O’rta maxsus ta’lim vazirligi


Asbob-uskunalarni ishga sozlash, xom-ashyo, namuna, kо‘rgazmali qurollar va texnik vositalarni tayyorlash



Download 6,66 Mb.
bet4/136
Sana14.04.2022
Hajmi6,66 Mb.
#551160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Bog'liq
KHY 3 kurs-2021majmua

Asbob-uskunalarni ishga sozlash, xom-ashyo, namuna, kо‘rgazmali qurollar va texnik vositalarni tayyorlash. О‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlarni yaxshi tashkil etish, ularni о‘tkazishning tо‘g‘ri metodikasini qо‘llash, о‘quvchilar tomonidan tehnikaviy bilimlar, mehnat malakalari va kо‘nikmalari muvaffaqiyatli о‘zlashtirilishi uchun о‘quv ustaxonalarning jihozlanishi texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak mehnat madaniyatiga muvofiq kelishi va ularda mehnat ta’limi dasturining barcha mavzularini о‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bо‘lishi lozim.Mehnat ta’limining asosiy darslari nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan iborat. О‘quvchilar mehnat ta’limining nazariy asoslarini о‘zlashtirishlari uchun taxminan 20 % о‘quv vaqtini sarflashga rejalanadi. Uyda va mehnat kutubxonasida mustaqil ravishda har bir mavzuning nazariy asoslarini о‘zlashtirishlari lozim. Bu holatni ilmiy jihatdan aniqlashda mehnat ta’limi о‘qituvchisi uchun maktab kutubxonasi va tegishli zamonaviy texnik-texnologik, umumiy ta’lim fanlarga, fan-texnikaga oid jurnallar va boshqa manbalar rо‘yxati, internet va qо‘lda tayyorlangan modellar, moslamalar, didaktik materiallar, axborotnomalar, о‘quvchilarga mо‘ljallangan kichik tо‘plamlar qо‘shimcha manba bо‘lib xizmat qiladi.

О‘qituvchi ustaxonalarda mavjud bо‘lgan stanoklar, asbob-uskunalarni dastgohlarni, moslamalarni ta’mirlab, amaliy va laboratoriya darslariga tayyorlab qо‘yish, amaliy ish obyektlar uchun xom ashyolar tо‘plash, eskizlar, chizmalar, texnologik xaritalar ishlab chiqish lozim.О‘quvchilar tayyorlagan buyumlarni, ishlarni yakunlagan holatini nazorat etishga qaratilgan savollar, testlar, namunalarni ishlab chiqish darsga tayyorgarlikni tashkil etadi.
Sо‘ngi yillarda mehnat ta’limi jihozlari rо‘yxati ta’limining yangi vositalari hisobga sezilarli kengaydi va hozirgi kunda 400 nomdan iborat. Bular 220 har xil turli asboblar, moslamalar, stanoklar, 16 xil priborlar, 30 xildan ortiq modellar va ularning qisimlari, 14 xil tо‘plamdagi jadvallar va plpkatlar, 120 dan ortiq ekran vositalar va qо‘llanmalaridan iborat. Buning hammasi mehnat ta’limining politexnik yо‘nalishini kuchaytirish, о‘quvchilarga texnika,texnalogiya, iqtisodiyot va hozirgi zamon ishlab chiqarishni tashkil asoslarini chuqurroq va tо‘liqroq ochib berish, ulardan har turli materiallarga mexanik ishlov berishning dastlabki kо‘nikmalarini ertaroq shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan.Pedagogik nuqtai­nazardan о‘quv-moddiy ta’minot о‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini va sifatini oshirishga, ta’limning politexnik va kasbga yо‘naltiruvchi jihatlarni tо‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga zamin yaratishi kerak. О‘quvchilarga ta’lim vositalari orqali beriladigan axborot ilmiy jihatdan tо‘g‘ri bо‘lishi, о‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oshirishga imkon berishi lozim.Iqtisodiy jihatdan о‘quv-moddiy baza maqsadlarni mehnat о‘quv-tarbiya jarayoni sifatiga zarar yetmaydigan holda amalga oshirish imkonini beradigan о‘quv jihozlaridan tо‘liq foydalanishga qaratilgan bо‘lishi zarur.О‘quv-kо‘rgazmalar va о‘quv jihozlari tarkibida, odatda kamyob va qimmatbaho materiallar bо‘lmasligi, ularni tayyorlash asossiz ravishda ortiqcha harajatlar talab qilmasligi va ommaviy ravishda maktablar sotib olish imkoniga ega bо‘lishi kerak. Iqtisod nuqtai­nazaridan о‘quv jihozlari ustida о‘qituvchilar va о‘quv ustalari ishlashlari lozim.
Umumiy ta’lim maktablari sharoitida о‘quvchilarning mehnat va kasb-hunarga yо‘naltirish sifatini yaxshilash xamda takomillashtirish uchun о‘quv ustahonalari va laboratoriyalarida har bir kiritilgan kasb va ixtisosliklarning asbob-uskunalarini, moslamalarini ishga sozlash, ta’mirlash hamda qayta tayyorlashni tashkil etish va ularning metodikasini hal qilish axamiyatga ega. Chunki о‘quvchilar xuddi ana shular orqali texnik-texnalogik operatsiyalarni bajarish asosiy faoliyatlariga yо‘naltirilgan. Shuningdek, mehnat ta’limining har bir yо‘nalishi bо‘yicha asbob-uskunalarni ishga sozlash uchun о‘quvchilar eng avvalo qо‘llaydigan asbob-uskunalarni tuzilishini mukammal о‘rganishlari zarur.
Asbob-uskunalarni ishlatish va ularni qо‘llashga sozlashni asbob-uskunalar va moslamalar yuzasidan bajariladi:
1.Turlari, tuzilishlari, xususiyatlarini о‘rganib mavjud kamchiliklarni bartaraf etib ishga sozlash;
2.Qо‘llanishlari, qо‘llanish usullari va texnologiyasini о‘rganib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etib ish obyektlarga sozlash;
3.Tayyorlash texnologiyasi standartlar, sifat belgilarni о‘rganib mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, stanok mashinaga qо‘llash;
4.Tayyorlashda qо‘llaniladigan usullar, operatsiyalar, asbob-uskunalar, moslamalar, stanoklarni о‘rganib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etib moslashtirish; Ishchilar mutaxassislarni qayta tayyorlash, malaka oshirish;
5.Tayyorlashda ishlatiladigan, materiallar, texnologiyasi, sifatlarini yaxshilash.
Mehnat ta’limi nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarida о‘quvchilarni qо‘llaniladigan xom-ashyolar va namunalar bilan tanishtirish hamda foydalaniladigan metodikasini yoritish о‘ziga xos о‘rin egallagan. Mehnat ta’limi yо‘nalishlari bо‘yicha joriy etilayotgan tashkiliy, metodika va boshqa masalalar qatorida moddiy­texnik baza, ayniqsa xom-ashyo va namunalar bilan ta’minlash eng murakkab va dolzarb muammodir. О‘quvchilar buni inobatga olishlari bilan birga mavjud imkoniyatlardan xabardor bо‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Yog‘och ishlov berishda amaliy tashkilot hamda yog‘ochsozlik korxonalaridan asosiy mahsuloti (eshik, rom, imoratsozlik detallari va boshqa buyurtmalardan ortib qolgan bо‘laklar, qirindilar, bahor va kuz davrlarda daraxtlarni kaltalash holatida paydo bо‘lgan sarjinchalar va kо‘zsiz dumaloq bо‘laklar - yog‘ochsozlik mehnati uchun xom-ashyo tarzda qо‘llanishi eng ommaviy tajriba hisoblanadi, ulardan mehnat ta’limi jarayonida turli buyumlar (bolg‘a va iskanalar uchun dastalar, sabzavot tо‘g‘raydigan taxtalar, yog‘och g‘о‘lasining arralangan namunalari, yelimlangan yog‘och vaza va hokazo) tayyorlanib ijtimoiy foydali mehnat mahsulotlarga aylanadi.
Mehnat ta’limida о‘quvchilarni xom-ashyolar bilan tanishtirish, shuningdek, ularni nazariy hamda tarixiy ma’lumotlar bilan ham tanishtirish, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan namunalar (detallar, mexanizmlar, stanoklar, texnik-texnologik jarayonlar xaritalari, qog‘oz-kartonlardan tayyorlangan maketlar) keng qо‘lanilmoqda.
Metallarga ishlov berishda otaliq tashkilot hamda metalsozlik korxonalarida asosiy ishlab chiqarishda tayyorlanadigan mahsulotlar jarayonida ortib qolgan chiqindilar: tunuka, quyma va boshqa qoldiqlar, metallsozlik ishlarida paydo bо‘lgan parchinlar, brak holiga kelgan turli shakldagi detallar, berish mehnat ta’limida metalga ishlov uchun xom ashyo sifatida qо‘llaniladi. Shu bilan birga metallarni qirqish jarayonida shu tariqa yig‘ilgan metal chiqindilari ham xom-ashyo bо‘la oladi. Ulardan mehnat ta’limi darslarida metaldan tayyorlagan о‘yinchoqlarning buzilgan qismlari, simlar ham mehnat ta’limi darslarida asboblar, maketlar, modellar yasash mumkin. Ular turli shakldagi detallarni shtangensirkul bilan о‘lchash, nazorat ishlarni bajarish uchun mehnat obyekti vazifasini bajaradi.
Metallardan tanlab olingan shvellersimon detallar parmalash operatsiyalarini bajarishga tayyorlanadi. Shundan о‘quvchilar tushunadilarki, tashlandiq detallardan (qaysi shaklda bо‘lmasin) ham о‘quv ishlarini bajarishda foydalanish mumkin. Bu birinchidan, о‘quvchilarni izlanish, ijod qilishga undaydi, chunki ma’lum bо‘lmoqdaki, detallar qaysi holatda bо‘lmasin, ulardan har xil texnologik operatsiyalarni bajarishda foydalanish uchun imkoniyat topiladi, ikkinchidan, о‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishga yordam beradi.
Mehnat ta’limida xom-ashyo va namunalar qaysi holatda, shaklda va qanday materialdan bо‘lmasin, ular о‘quvchilar uchun u yoki bu texnologik operatsiyalarni о‘zlashtirishlarida о‘quv obyekti bо‘la oladi. Turli о‘lcham va shakldagi tunuka bо‘laklari kavsharlash operatsiyalarning turli xillarni о‘zlashtirishga olib keladi. Mazkur tunuka barchalari xom ashyo sifatida qо‘llaniladi. Xom-ashyo materiallardan о‘quvchilar chilangarlik ustaxonasida knopkalar ishlab chiqaradigan asbob tayyorlashlari maqsadga muvofiq bо‘adi. Bunday moslamani 8-10 mm li simdan tayyorlash mumkin.
Shunday qilib xom-ashyo turlari va namunalar о‘quvchilar uchun texnika-texnologiya, materialshunoslik, qirqish nazariyasi, ustaxonada о‘zlashtirilgan chilangarlik, tokarlik, frezerlash, parmalash va boshqa о‘quv mashg‘ulotlari bо‘yicha shakllangan bilim, kо‘nikmalarni malaka darajaga kо‘tarish uchun zamin yaratiladi.
Shu tarzda gazlamaga ishlov berish texnologiya, pazandachilik, qishloq xо‘jalik hamda milliy hunarmandchilik yо‘nalishlarida ham mavjud xom-ashyo va namunalardan foydalanish holatlarini yaratilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi.

Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish