O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Ta’limiy mezonlar va indikatorlar deganda nima tushuniladi? 
2.
Individual-shaxsiy rivojlanish mezonlariga nimalarni kiritish mumkin? 
3.
Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash mezonlarini manbalardan o’qib-
o’rganing. 


165 
4.
Ta’lim sohasini rivojlantirishning maxsus mezonlari va ko‘rsatkichlarini 
mustaqil ravishda aniqlashtiring va loyiha ko’rinishida taqdim eting. 
4.5. PEDAGOGIK TADQIQOTNING MATEMATIK-STATISTIK 
METODLARI
Tayanch tushunchalar:
tanlamalar, gipoteza, boshlang‘ich gipoteza, 
tasodifiy miqdor, korrelyatsion bog‘lanish, tekshirish metodi, birinchi jinsli xato, 
ikkinchi jinsli xato, t-mezon, f-mezon, x

-mezon, ruxsat etilganlik mezoni, ozodlik 
darajasi, dispersiya, taqsimot funktsiyasi, kritik qiymat, bosh to‘plam, normal 
taqsimot. 
Matematik-statistik metod ilmiy tadqiqotda keng qo‘llanilishi hozirgi davr 
fanining o‘ziga xos xususiyatlaridandir. Matematik-statistik metodning 
qo‘llanilishi tadqiqot samaradorligini oshiradi, pedagogik voqelikning aniq 
ifodalash, mavjud voqelikning ichki bog‘liqlik qonuniyatlarini aniqlash, uni har xil 
sharoitda samaradorligi, rivojlanish darajalarini bilish, baholash imkoniyatlarini 
oshiradi. Pedagogik tadqiqotlarni matematikalashtirish o‘ziga xos xususiyatlarini 
ishlab chiqish ilmiy ishlarni samaradorligini kafolatlaydi.
Pedagogik tadqiqotda miqdoriy baholash ta’limiy, tarbiyaviy voqelikni 
mohiyati va matematik tilda ifodalash metodikasidir. Pedagogik tushuncha 
aniqligi, matematik tilda uni ifodalash, tadqiqot natijalarini umumlashtirishni 
osonlashtiradi. Pedagogik tadqiqotni matematikalashtirish ilmiy sifat darajasi aniq 
bo‘lishiga bog‘liq. Muayyan voqelikni natijani faqat darajalarini tahlilida 
nazariyani yaratilgani, nazariy tushunchalar matematik tilda ifodalanishi farazni 
asosolaydi. Sifatiy tahlil, miqdoriy tahlilda yanada samarali bo‘ladi. 
Matematik metoddan samarali foydalanish asosi maxsus metodlar tizimini 
rivojlanishi bilan bog‘liq. Maxsus metodlarni taraqqiy etgani matematik metodga 
manba’ tayyorlaydi, uyg‘unlikda ilmiy tadqiqot natijasini interpretatsiya natijasini 
oshiradi. 
Matematikalashtirish har bir fanning predmeti uning tarixiy taraqqiyoti
fundamental bog‘liq murakkab va samarali jarayondir. Pedagogikada nazariy 


166 
tadqiqotlar natijasiga o‘lchovli yondoshish 19 asr oxiri 20 asr boshlarida joriy etila 
boshlandi. Miqdoriy baholash metodi nazariy , eksperimental tadqiqotlarning, 
didaktikaning asosiy metodidan biri bo‘ldi. Ammo bu metodikaga germenevitik 
pedagogika, madaniyat pedagogikasi, falsafiy pedagogika, ekzisttensialistik 
pedagogika tarafdorlari qarshi chiqdilar. 
Shunga qaramay, eksperimental pedagogika rivojlandi, matematik statistik 
metod pedagogik tadqiqotlarning samarali metodlaridan biri bo‘lib qoldi. Bugungi 
kunda axborot texnologiyalarining keng rivojlangani pedagogik tadqiqotlarni 
matematikalashtirish imkoniyatlarini, zaruriyatini yanada oshirdi. Ta’lim-tarbiya 
jarayoni rivojlanishi sifatini miqdoriy tahlili keng qo‘llanilmoqda. Pedagogik 
tadqiqotlarning matematik tili, lingvistikasining shakllanishi ta’lim-tarbiya 
nazariyasining ifodalovchi vositasiga aylangan. Bu esa pedagogik voqelik, tadqiqot 
natijalarini muayyanlik darajasini oshiradi. SHuning uchun pedagogik 
tadqiqotlarni matematikalashtirish tadqiqot metodlaridan ko‘ra ilmiy konsepsiya, 
nazariyani ifodalovchi samarali vositaga aylanmoqda. Matematik metodning 
evrestik xususiyatini oshirish, pedagogik tadqiqotlarni yangilik yaratish, ijodiy 
izlanish, fikrlash omilkorligini oshirmoqda. SHuning uchun bo‘lajak olimlarni 
pedagogik tadqiqotlarni matematikalashtirish madaniyati ilmiy tadqiqot 
intensivligini ta’minlaydi. 
Matematik tahlil metodini qo‘llashda: 
-
dalillarni miqdoriy sonlar bilan ifodalash zaruratini asoslash; 
-
sonlar bilan umumlashtirish maqsadini yoritish; 
-
tablitsalarni oddiy, tushunarli til bilan umumlashtirish; 
-
eng muhim miqdorni, jadvalni taqdim etish; 
-
jadvallarni gorizantal va vertikal tahlil qilish kabi tamoyillarga amal qilinadi. 
Pedagogik tadqoqitlarda matematik-statistik metodni qo’llashni quyidagi 
tadqiqot misolida ko’rib chiqamiz. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish