 19-20°, 100 m dan chuqurda yil boʻyi 3,5-4°. Issiqkoʻl qishda muzlamaydi. Qattiq qishda faqat qoʻltiqlar muzlaydi. Suvi yashil rangda (tiniqligi 12 m dan ortiq), shoʻrroq (5,8 %), ichish va sugʻorish uchun yaramaydi.
Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish