Amaliy mashg’ulot. Barmoq qo`g`irchoq teatri. Barmoq qo`g`irchoq teatrining o`ziga xos xususiyatlari. Barmoq qo`g`irchoq teatri uchun asar tanlash.
Seminar mashg’ulot. O`zbek xalq ertaklariga ekran tayyorlash, o`quvchilarni rollarga bo`lib, so`zlarni yod oldirish, hamda teatrni namoyish qilish texnikasini o`rganish.
Mustaqil ish.Teatrga tarbiyachining tayyorgarligi ekran, asar qahramonlari, siluet, senariy tayyorlash.
Amaliy va seminar mashgulotlarini tashkil etish.
“Bolalar adabiyoti” fani bo’yicha seminar va amaliy darslar jadvalda ko’rsatilgan mavzular yakunida tavsiya etiladi. O’qituvchi talablarning bilim saviyasi va o’qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib bu mashg’ulotlarni tashkil etadi. Seminarlarni tashkil etishda o’quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja bajariladi.
Seminar va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda davlat dasturlari, qabul qilingan yangi qarorlar, maktabgacha yosh bilan bog’liq bo’lgan dasturlardan, internet ma’lumotlaridan foydalanish va mazmunan bog’lash maqsadga muvofiqdir.
Seminar mashg’ulotlariga tayyorlanish jarayonida o’quvchilar adabiyotlardagi ma]lumotlarni qunt bilan o’rganib chiqish, mavzuga doir matn tayyorlash, tadqiqt metodlari asosida tajribalar o’tkazish, shuningdek ish natijalarini jamoa bo’lib muhokama qilish tavsiya etiladi. Seminar darslarda o’quvchilarning olgan nazariy bilimi va amaliy malakalari baholanadi.seminar amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishda ilg’or pedagogic va innovatsion texnologiyalardan, internet saytlaridan, multimedia tizimlari, prezentatsiylar, kodoskoplardan foydalaniladi.
Mustaqil ishga ko’rsatmalar
Ma'lumki, mustaqil ish jarayoni har bir o’quvchi va talabada o’zgalarning yordamisiz ijodiy fikrlash mutolaa qilish, u yoki bu asar haqida fikr bildirib tanqid qilib yoki ijobiy baholash kabi malakalarini egallashga yordam beradi.
Badiiy adabiyotni, yozuvchilar ijodini mustaqil o’rganish jarayonida o’quvchilarning tafakkur doirasi yanada kengayadi, so’z boyligi ortadi, nutq madaniyatini yaxshiroq egallaydi. Asarni tahlil qilib uning badiiy qiymatini tushunadi va shu asosida estetik didi tarbiyalanadi, uning dunyo qarashi kengayadi.
O’quv rejasida bolalar adabiyoti ifodali o’qish fanidan 43 soatlik mustaqil ish bajariladi. Mustaqil ish turlari quyidagilardan iborat:
Bayon yoki insho yozish
Ma'ruza yozish
Referat yozish
Taassurot yozish
Tavsifnoma yozish
Fotoalbom va to’plam tayyorlash.
Test savollari tuzish
Izohli lug’at tuzish
Ijodiy hikoya va ertak yozish
U yoki bu asarni tahlil qilish
Badiiy asardan ko’rgazma tayyorlash «Biror bir sanaga bag’ishlab»
Oilada va sinfda kutubxona tashkil etish.
Kitoblarning kartotekasini tuzish
O’quvchilar yuqorida ko’rsatilgan mustaqil ish turlarini bajarib ma'lum malakani hosil qilishlari zarur.
Bayon yoki insho yozish orqali o’quvchida og’zaki va yozma nutqni tafakkurini rivojlantirish adabiy til xazinasidagi so’zlarni yanada ko’proq o’zlashtirish yozuvchi ijodini to’g’ri baholay olish, malakalarini egallaydi. O’quvchilarni o’zbek tilining izohli lug’ati va boshqa lug’atlardan foydalanib o’zi izlanayotgan yozuvchi yoki shoirning hayoti, faoliyati va ijodiga doir asarlarda uchragan so`zlarning lug’atini tuzish, bu so’zlarga to’liq va to’g’ri izoh berishga o’rgatish.
Raferat yozish jarayonida o’quvchini ilmiy asosda izlanib asl manbaalarga murojaat etib, u yoki bu asarning g`oyaviy mazmunini ochib berishga yo’naltirish, ilmiy ijodiy malakasini orttirish.
Shunday qilib mustaqil ishlash jarayonida o`quvchilarni o`z fikrini bildirishga, u yoki bu matn haqida umumlashma fikrlarni ayta olish va xulosa chiqarish kabi malakalarini egallashga o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |