O’rta maxsus ta’lim vazirligi


Somele – reinni biluvchi Shaxs. Bek ofis mutaxasisi (Back offoces) bek ofis vazifasiga trederlar bilan tuzilgan Shartnomalarni rasmiylaShtiruvchi Shaxs



Download 6,66 Mb.
bet70/136
Sana14.04.2022
Hajmi6,66 Mb.
#551160
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   136
Bog'liq
KHY 3 kurs-2021majmua

Somele – reinni biluvchi Shaxs. Bek ofis mutaxasisi (Back offoces) bek ofis vazifasiga trederlar bilan tuzilgan Shartnomalarni rasmiylaShtiruvchi Shaxs.
Treder. Trader – savdog’ar (ingliz) trader kata ma’noda qilib aytganda kata savdog’an iShlab chiqaruvchi va xarid kiluvchi o’rtasidagi vositachi.
Xed-Xanter (Head-Hunter) – bosh ovchisi (Ingliz) Xedxanter o’xshab ishchi va ish beruvchi o’rtasidagi vositachi
Umumta’lim o‘rta maktabini tugatgandan keyin sizlarning har biringiz: endi qaerga kirib o‘qish kerak, kasb ta’limini qaerda davom ettirish mumkin? — degan masalani hal qilishingiz kerak bo‘ladi.
Siz o‘rta umumta’lim maktabining VIII-IX sinflarida o‘qib yurgan vaqtingizda o‘zingiz tanlagan sohadagi ommaviy ishchi kasblaridan birini egallab olishingiz mumkin. O‘quv muassassi atrofida korxonasidagi maxsus jihozlab qo‘yilgan ish joyida kasbga oid bilim olishingiz, mahorat va malaka hosil qilishingiz mumkin. Bular maktabni tugallayotganingizda sizga malaka razryadi olishda zarur bo‘ladi.
Maktabda o‘rganilgan kasbni keyinchalik korxonalarda ishlash jarayonida yoki kasb-xunar kollejlarining o‘rta umumta’lim maktablarini bitirib chiqkach yoshlar uchun ochilgan bo‘limlarida o‘qib takomillashtirish, malaka oshirish mumkin.Ko‘pgina kasblar uzok muddat maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Bunday kasblarga o‘rgatish kasb-xunar kollejlarida amalga oshiriladi. Ular 3-4-razryadli malakali ishchilarni tayyorlaydi. Kasb-xunar kollej o‘quvchilari ishchi mutaxassisligi bilan birga umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risida attestat ham oladilar.
Kasb-xunar kollejlarga qabul to‘liqsiz o‘rta umumta’lim maktabini to‘gatganlik to‘g‘risidagi shahodatnomaga qo‘yilgan baholar bo‘yicha konkurs tarzida tanlab olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda o‘qishga kirayotgan o‘smirning u yoki bu kasbda ishlashi sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelish-kelmasligi ham hisobga olinadi.. O‘qishda va jamoat ishlarida o‘zini ko‘rsatgan ilg‘or o‘quvchilar uchun har xil mukofotlar va stipendiyalar (shu jumladan, Kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi maxsus stipendiyalari) tayinlanadi. O‘qish davrida, ishlab chiqarish praktikasida qilingan ishlar uchun o‘quvchilariga ish haqi to‘lanadi.
Kasb-xunar kollejlarda ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatining boshlang‘ich tashkilotlari, ilmiy jamiyatlar, to‘garaklar, sport seksiyalari va shu kabilar ish olib boradi. Kasb-xunar kollejlarga o‘quvchilari tomonidan kiritilgan ratsionalizatorlik takliflari ko‘pincha korxonalarda ishlab chiqarishga joriy etiladi hamda sezilarli darajada iqtisodiy samara beradi.
Kasb-xunar kollejlarni bitirib chiqqan yoshlar olgan kasblari va mutaxassisliklariga muvofiq keladigan ish bilan ta’minlanadilar. Bilim yurtida o‘qigan vaqtlari ularning umumiy mehnat stajiga kiradi.
Kasb-xunar kollejlarda mamlakatimiz xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun o‘rta bo‘g‘inning malakali mutaxassislarini tayyorlash amalga oshiriladi. Bunday kasb-xunar kollejlariga texnikumlar, pedagogika, meditsina, muzika, badiiy-rassomlik va boshqa bilim yurtlari kiradi. Kasb-xunar kollejlarni bitirib chiqqan yoshlar xalq xo‘jaligimizda eng ko‘p sonli mutaxassislar otryadini tashkil qiladi. Ular brigadalarga, uchastkalarga, smenalarga, bo‘limlarga va ishlab chiqarishning boshqa bo‘g‘inlariga rahbarlik qiladilar, murakkab uskunalarga va avtomatlashtirilgan sistemalarga xizmat ko‘rsatadilar, ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligini amalga oshiradilar.
Kasb-xunar kollejlarda o‘qish muddati 3 yil.
Oliy o‘quv yurtlari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari: sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xalq maorifi va boshqa tarmoqlar uchun keng profildagi oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaydi. Oliy o‘quv yurtlariga universitetlar, institutlar, akademiyalar, konservatoriyalar kiradi. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish muddati 4 yil bakalavriat, 2 yil magistratura.
Oliy o‘quv yurtlariga qabul konkurs test natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Armiya safida xizmat qilib qaytgan yoshlarga xarbiy kism tomonidan o‘qishga yo‘llanma olgan kishilar belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar (20-25% maksimal baldan kushimcha bal beriladi). Oliy o‘quv yurtiga kirish vaqtida kasbga yo‘llash maqsadida eng munosib yoshlarni tanlab olish uchun ular bilan suhbat o‘tkaziladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan o‘quv yurtlarining barcha tiplari to‘g‘risida maxsus spravochniklardan, maktabdagi, baza korxonasidagi kasb tanlash markazlari va xonalarida, shuningdek mazkur o‘quv yurtining bevosita qabul komissiyalaridan mufassal axborot olish mumkin.

Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish