44
fanshunoslikning umumiy qoidalari, ilmiylik mezoni ifodalanishidir. Globallashuv
jarayonida fanning rivojlanishi, ilmiy tadqiqot tili, kategoriyalari uning umumiy
jahonshumul va xususiy muayanligi muxim o‘rin tutadi.
So‘nggi vaqtlarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va yuksak ma’naviyatli
shaxsni shakllantirish bilan bog‘liqlikda metodologiyani tavsiflash bilan bog‘liq
qator savollar tug‘ilmoqda: metodologik har bir kishining shaxsiy yutug‘i bo‘lishi
kerak emasmi? Maxsus bilish sohasini metodologiya deb atash o‘rinli bo‘ladimi?
Ko‘plab olimlarning sa’y-harakatlari bilan fan sohasida
amalga oshirilgan ilmiy
ishlarni korreksiyalash va takomillashtirishdan foyda bormi?
Shuningdek, ayrim adabiyotlarda bayon etilishicha, “obyektiv” metodologiya
bo‘lishi kerak emas, aksincha, har bir kishi uchun ilmiy ijod individual xarakter
kasb etishi, ya’ni “subyektiv” metodologiya bo‘lishi lozim.
Biroq mazkur fikrlarni to‘liq tasdiqlab bo‘lmaydi. Avvalgi paragrafda
ta’kidlab o‘tilganidek, pedagogika fani metodologiyasi
pedagogik fanlar va
pedagogik tadqiqotlar haqida bilimlar tizimini ifoda etsa, ikkinchidan, mazkur
bilimlarni qo‘lga kiritish,
shuningdek, tadqiqot dasturi(metodologik ta’minoti)ni
asoslashga doir faoliyat sifatida metodologiya sohasi bilan bog‘liq qator
tushunchalarga aniqlik kiritish imkonini beradi.
Shuningdek, metodologiyani tushunish nuqtai nazaridan quyidagi savollargi
aniq javob topishga erishish mumkin: pedagogika metodologiyasi nima bilan
shug‘ullanadi va kim shug‘ullanishi kerak? Pedagogika sohasida metodologik
bilimlarni egallashning qanday usullari mavjud va qanday bilimlar qo‘lga
kiritiladi? Tadqiqotlarning metodologik ta’minotining
manbalari, obyektlari va
tartib-qoidalari qanday bo‘lishi lozim?
Dastlab metodologik tahlil obyektlarining maxsus ilmiy tahlil obyektlaridan
farqiga aniqlik kiritish lozim. Qachonki, biz tahlil bilan shug‘ullansak, eng avvalo,
bizning e’tiborimiz nimaga, ya’ni qanday obyektga qaratilganligini aniqlab
olishimiz zarur.
Pedagogikada maxsus-ilmiy ish deganda nima tushuniladi? Maxsus-ilmiy ish
aniq metodologik tadqiqotni anglatmaydi, u pedagogik
faoliyatni tadqiq etishga
45
yo‘naltirilgan bilish faoliyatidir. Metodlar tasnifi, ta’lim mazmunini masalalari
yoki zamonaviy darsni tashkil etish muammolarini o‘rganish – maxsus-ilmiy tahlil
sohasidir. Biroq metodologik tahlil ham bor. Mazkur holatda biz bu masalalarni
qanday tadqiq etamiz: masalan, ushbu masalalarni o‘rganishda fan metodlari
to‘g‘ri qo‘llaniladimi, bilish maqsadi bilan biz foydalanayotgan tushunchalar tizimi
bir-biriga muvofiqmi?
Ikkinchidan, metodologik masalalar maxsus-ilmiy masalalardan farq qiladi.
Metodologik masalalar: maktab amaliyotida didaktik
bilimlardan foydalanish
masalalari, pedagogik bilimlarning turlari, xususiy metodika bilan didaktikaning
aloqadorligi, pedagogik dalillar, pedagogik tadqiqotlar mantig‘i, pedagogik
tadqiqotlarda formallashtirishni qo‘llash
doirasi va shart-sharoitlari, pedagogik
tadqiqotlar bosqichi sifatida maktab tajribasini o‘rganish va h.k. Mazkur holtada
e’tibor amaliy yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: