Tursunboy Adashboyev
T.Adashboyevning ijodiy yo`li. She`rlarida ko`tarilgan asosiy masalalar.
Amaliy ish. Asarlarning matni ustida ishlash.
10-mavzu. Istiqlol davridagi bolalar adabiyoti (XX asr oxiri XXI asr boshi)
Hamza Imomberdiyev, Kavsar Turdiyeva va boshqalar.
Istiqlol davrida bolalar uchun ijod qilayotgan shoir va shoiralar, yozuvchi va adiblarning ijodiy faoliyati haqida umumiy sharhlov ma`ruzasi orqali asarlardagi g`oyalar ochib beriladi.
Hamza Imomberdiyev, Kavsar Turdiyevalarning asarlari matni ustida ishlash.
11-mavzu. Test sinovlari va ijodiy ishlar
Bolalar adabiyoti fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Bolalar adabiyoti fani bo`yicha amaliy ishlar har bir mavzu yakunida tavsiya etildi. O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o`qitish shart – sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy ishlarni tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja berish maqsadga muvofiq. Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy ishlarni tashkil etish o`quvchilarning mustaqil ishlarining davomi bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |