Qorinning otma qurol ta’siridagi ichga o’tadigan jarohatlari tasniflanishi:
Ichi bo’sh organlarning – oshqozon, ingichka ichak, yo’g’on ichak, o’t pufagining shikastlanishi bilan;
Parenximatoz organlar va tomirlarning – jigar, qorataloq, qatqorin tomirlari, qorin bo’shlig’ining boshqa tomirlarining shikastlanishi bilan;
Boshqa joylar va organlarning – qorin bo’shlig’i tashqarisidagi organlar, umurtqa va orqa miya, tos suyaklari va organlarining shikastlanishi, torakoabdominal jarohatlar.
Tosning otma qurol ta’siridagi jarohatlari tasniflanishi:
Suyaklarning – tosning yassi suyaklarining, dumg’aza va dum suyagining, tos-son bo’g’imining shikastlanishi bilan;
Ichki organlarning shikastlanishi bilan: siydik pufagining qorin bo’shlig’idan tashqarisidan shikastlanishi, to’g’ri ichakning va siydik kanalining qorin bo’shlig’idan tashqarisidan shikastlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |