CONCAT(S1,S2,…,SN)
|
S1,S2,…,SN satrli (belgili) turdagi o‘zgaruvchilar (o‘zgarmaslar) ni bir biriga ketma-ket ulaydi
|
LENGTH(S)
|
S satrning uzunligini (belgilari sonini) aniqlaydi.
|
POS(B,S)
|
S satr ichidan B belgini (satrni) izlaydi
|
COPY(S,N1,N2)
|
S satrning N1-belgisidan boshlab N2 ta belgining nusxasini oladi
|
|
Standart protseduralar
|
DELETE(S,N1,N2)
|
S satrning N1-belgisidan boshlab N2 ta belgisini olib tashlaydi
|
INSERT(S1,S,N)
|
S satrga N-o‘rindan boshlab S1 satrni joylashtiradi
|
STR(A,S)
|
S satrli o‘zgaruvchining qiymati A sonning satr
|
|
ko‘rinishidagi ifodasiga teng bo‘ladi
|
VAL(S,A,C)
|
A sonli o‘zgaruvchining qiymati S satrli o‘zgaruvchining son ko‘rinishidagi ifodasiga, c esa nolga teng bo‘ladi (agar berilgan satrni son ko‘rinishida ifodalab bo‘lmasa, A ning qiymati nolga teng bo‘ladi, C ning qiymati esa noldan farqli bo‘ladi)
|
Shuni ta’kidlash joizki, dasturda ishlatilgan funksiyalarning qiymati biror o‘zgaruvchiga o‘zlashtiriladi, protseduralar ishlatilganda esa o‘zlashtirish operatorisiz yoziladi.
Endi sodda misollarni ko‘rib chiqamiz.
a:=‘Sog`lom tanda ‘, b:=‘sog` aql.‘ bo‘lsa, c:= Concat(a,b); operatori bajarilganda c ning qiymati ‘Sog`lom tanda sog` aql.‘ ga teng. Lekin c:= Concat(a,b); o‘rniga c:=a+b; deb yozish mumkinligini avval ko‘rilgan edi.
a:=‘informatika‘ bo‘lsa, n:=Length(a); operatori bajarilganda n ning qiymati 11 ga teng bo‘ladi, bu vazifani n:=Ord(a[0]) ham bajaradi.
a:=Pos(‘m‘, ‘informatika‘); operatori bajarilganda a ning qiymati 6 ga, a:=Pos(‘ma‘, ‘informatika‘); operatori bajarilganda ham a ning qiymati 6 ga, a:=Pos(‘sn‘, ‘sinf‘); operatori bajarilganda a ning qiymati 0 ga, a:=Pos(‘v‘, ‘sinf‘); operatori bajarilganda esa, a ning qiymati 0 ga teng bo‘ladi teng bo‘ladi.
a:=Copy(‘informatika‘,3,5); operatori bajarilsa, a ning qiymati ‘forma‘ so‘ziga teng bo‘ladi.
a:=‘bajarilmadi‘ bo‘lsa, Delete(a,8,2); protsedurasi bajarilgach natija a:=‘bajarildi‘ bo‘ladi. Buni sxematik ko‘rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
( a:=‘bajarilmadi‘ → Delete(a,8,2); → ‘bajarilmadi‘ → a:=‘bajarildi‘ )
a:=‘bajarildi‘, b:=‘ma‘ bo‘lsa, Insert(b,a,8); protsedurasi bajarilgach natija a:=‘bajarilmadi‘ bo‘ladi. Buni sxematik ko‘rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
(a:=‘bajarildi‘, b:=‘ma‘ → Insert(b,a,8); → ‘bajaril‘+‘ma‘+‘di‘ → a:=‘bajarilmadi‘)
a:=765 bo‘lsa, Str(a,s); protsedurasi bajarilgach, s:=‘765‘ bo‘ladi.
s:=‘123‘ bo‘lsa, Val(s,a,c); bajarilgach, a:=123 va c:=0 bo‘ladi; s:=‘34BMA5‘ bo‘lsa, Val(s,a,c); bajarilgach, a:= 0 va c ≠ 0 bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |