Amaliy mashg’ulot. Ta’lim-tarbiyaviy ishlarni hisobga olish.
Amaliy mashg’ulot. Maktabgacha ta’lim muassasasida tajribali tarbiyachilarning ish rejasi, hisobotini o’rganish va tahlil qilish.
Mustaqil ish. Oila tarbiyachisining ish rejasini o’rganish va tahlil qilish. Bir guruh uchun bir haftalik rejasini tuzish va uni muhokama qilish.
V. Bolalar muassasalarini tashkil qilish va ularga rahbarlik qilish. 27. Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish. Maktabgacha ta’lim muassasalari ishini yo’lga qo’yilishi. Maktabgacha ta’lim muassasalarini mablag’ bilan ta’minlash: smeta va shtatlari. Maktabgacha ta’lim muassasasining hujjatlari. Pedagoglar jamoasi va uning tarkibi.
Seminar mashg’ulot Mudira – maktabgacha ta’lim muassasasining tashkilotchisi va rahbari. Mudira ishining mazmuni, uslubiy va tarbiyaviy ishlariga rahbarligi. Mudirani tashkiliy , xo’jalik va ota-onalar bilan olib boradigan ishlari. Uning ish rejasi.
Amaliy mashg’ulot O`zbеkiston Rеspublikasida“Maktabgacha ta'lim to`g`risida”gi Nizomni o`rganish.
Mustaqil ish. Davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish. “O’zbekiston Respublikasida davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risidagi Nizom”ni o’rganish.
Amaliy mashg’ulot -aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan, aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli nazariy darslarda olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali didaktik harakatlarga aytiladi.
Nazariy darslarda kerakli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatdan ilgariroq berilishi ta’minlanadi. Amaliy mashg’ulotlarda ta’lim beruvchi ish o’rnida faqat ish topshiriqlariga tegishli qo’shimcha bilimlarni berishi kerak. Agarda amaliy mashg’ulotlarda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarninh dastlabki bilimlarida kamchilik borligini aniqlasa, u kerakli nazariy bilimlarni beradi.
Seminarlar: Seminar mashg’ulotlarini tayorlash jarayonida o’quvchilarga adabiyotlardagi materiallarni qund bilan o’rganib chiqish, fanga doir referat tayyorlash , amaliy topshiriqlar bajarish shuningdek ish natijalari jamoa bo’lib muhokama qilishni tavsiya etish.Seminar darslarda o’quvchilarni olgan nazariy bilimi va amaliy malakalri baholanadi. Seminarlarni tashkil etishda va o’tkazishda ilg’or pedagogic va innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish,o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari, (guruhlarda ishlash,davra suhbatlari,muhokamalar) metodlari va ta’lim vositalari,multimedia tizimlari ,kodoskoplardan foydalanadi.