O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva


Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Ijod deganda keng 
ma’noda shaxs yoki jamiyatning tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy olamni insonning 


48 
maqsad va vazifalariga, uning ehtiyojlari, istaklari va imkoniyatlariga muvofiq 
ravishda o‘zgartirish borasidagi bunyodkor faolligi tushuniladi. 
 
Uzoq vaqtlar davomida ijod – bu insonga tabiat ehson etgan noyob qobiliyat, 
u har kimga ham berilmaydi, deb hisoblanib kelingan. Aslida ijod – bu insonning 
moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish faoliyati bo‘lib, unda inson tafakkuri, 
xotirasi, tasavvuri, diqqati va irodasi faol ishtirok etadi hamda butun bilimi, 
tajribasi va iste’dodi namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida ijod – yaratish, kashf etish; vujudga 
keltirish ma’nolarini anglatib, badiiy, ilmiy, san’atga oid asar yoki moddiy boylik 
yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik faoliyati hamda yaratuvchilik faoliyati 
mahsuli, samarasi ekanligi qayd etib o‘tilgan. 
Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘atida esa mazkur tushunchaga 
quyidagi tarzda ta’rif berilgan: “Ijod (arab. yaratish, kashf etish, vujudga keltirish) 
– badiiy, ilmiy, amaliy asar yoki moddiy boylikni yaratish, vujudga keltirish. Ijod 
mohiyatan yaratuvchanlik faoliyati bo‘lib, inson ma’naviyatining amaldagi 
ko‘rinishini ifoda etadi”. 
Sh.Sharipov o‘quvchilarning kasbiy ijodkorligi uzviyligini tadqiq etish 
asosida ijod – insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa 
sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilik yaratishi bilan bog‘liq 
murakkab psixologik jarayondir, degan xulosaga kelgan. 
S.Golovin tomonidan ishlib chiqilgan amaliyotchi psixolog lug‘atida ijod – 
yangi qimmatli g‘oyalarni ishlab chiqishning psixik jarayoni, yangi moddiy va
ma’naviy ahamiyatga ega ne’matlarni yaratish tarzida talqin etilgan.
Ijodkorlik

individning ijodkorlik qobiliyati – noodatiy fikrlarni o‘ylab 
topish, an’anaviy fikrlash doirasidan chetlashish, muammoli masalalarni tezda xal 
etish qobiliyatidir. U yangi g‘oyalarni yaratishga doimo tayyorlik bilan tavsiflanadi 
va qobiliyat tuzilmasi komponenti bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida ijodkorlik
 
tushunchasiga ijodkor ishi, 
ijodkorga xos faoliyat; yaratuvchilik tarzida qisqa ta’rif berilgan.


49 
Pedagogik ensiklopedik lug‘atda “Ijodiy faoliyat sifat jihatdan yangini 
yaratishga doir inson yoki jamoaviy faoliyat shakli. Ijodiy faoliyatning zaruriy 
sharti fikrning egiluvchanligi, tanqidiylik, idrok etishning yaxlitligida aks etadi”, 
deb izoh berilgan. Mazkur lug‘atda “ijod” va “ijodkorlik” tushunchalariga alohida 
ta’rif berilmagan. 
Falsafiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarda “ijodkorlik” original, 
takrorlanmaydigan, ijtimoiy-tarixiy noyoblik bilan ajralib turuvchi faoliyat turi 
sifatida e’tirof etiladi. 
So‘nggi vaqtlarda “ijodkorlik” tushunchasi bilan birgalikda “kreativlik” 
atamasi ham keng qo‘llanilmoqda.
Kreativlik – individning qayta ishlov berish va yaratish bilan aloqador 
xilma-xil faoliyat turlari, tashabbuskorligi, faolligi, boshqa kishilar bilan muloqot 
jarayonida, mental xatti-harakatlarigda namoyon bo‘ladigan ijodiy salohiyati va 
qobiliyatlari majmuidir. 
N.M.Gnatko “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari o‘rtasidagi farqni 
quyidagi tarzda izohlagan: mazkur tushunchalar bir doiraga mansub hodisaning 
ikki jihatini, ya’ni ijodkorlik jarayonli-natijaviy jihatni, kreativlik subyektivlik 
bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi. Garchi olim mazkur tushunchalar o‘rtasidagi 
farqni ajratib ko‘rsatishga harakat qilgan bo‘lsa ham, biroq ta’rif ancha noaniqlik 
kasb etgan. 
Adabiyotlar tahlili hozirgi vaqtda “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari 
o‘rtasida qator qarma-qarshiliklar mavjudligini ko‘rsatadi: 
1)
“ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari sinonim so‘zlar sifatida talqin 
qilinadi. YA’ni kreativlik ijod psixologiyasi doirasida qo‘llanilib, mazkur 
tushuncha alohida ajratib ko‘rsatilmaydi; 
2)
ijodkorlik yaxlitlikda madaniy faoliyat bilan bog‘liq, kreativlik esa 
subyekt uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish tarzida tavsiflanadi; 
3)
kreativlik ijodkorlik masalasini o‘rganishning alohida jihati sifatida 
inson salohiyati, ichki resurs bilan bog‘liqlik kasb etadi.


50 
Aynan uchinchi yondashuv obyektiv jihatdan o‘rinli bo‘lib, kerativlikni 
ijodkorlikning o‘ziga xos jihatlaridan biri sifatida qabul qilish va uning doirasida 
mazkur masalani talqin etish maqsadga muvofiq. 
Respublikamizda o‘quvchilarning kasbiy ijodkorligi sohasida fundamental 
tadqiqotlarni amalga oshirgan olim SH.SHaripovning fikricha, ijodkorlik shaxsda 
mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo‘lishining eng asosiy va faol shakli 
hisoblanib, uni quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin: ijod turi (texnik,
texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik, didaktik,
kasbiy, aralash); ijod darajasi (mono ijod, multi ijod, mega ijod); ijod
qamrovi (ixtisoslik, mutaxassislik, bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy, 
mintaqalararo, xalqaro); ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o‘rta muddatli,
uzoq muddatli); ijodning shakli (innovatsion, ilmiy-tadqiqotchilik, ta’limiy, 
investitsion, aralash); umumiy jihatlariga ko‘ra (yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq
etish; prinsipial jihatdan yangi yechimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy
qo‘llash); yaratilgan ijod mahsulining ma’nosi va murakkabligiga ko‘ra 
(ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro; kashfiyot).
Ijodkorlikni tasniflashga doir yuqoridagi yondashuvdan ma’lum bo‘ladiki, 
ijodkorlik hamma vaqt subyektning ijodiy faoliyatini talab etadi. SHu bilan birga 
mazkur tushunchaga berilgan ta’riflardan ijodkorlik hodisasini izohlash murakkab 
ekanligi anglanadi.
Ijodkorlikni rivojlantirish ijodiy jarayonni tashkil etish, shaxsning ijodiy 
salohiyati, ijodiy fikrlash, ijodiy faollik, ijodiy qobiliyat va ijodiy faoliyatni tarkib 
toptirish bilan o‘zaro aloqador ekanligini ko‘rsatdi (5-rasm). 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish