Mustaqil ish. Bolalar bog`chasida qo`g`irchoqlar uchun kiyim–kechaklar to`qish. Internet saytlaridan ma`lumotlar olish.
34. Gazlama va qog`ozdan gul yasash.
Xonalarni bezash uchun gullarni ishlatish. soch va kiyim boshlarni bezash. Kraxmallangan gazlama va lentalardan yasaladigan gullar. Ish qurollari: qaychi, sim, qum solingan yostiqlar. Yelimlar: unli atala, PVA yelimi, g`ijim va rangli qog`ozlar. Ko`rgazmali qurollar va amaliy ish: tayyor gullar. Gullarni yasash usullarini ko`rsatish. Gullarni har xil turlaridan yasash.
Mustaqil ish. Turli xil ko`rinishdagi gullarni yasash. Internet saytlari orqali ma`lumotlar olish.
35. Bolalar bog’chasida milliy burchak.
Milliy burchaklarning ahamiyati. Bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda bezashga nisbatan talablar. Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: har xil guruxlarda milliy burchaklarni ko`rib chiqish. Daftarlarga sur’atlarni chizish. Milliy burchaklarni bezashda ishtirok etish. 1-2 ta ish tayyorlash.
36. Bolalar bog’chasida mehnat burchagi.
Bolalar ish burchagining jixozlari. Bolalar asboblari va ularni saqlash. Xo’jalik chiqindilaridan foydalanish Ko’rgazmali qurollar va amaliy ish: ish jixozlari burchagini ro`yxatga olish. Bolalar ishlari bilan tanishtirish 1-2 ish bajarish. O’yinchoqlarni ta'mirlash.
Fanni o`qitishda quyidagi vositalardan foydalaniladi.
Kinoproekter, dioproekter, magnitafon, kadaskop, televizor, videomagnitofon, shirma, videoglaz.
Quyidagi namoyish qiluvchi va tarqatma materiallardan foydaliniladi.
1. Tablitsalar
2. Xar-xil tarqatma materiallar.
3. Chizma va andazalar. Xajmli o’yinchoqlar.
4. Tayyor ishlardan namunalar. Kitobchalar.
Mustaqil ishlarga ko’rsatma.
Mustaqil ishning asosiy maqsadi o’qituvchinig rahbarligi va nazorati ostida o’quvchilarga muaiyan amaliy ishlarni mustaqil ravishda bajarish, internet tarmoqlaridan qo’shimcha adabiotlardan ma’lumotlar olish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakillantirish va rivojlantirishdan iborat.
O'quvchilar uchun mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat:
- yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o'zlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lish
- kerakli malumotlarni izlab topishnini qulay usullari va vositalarni aniqlash
- AKT manbalaridan samarali foydalanish
- an'anaviy o'quv va ilmiy adabiyotlar, uslubiy tavsiyalar bilan ishlash
- Internet tarmog'idan maqsadli foydalanish
- berigan topshiriqning amaliy bajarish
- ma'lumotlar bazasini taxlil qilish
- topshiriqlarni bajarish jarayonida ijodiy yondashish
Mustaqil ishlar davomida o’quvchilar quyidagi ma’lumotlarni to’playdilar va amaliy ishlarni bajaradilar. Qog’oz haqida ma’lumot, ishlab chiqarish jarayoni, qog’ozni paydo bo’lish tarixi va qog’ozlardan namunalar to’plash.
Mashg’ulotlar uchun ko’rgazmali qurollar yasash. Trofaret va shablon tayyorlash. Qog’ozlarni xar xil usulda bo’yashni mustaqil bajaradilar. Applekatsiyani kelib chiqish tarixi haqida ma’lumotlar to’playdilar.
O’tilgan applikatsiya turlari bo’yicha mazmunli ishlarni mustaqil bajaradilar. Qog’ozlarni turli yo’nalishda buklash orqali xar xil o’yinchoqlarni yasaydilar. Ba’zi mustaqil ishlarda ijodiy va mustaqil ish bajaradilar. Teatr mavzulari uchun tanlangan ertak uchun personajlarni yasaydilar. Tabiat materiallaridan mazmunli applikatsiya bajaradilar. Somonni qayta ishlab, rangini, o’zgartirib mustaqil mazmunli ish bajaradilar. Xar xil gazlamalardan applikatsiya ishlarini bajarib, ijodiy mavzuda kashta tikadilar va katta xajmdagi yumshoq o’yinchoq tikadilar. Spitsa va ilmoq bilan to’qilgan iplardan applikatsiya bajaradilar. Milliy burchak jixozlarini o’z qo’llari bilan loydan yasaydilar. Mehnat burchagi uchun kerakli jixozlarni rangli sur’atlarni to’playdilar.
Mustaqil ta'lim o'quvchilarninh nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari xolatdan mustaqil bilim ko'nikmalarini egallashlari uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Mustaqil ishlar davomida o'quvchilar darsdan olingan bilimlarni mutahkamlash, qo'shimcha adabiyot, ro'znoma, internet saytlaridan, jurnallardan yangiliklarni o'rganish o'quv materiali mazmunini tushunish uchun ularni reja asosida o'qish, mantiqiy tuzilmaviy sxemalar, jadvallar, rasmlar shaklida ifodalash, konspekti yozish kabi amaliy ishlarga o'rgatiladi.
O'qituvchilar tomonidan yaratilgan uslubiy qo'llanma va tavsiyalar, AKTning boy zahirasi o'quvchilr mustaqil ta'limini tashkil etishga yordam beradi.
Kurs ishi loyihasi bo'yicha uslubiy yondashuv. Kurs ishi mavzulari ta'lim sohasidagi dolzab masalalar bo'yicha tanlanib u fan uyushma yig'ilishlarida ko'rib chiqilib tasdiqlanadi. Kurs ishi mazmuni MTMlardagi ilg'or ish tajribalari o'rganish asosida yoziladi. Kurs ishi loyihasi yozishda o'quvchilar internet tarmoqlaridan, qo'shimcha adabiyotlardan foydalanib, amaliyot tajribalarga tayanib, ilmiy izlanib yozishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |