Bosqichli davolash. Birinchi tibbiy yordam: qon ketishini to’xtatish; yaraga himoya bog’lamni qo’yish; oyoq yoki qo’lni immobilizastiya qilish, shikastlangan bo’g’imni uning yonidagi bo’g’imlar bilan qotirgan holda; shprist-tyubikdan og’riqsizlantiruvchi vositalarni yuborish; tabletkali antibiotiklarni ichkazish; jang maydonidan ehtiyotlik bilan olib chiqish va avaylab evakuastiya qilish.
Birinchi shifokor yordami. Saralash: PTPda bog’lash shartida kechiktirib bo’lmas shifokor yordamiga muhtoj bo’lgan yaradorlar; saralash-evakuastiya palatkalarida yoki saralash maydonchasida yordam ko’rsatilishi mumkin bo’lgan yaradorlar; davolash muddati 5 sutkadan 10 sutkagacha bo’lgan engil jarohatlanganlar (sog’ayayotganlar komnadasi); davolash muddati 10 sutkadan 1.5-2 oygacha bo’lgan engil jarohatlanganlar. Ular, yo’lovchi transport bo’lsa GLRga jo’natilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |