Tadqiqot mavzusi:
Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining
ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Tajriba-sinov ishlarini muayyan tartibda va dastur asosida tashkil etilishi
ushbu jarayonning samaradorligini ta’minladi. Tajriba-sinov ishlari dasturida
talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlan-ganligini tashxis etish mezonlari,
ko‘rsatkichlari hamda diagnostik vositalari aniqlashtirildi.
Talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlanganligini tashxis etish
ko‘rsatkichlari va usullari
Mezonlar
Ko‘rsatkichlar
Diagnostik vositalar
Axboriy kognitiv
O‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish
O‘z-o‘ziga baho berish testi
Milliy ma’naviyatimizning takomil
bosqichlari va ma’naviy merosimizdan
xabardor bo‘lish
Tugallanmagan gaplar metodikasi
SHaxsiy-
qadriyatga
yo‘naltirilgan
Ma’naviy merosga qadriyat sifatida
qarash va aksiologik yo‘nalganlik
“Qadriyatlar” o‘yini, “Men hech qachon
...maganman” metodikasi
Hissiy-
emotsional
Emotsional yo‘nalganlik
Emotsional holatlarda o‘z-o‘zini nazorat
qilishning namoyon bo‘lishini o‘rganish
metodikasi
Muruvvat va oliyjanoblik hissi
“Xushmuomalilik” va “Oliyjanoblik”
metodikalari
Mas’uliyat hissi
“YOrdamchilar”, “Bir-biri uchun”,
“Hamma – ba’zilar – faqat men”,
“Mas’uliyat hissi” metodikalari
Vijdoniylik tuyg‘usi
“Vijdoniylik shkalasi” metodikasi
Faoliyatli-ijodiy
Ma’naviyatni yuksaltirishga o‘z
hissasini qo‘shish va hamkorlikdagi
ijodiy faoliyatga intilish
“SHaxs ijodiy salohiyatini o‘z-o‘zi
tomonidan baholash” metodikasi
157
Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga doir tajriba-sinov
ishlarini tashkil etish uchun dastlab tadqiqot faraziga mos metodika ishlab chiqildi.
Tajriba-sinov ishlari metodikasi tajriba-sinov ishlari bosqichlari, tajriba-sinov
ishlarini o‘tkazishga doir tarqatma materiallar hamda tajriba-sinov metodlarini o‘z
ichiga qamrab oldi.
1.
Asoslovchi bosqich. Mazkur bosqichning maqsadi talabalarning
ma’naviy kamolot darajasini tashxis etish. Mazkur bosqichda quyidagi vazifalar
hal etildi: tayyorlov – tashxisning maqsad, vazifa, mezon va metodlari aniqlandi;
izlanishli – tashxis obyektlari o‘rganildi va olingan axborotlar to‘plandi; tahliliy –
olingan natijalar miqdor va sifat jihatdan tahlil etildi, ular izohlandi; izohli –
rejalashtirilgan ishlarni o‘tkazishga ta’sir etuvchi pedagogik ta’sirlarning
majmuaviy o‘lchovi aniqlandi.
2.
Tajriba bosqichi. Maqsad – integrallashgan tarbiya texnologiyalari
vositasida talabalarning ma’naviyatini rivojlantirish. Tayyorlov bosqichida tashxis
etilganlari asosida talabalarning ma’naviyatini rivojlantirish yo‘llari aniqlandi.
SHakllantiruvchi bosqichda tanlangan metodlar yordamida talabalar bilan faol ish
olib borildi. Tahliliy bosqichda mazkur bosqich tahlil etildi.
3.
Umumlashtiruvchi bosqich. Maqsad – barcha o‘tkazilgan tajriba-sinov
ishlarining yakunini chiqarish. Tahliliy bosqichda tajriba-sinov ishlari va olingan
natijalar tahlil etildi. Izohli bosqich asosida tashkil etilgan tajriba-sinov ishlariga
doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
Muammoni tadqiq etishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat bir necha bosqichda
amalga oshirildi. Dastlab amalga oshirilishi zarur bo‘lgan maqsad va vazifalarning
mohiyatiga tayangan holda tajriba-sinov ishlarining umumiy davri va
bosqichlari belgilandi. Bosqichlarning belgilanishida quyidagi tamoyillar ustuvor
bo‘ldi:
1. Har bir bosqichda aniq maqsad va vazifalarning amalga oshirilishiga erishish.
2.Bosqichlar o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘liqlik hamda uzviylikning
mavjud bo‘lishini ta’minlash.
158
Muammoga doir manbalar mazmunini nazariy jihatdan tahlil etish hamda
respondent-talaba va professor-o‘qituvchilarning faoliyatini bevosita va
bilvosita kuzatish, ular ishtirokida suhbatlar tashkil etish asosida auditoriyadan
tashqari ishlar jarayonida talabalarning ma’naviyatini rivojlantirishda quyidagi
omillar muhim ahamiyat kasb etishi taxmin qilindi, tajriba-sinov ishlari jarayonida esa
ushbu farazning to‘g‘riligi tasdiqlandi:
Obyektiv omillar:
milliy qadriyatlar hamda milliy istiqlol g‘oyasi asoslariga tayanilib yaratilgan
o‘quv manbalari (darsliklar,o‘quv va metodik qo‘llanmalar, risolalar, ma’ruza
matnlari, ko‘rsatmali qurollar, metodik ishlanmalar);
xalqning boy o‘tmishi, madaniy merosi xususida ma’lumot bera olish
imkoniyatiga ega bo‘lgan yozma manba, badiiy, san’at, ilmiy, ilmiy-ommabop
asarlar;
me’moriy yodgorliklar, tarixiy qadamjolar;
milliy qadriyatlar va ularning mazmunida ilgari surilgan yuksak insoniy
g‘oyalar;
ilm-fan, texnika, texnologiya, madaniyat, shu jumladan, sport sohalarida
erishilayotgan yutuqlar, yaratilayotgan kashfiyotlar;
yurt tabiati, uning o‘ziga xosliklari.
Subyektiv omillar:
Vatan
ozodligi
va
ravnaqi
yo‘lida
jonini
fido
qilgan
xalq
qahramonlarining shaxsi, faoliyatlarining mazmuni va yorqin xotiralari;
ijtimoiy ishlab chiqarish sohalarining turli yo‘nalishlarida faoliyat olib
borayotgan ishlab chiqarish ilg‘orlari, ilm-fan, texnika, texnologiya, madaniyat, shu
jumladan, sport sohalarida yutuqlarga erishgan shaxslar va ular tomonidan amalga
oshirilgan faoliyat mazmuni;
talabalarning ma’naviyatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgan, o‘zining
ma’naviy qiyofasi bilan ularga o‘rnak bo‘layotgan pedagog-xodimlar;
ibratli oilalar va ularning a’zolari;
namunali mahallalarda istiqomat qiladigan keksa kishilar va ularning hayotiy
159
tajribalari;
xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan davlat arboblarining shaxsi va ular tomonidan
amalga oshirilgan ishlar;
o‘z Vatanidan uzoqda yashayotgan insonlarning taqdiri va ularning hayot
yo‘llari xususida ma’lumot beruvchi hikoyalar.
Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy
faoliyatning quyidagi tamoyillar ustuvorligi asosida tashkil etilishiga alohida
e’tibor berildi:
1.
Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy zaruriyat
sifatida e’tirof etilganligi.
2.
Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsadning aniqligi.
3.
Asosiy maqsad doirasida tajriba-sinov ishlarining har bir bosqichida
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarning aniq belgilanishi, ya’ni, xususiy
maqsadlarning aniqlanganligi.
4.
Tajriba-sinov ishlarining puxta asoslangan loyiha asosida yo‘lga qo‘yilishi.
5.
Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishni ta’min etuvchi
shart-sharoitning mavjudligi.
6.
Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaviy
jarayonlarning milliy qadriyatlar hamda milliy istiqlol g‘oyasi asoslari bilan
boyitilganligi.
7.
Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning
ma’naviy qiyofasi va ularning kasbiy mahorati darajasining inobatga olinganligi.
8.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini
rivojlantirish jarayonining izchil, uzviy, tizimli va maqsadga muvofiq tashkil
etilganligi.
9.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning dinamik xususiyat kasb
etishi.
10.
Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda talabalarning shaxsiy
imkoniyatlarini erkin namoyish eta olish huquqiga egaliklari.
160
Tajriba-sinov ishlari so‘ngida tadqiqotga doir empirik materiallarni
umumlashtirish asosida pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy
madaniyatini rivojlanganlik darajasini aniqlashga doir to‘rt (bilish-axboriy,
qadriyatli-motivatsion, ijtimoiy-psixologik va faoliyatni tashkil etishga doir) guruh
mezonlar bo‘yicha yakuniy holati hosil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |