61
anglash, tahlil etish, taqqoslash,
umumlashtirish, baholashga imkon beruvchi
kasbiy fikrlash qobiliyati sifatida shakllanadi.
Yangicha pedagogik tafakkur eski, odatdagi fikrlashning yangi shart-
sharoitlar va hayot talablariga mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan qarama-
qarshilik natijasida yuzaga keladi. U o‘zida ijodiy va novatorlikni aks ettiradi.
Pedagogik fanlar rivoji, nazariy konsepsiyalarning
yuzaga kelishi, yangi
metodik tizim va texnologik jarayonlarning yaratilishi muntazam ravishda
pedagogik tafakkurni yangilashni talab etadi va maktab amaliyotini
takomillashtirishning bosh sharti sifatida xizmat qiladi.
Ilmiy-pedagogik tafakkur dialektika qonunlari asosiga quriladi. Unda bolalar
hayotiy faoliyatining tashqi shart-sharoitlari va tasodifiy stimullari taqozo etuvchi
o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini harakatga yo‘naltirish nuqtai nazaridan
pedagogik dalil, vaziyat, hodisa, voqeliklar hisobga olinadi.
Bola qanday harakat
qilishiga qaramasdan, uning xulq-atvori va shaxsini tahlil etishda nafaqat aniq
yaxshi yoki yomon xatti-harakatiga oid dalillar, balki uning ichki olami bilan
bog‘liq ideal, motiv, ehtiyoj, qiziqishlarini hisobga olish zarur. Masalaga bunday
yondashuv shakllanayotgan shaxsning xulq-atvori tasodifiymi
yoki xarakteridagi
qonuniyat natijasi ekanligini ishonchli aniqlash imkonini beradi. Bu esa xulq-
atvorni pedagogik savodxonlik bilan tahlil etish, ungi asosli baho berish va to‘g‘ri
ta’sir ko‘rsatishga yordam beradi.
Pedagogik, shuningdek, hayotiy nuqtai nazardan bolalarning o‘zaro
birgalikdagi harakati nafaqat tarbiya obyekti sifatida, balki o‘z-o‘zidan shaxsiy
hayot aks etadigan, anglaydigan, o‘z-o‘zini qayta tashkillashtiradigan
ijodiy harakatlanuvchi subyektlar tarzida namoyon bo‘ladi. SHuning uchun
pedagoglar bolalarning fiikrlashi va xulq-atvoridagi
turli kutilmagan, oddiy
bo‘lmagan istalgan vaziyatlarga tayyor bo‘lishi va operativ ta’sir ko‘rsatishi lozim.
Haqiqiy ma’nodagi pedagogik tafakkur pedagogga tayyor namunalardan voz
kechish, yangilikni qabul qilish, narsa-hodisalar uyg‘oq nigoh bilan qarash,
qarama-qarshiliklarni tahlil etish va uni hal etishga yo‘l topishga yordam beradi.
62
Pedagogik tafakkurning qator mezonlari va parametrlarini ajratib ko‘rsatish
mumkin:
- tarbiyaviy hodisalar va dalillarni yaxlitlikda, o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro
bog‘liqlikda tahlil etish qobiliyati;
- pedagogik o‘zaro harakat va ta’sir ko‘rsatishning genezisini ko‘ra olish
qobiliyati;
- pedagogik harakatning ta’lim-tarbiya maqsad va natijalari bilan o‘zaro
taqqoslay olish qobiliyati;
- pedagogik tafakkur yuritish jarayonida fikrlashning
barcha turlari va
usullarinidan foydalanish qobiliyati;
- pedagogik voqelikni tahlil etish va umumlashtirish, pedagogik nuqtai
nazardan haqiqat va yolg‘onni farqlay olishni yaxlitlikda amalga oshirish
qobiliyati;
- pedagogik voqelikni tahlil etishda mavhumlikdan, aniqlikka qarab borish
qobiliyati;
- murakkab shablon va stereotiplardan rad etish, yangi baho, umumlashma,
yondashuv, harakatlarni izlab topish qobiliyati;
- amaliy, ijodiy izlanishda nazariya va yangi g‘oyalardan
foydalanish
qobiliyati;
- bolalar bilan dialog jarayonida dalilarni samarali qo‘llash va ishonchli
asoslash qobiliyati;
- fikriy egiluvchanlik va tezkorlikning namoyon bo‘lishi qobiliyati;
- taktik va strategik harakatlarni farqlay olish qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: