O’rta maxsus


-§. MATNLAR BILAN ISHLASHGA DOIR MASALALAR



Download 2,24 Mb.
bet54/54
Sana30.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#597939
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
paskal dt dars

7-§. MATNLAR BILAN ISHLASHGA DOIR MASALALAR


182*. 5 ta harfni so‘rovchi va ularni qo‘shib chiqaruvchi dastur tuzing (yo‘llanma: Concat funksiyasi yoki “+” amalidan foydalaning).
183*. 5 ta harfli A so‘zni belgilarini tagma-tag chiqaruvchi dastur tuzing (yo‘llanma: Copy funksiyasi yoki satrlarni massiv xususiyatidan foydalaning).
184*. Berilgan A so‘zni ekranning 3 ta joyida 3 xil rangda chiqaring.

  1. Berilgan A so‘zni belgilari sonini qizil rangda chiqaring (yo‘llanma: Length funksiyasi).

  2. Berilgan A, B va M so‘zlarini belgilarini umumiy sonini yashil rangda chiqaring (yo‘llanma: Length funksiyasi).

187*. Berilgan A so‘zni belgilari sonini kvadratini, B so‘zni belgilari sonini kubini va M so‘zni belgilari sonini uchlanganini yig‘indisini yashil rangda chiqaring (yo‘llanma: Length funksiyasi).
188. Berilgan A va B so‘zlarini belgilarini umumiy sonidan M so‘zni belgilari sonini ayirib pushti rangda izoh bilan chiqaring (yo‘llanma: Length funksiyasi).
189*. Juft sondagi belgilar qatnashgan A so‘z berilgan. Belgilari sonini yarmini, belgilarni yarmini izohli va rangli chiqaring (yo‘llanma: Length va Copy funksiyalari yoki Length funksiyasi va Delete protsedurasi).
190. Toq sondagi belgilar qatnashgan A so‘z berilgan. Belgilari sonidan bitta kam sonni yarmini izohli va rangli chiqaring (yo‘llanma: Length funksiyasi va 2 ga butun bo‘lish (div) amali).
191*. A so‘zni kiritib birinchi va oxirigi belgilarini turli rangda chiqaring.

Yechim:
A so‘zni String turda kiritamiz. Shuning uchun satrlarni massiv xususiyatiga ko‘ra birinchi belgisi A[1], oxirgi belgisi A[Length(A)] bo‘ladi. Bu qiymatlarni Char turdagi B va O o‘zgaruvchilarga o‘zlashtiramiz.
Masala yechimini Copy(A,1,1) va Copy(A,Length(A),1) funksiyalari yordamida ham yozish mumkin. Copy funksiyasi natijasi String turda bo‘ladi, shuning uchun bu qiymatlarni String[1] turdagi B va O o‘zgaruvchilarga o‘zlashtiramiz.

Dasturi:
Uses Crt;
Var A: String; B, O: Char;
Begin
Write('A so`zni kiriting: ');Readln(A);
B:=A[1]; O:=A[Length(A)];
TextColor(2);
WriteLn('Birinchi belgi: ', B);
TextColor(11);
WriteLn('Oxirgi belgi: ', O); ReadLn; End.

Dasturi:
Uses Crt;
Var A: String; B, O: String[1];
Begin
Write('A so`zni kiriting: '); Readln(A);
B:=Copy(A,1,1);O:=Copy(A,Length(A),1);
TextColor(2);
WriteLn('Birinchi belgi: ', B);
TextColor(11);
WriteLn('Oxirgi belgi: ', O); ReadLn; End.

192. A so‘zni kiritib birinchi, uchinchi va oxirgi belgilarini turli rangda chiqaring (yo‘llanma: Length va Copy funksiyalari, satrlarni massiv xususiyati).
193*. A so‘zni kiritib birinchi, oxiridan bitta oldingi va oxirgi belgilarini turli rangda chiqaring (yo‘llanma: Length va Copy funksiyalari, satrlarni massiv xususiyati).

  1. A va B so‘zlarni birinchi 3 ta belgisidan yangi so‘z yasang (yo‘llanma: Length va Copy funksiyalari).

  2. A va B so‘zlarni oxirgi 3 ta belgisidan yangi so‘z yasang (yo‘llanma: Length va Copy funksiyalari).

196*. A so‘zni birinchi 3 ta belgisidan va B so‘zni oxirgi 2 ta belgisidan yangi so‘z yasang (yo‘llanma: Length va Copy funksiyalari).
197*. 5 ta belgili A so‘zni toq o‘rindagi belgilari va 4 ta belgili B so‘zni toq o‘rindagi belgilaridan yangi so‘z yasang (yo‘llanma: Length va Copy funksiyalari yoki Length va satrlarni massiv xususiyati).
198*. A so‘zni birinchi 3 ta va oxirgi 2 ta belgisini o‘chirib chiqaring.

Yechim:
A so‘zni String turda kiritamiz. Delete(A,1,3) protsedurasi A satrni birinchi
3 ta belgisini o‘chiradi. Delete(A,Length(A)–1,2); protsedurasi A satrni oxirgi 2 ta belgisini o‘chiradi.
Masalani A:=Copy(A,4,Length(A)–3); va A:=Copy(A,1,Length(A)–2); ko‘rinishdagi Copy va Length funksiyalari qatnashgan o‘zlashtirish operatori yordamida ham hal etish mumkin.

Dasturi:
Var A: String;
Begin
Write('A so`zni kiriting: '); Readln(A);
Delete(A,1,3);
Delete(A,Length(A)–1,2);
WriteLn('Hosil bo‘lgan A so`z: ', A); ReadLn; End.

Dasturi:
Var A: String;
Begin
Write('A so`zni kiriting: '); Readln(A);
A:=Copy(A,4,Length(A)–3);
A:=Copy(A,1,Length(A)–2);
WriteLn('Hosil bo`lgan A so`z: ', A); ReadLn; End.

199*. A so‘zni 3-dan 7-belgisigacha o‘chirib go‘zal chiqaruvchi dastur tuzing (yo‘llanma: Delete protsedurasidan foydalaning).
200*. “A” harf B so‘zda birinchi marta nechanchi o‘rinda uchrashini aniqlovchi dastur tuzing (yo‘llanma: Pos funksiyasidan foydalaning).
201*. Kamida 3 ta “A” harfi bor B so‘zda “A” harfi uchinchi marta nechanchi o‘rinda uchrashini aniqlovchi dastur tuzing.

Yechim:
B so‘zni String turda kiritamiz. Pos(A,B) funksiyasi A harfni birinchi marta nechanchi o‘rinda uchrashini aniqlaydi. Shuning uchun Delete(B,Pos(A,B),1); protsedurasi birinchi uchragan A harfni o‘chiradi. Yana Delete(B,Pos(A,B),1); protsedurasini qo‘llasak ikkinchi uchragan A harfni ham o‘chiramiz. Endi javob sifatida 2 ta harf o‘chirilganini hisobga olib Pos(A,B)+2 ni chiqaramiz.

Dasturi:
Var A: Char; B: String;
Begin
Write('A harfni kiriting: '); Readln(A); Write('B so`zni kiriting: '); Readln(B);
Delete(B,Pos(A,B),1); Delete(B, Pos(A,B),1);
WriteLn(A, ' harfi uchinchi marta ', Pos(A,B)+2, ‘ o`rinda uchraydi’); ReadLn; End.

202*. A so‘z B so‘zda birinchi marta nechanchi o‘rinda uchrashini aniqlovchi dastur tuzing (yo‘llanma: Pos funksiyasidan foydalaning).
203*. A harf B so‘zda 3 marta uchrashi aniq bo‘lsa, bu harf qaysi o‘rinlarda uchrashini aniqlovchi dastur tuzing.

Yechim:
B so‘zni String turda kiritamiz. Pos(A,B) funksiyasi A harfni birinchi marta nechanchi o‘rinda uchrashini aniqlagani uchun Joy1:=Pos(A,B) deb olamiz. Delete(B,Pos(A,B),1); protsedurasi birinchi uchragan A harfni o‘chiradi. Bitta belgi o‘chirilganini hisobga olib Joy2:=Pos(A,B)+1 deb olamiz. Delete(B,Pos(A,B),1); protsedurasini yana qo‘llasak ikkinchi uchragan A harfini ham o‘chiradi. Ikkita belgi o‘chirilganini hisobga olib Joy3:=Pos(A,B)+2 deb olamiz.

Dasturi:
Var
A: Char; B: String; Joy1, Joy2, Joy3 : Byte;
Begin
Write('A harfni kiriting: '); Readln(A);
Write('B so`zni kiriting: '); Readln(B);
Joy1:=Pos(A,B); Delete(B,Pos(A,B),1); Joy2:=Pos(A,B)+1;
Delete(B, Pos(A,B),1); Joy3:=Pos(A,B)+2;
WriteLn(A, ' harfi ', Joy1,', ', Joy2, ', ', Joy3, ' o`rinlarda uchraydi');
ReadLn; End.

204*. Kiritilgan A harfi ASCII kodini aniqlovchi dastur tuzing (yo‘llanma: Ord(A) yoki Integer(A) funksiyalari).
205*. Kiritilgan 5 ta harfli A so‘zni harflari ASCII kodini aniqlovchi dastur tuzing (yo‘llanma: satrlarni massiv xususiyatidan foydalanib belgilarni ajratib oling, so‘ng Ord(A) yoki Integer(A) funksiyalaridan foydalaning).
206. Kiritilgan 5 ta harfli so‘zni harflari ASCII kodlari yig‘indisini aniqlovchi dastur tuzing (yo‘llanma: satrlarni massiv xususiyatidan foydalanib belgilarni ajratib oling, so‘ng Ord(A) yoki Integer(A) funksiyalaridan foydalaning).
207*. ASCII kodi kiritilgan 256 dan kichik A natural songa mos harfni chiqaruvchi dastur tuzing (yo‘llanma: Chr(A) yoki Char(A) funksiyalari). 208*. 7 ta belgili A so‘zni teskarilovchi dastur tuzing.

Yechim:
A va TesA so‘zlarni String[7] turda tavsiflaymiz. Masalani bir necha xil usulda hal etish mumkin. Masalan:

  1. Satrlarni massiv xususiyatiga ko‘ra kerakli so‘z quyidagicha bo‘ladi:

TesA:=A[7]+A[6]+A[5]+A[4]+A[3]+A[2]+A[1];

  1. TesA:=Copy(A,7,1)+Copy(A,6,1)+Copy(A,5,1)+Copy(A,4,1)+

+Copy(A,3,1)+Copy(A,2,1)+Copy(A,1,1);

Dasturi:
Var A, TesA: String[7];
Begin
Write('A so`zni kiriting: '); Readln(A);
TesA:=A[7]+A[6]+A[5]+A[4]+A[3]+A[2]+A[1];
WriteLn(A, ' so`zga teskari so‘z ', TesA);

ReadLn; End.
209*. A so‘zni birinchi harfidan keyin B so‘zni joylashtiring (yo‘llanma: Insert protsedurasi yoki Copy funksiyasi va “+” amali).
210*. A so‘zni oxirigi harfidan oldin B so‘zni joylashtiring (yo‘llanma: Insert protsedurasi yoki Copy funksiyasi va “+” amali).
211*. Juft belgili A so‘zni o‘rtasiga B so‘zni joylashtiring (yo‘llanma: Length funksiyasi, butun bo‘lish va Insert protsedurasidan yoki Length funksiyasi, butun bo‘lish, Copy funksiyasi va “+” amali).
212. A so‘zni birinchi harfidan keyin B so‘zni, oxirgi harfidan oldin M so‘zni joylashtiring (yo‘llanma: Insert protsedurasi yoki Copy funksiyasi va “+” amali). 213. Noldan farqli 5 ta raqamli A natural son berilgan. Uning 2-o‘rindagi va 4o‘rindagi raqamlarini o‘chirib, son boshiga yozilganda hosil bo‘ladigan B sonni aniqlang.


Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish