O’rta maxsus


Tajribali dasturchilar, odatda, juda katta hajmdagi dasturni biror vazifani bajaruvchi kichikroq hajmdagi dasturlar yig‘ilmasi ko‘rinishida tashkil etishadi



Download 2,24 Mb.
bet27/54
Sana30.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#597939
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Bog'liq
paskal dt dars

Tajribali dasturchilar, odatda, juda katta hajmdagi dasturni biror vazifani bajaruvchi kichikroq hajmdagi dasturlar yig‘ilmasi ko‘rinishida tashkil etishadi. Chunki, bu holda ular har bir kichik dastur ishini alohida tekshirish, kamchiliklarni aniqlash va kerakli o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, asosiy dastur bergan natijani tahlil etib kichik dasturlarning qaysi biri xatolikka olib kelayotganini aniqlashi oson kechadi. Kichik dasturlar ham o‘z navbatida yanada kichikroq dasturlardan iborat bo‘lishi mumkin. Kichikroq dasturlarga ajratish jarayoni eng sodda (ya’ni, eng sodda vazifalarni bajaruvchi) dasturlarga ajratilgach to‘xtaydi. Shuning uchun biz ham algoritmning asos tuzilmalarini izohlashdan boshlaymiz.
Yodingizda bo‘lsin, har qanday algoritm asosiy tuzilmalardan tashkil etiladi.
Umuman, dastur ham algoritmni tasvirlash usullaridan biri bo‘lgani uchun, avval algoritmni ba’zi tasvirlash tasvirlash usullari: algoritmni so‘zlar orqali va blok-sxema yordamida ifodalash usullari bilan tanishamiz. Keyingi bo‘limlarda, imkon qadar algoritmni tasvirlash usullarini bir-biriga mosligini ko‘rsatuvchi misollar tanlashga harakat qilamiz.
Algoritmlarni ifodalashning ilk usullaridan biri soz’lar orqali tasvirlash qulay bo‘lgan “Daryodan o‘tish” nomli quyidagi masalani qaraylik.
۩. Daryoning chap qirg‘og‘iga polvon keldi. U daryoning o‘ng qirg‘og‘iga o‘tishi kerak. Chap qirg‘oqda ikkita bola qayiqda baliq ovlab o‘tirishibdi. Qayiq shunchalik kichkinaki yoki faqat ikkita bolani yoki faqat bitta polvonni ko‘tarishi mumkin. Polvon daryodan o‘tib olishiga va qayiqni bolalarga qaytarib berishga imkon beruvchi algoritm tuzing.
Masalani yechimini yozish uchun barcha ko‘rsatmalarni yozib chiqamiz, buning uchun qayiqda kim suzib o‘tayotganini ko‘rsatish kifoya. Demak, bizda faqat uchta ko‘rsatma bor: {polvon; bola; ikkita bola}. Polvonni daryoning narigi qirg‘og‘iga o‘tkazib qayiqni bolalarga qaytarib berish masalasi yechimi quyidagicha.

Qadam

Ko‘rsatma

Chap qirg‘oq

O‘ng qirg‘oq

0



polvon, ikkita bola (qayiq)



1

ikkita bola

polvon

ikkita bola (qayiq)

2

bola

polvon, bola (qayiq)

bola

3

polvon

bola

polvon, bola (qayiq)

4

bola

ikkita bola (qayiq)

polvon

Daryo bilan bog‘liq yana bir “Bo‘ri, echki va karam” nomli quyidagi qadimiy masalani qaraylik.
۩. Dehqon daryoning chap qirg‘og‘ida bo‘ri, echki va karam bilan turibdi. U bularni hammasini o‘ng qirg‘oqqa o‘tkazishi kerak. Uning qayig‘i juda kichik bo‘lgani uchun faqat bitta yo‘lovchini olishi mumkin – yoki bo‘rini yoki echkini yoki karamni. Dehqon biladiki, agar bo‘ri va echki bir qirg‘oqda qoldirilsa bo‘ri echkini yeb qo‘yadi, agar echki va karam bir qirg‘oqda qoldirilsa echki karamni yeb qo‘yadi. Hayvonlar faqat dehqon borligidagina tinch turishadi. Dehqon qanday yo‘l tutishi kerak?
Ijrochi Dehqonning ko‘rsatmalar sistemasini, qo‘yilgan masala shartlaridan kelib chiqib, quyidagicha yoza olamiz:

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish