Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
-
ma`naviy – ma`rifiy yo`nalishdagi adabiyotlarni tahlil qilish;
-
tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda asosiy omillarni ajratish;
-
o`qituvchilar ilg`or tajribalarini o`rganish va umumlashtirish;
-
o`quvchilar jamoasi bilan ishlash;
-
o`quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning shakllari uchun manbaa tanlash;
- o`z ishining natijalarini tahlil qilishni.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
- maktabda tarbiyaviy ishlarning asosiy mazmuni va vazifalari;
- tarbiyaviy ishlarning milliy va nazariy asoslari;
- sinf rahbari ishini tashkil qilish metodikasi;
- o`qituvchilarning o`quvchilar jamoasi bilan ishlash usullari;
- tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish yo`llari va vositalari;
- ota – onalar va jamoatchilik bilan ishlash shakllari.
Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma – ketligi
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma’lumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada tarbiyaviy ishlar metodikasi fani uchun manba bo`ladi. Boshqa fanlar kabi tarbiyaviy ishlar metodikasi fani har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanish qoidalari to`g`risidagi ma’lumotlarga asoslanadi va o`zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. Shu sababli pedagogika, pedagogika tarixi, falsafa, psixologiya, estetika, tabiatshunoslik, ma’naviyat asoslari, “Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim - tarbiya nazariyasi va metodikasi” kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo`yicha tavsiyalar
Yosh pedagoglar mutaxasislik bo`yicha mavjud bilimlaridan tashqari o`quv jarayoniga qadam qo`yar ekanlar, pedagogik va psixologik bilimlar, tarbiya texnologiyalari va o`qitish metodikasiga doir zarur pedagogik bilimlarni egallagan bo`lishlar kerak. Asosiy masalalar quyidagicha belgilanadi:
-
o`qitish jarayonining samaradorligini ta’minlovchi pedagogik malakalarni shakllantirish;
-
ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo`naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish;
-
o`qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini egallash;
-
o`qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o`qitish texnologiyasini egallash.
-
Ta’lim berishning zamonga xos texnik vositalaridan – slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |