O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


Quyidagi gaplarni o‘qing. So‘zlar tarkibida kelayotgan nutq tovushlariga e’tibor bering. Tovushlarning akustik, talaffuz hamda vazifaviy tomonlariga diqqat qiling



Download 0,71 Mb.
bet33/134
Sana16.12.2022
Hajmi0,71 Mb.
#888922
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   134
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O

51-mashq. Quyidagi gaplarni o‘qing. So‘zlar tarkibida kelayotgan nutq tovushlariga e’tibor bering. Tovushlarning akustik, talaffuz hamda vazifaviy tomonlariga diqqat qiling.

Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan» degan so‘zda mujassamlashgan. Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan? (Setseron) Eng maqbul fazilat — Vatanga va odamzodga ko‘rsatilgan xizmatdir. (J. Delit) Kimki o‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi. (J. Bayron) Vatanga bo‘lgan muhabbatim meni ajnabiylar yutug‘idan ko‘z yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, Vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo‘lsa, Vatanimni jahon­dagi xazinalar bilan shunchalik boyitgim keladi. (F. Volter) Saxovatning eng buyuk jasurliklari Vatanga bo‘lgan muhabbat tufayli vujudga keladi. (JRusso) Vatan uchun chala ish qilish uning uchun hech nima qilmas­likdir. (M. Robespyer) Kimki o‘z Vataniga daxldor bo‘lmasa, u insoniyatga ham daxldor emas. (V. Belinskiy) Kimki Vatanini xor qilsa, u oilasidan ham, bor-budidan ham ayriladi. (P. Kornel) O‘z Vataniga dog‘ tushirish uni sotish degan so‘z. (V. Gyugo) O‘z yurtidan yuz o‘girganlar o‘z vijdon­laridan ham yuz o‘giradilar. (Y. Galan) Vatanga nafi yo‘q yashalgan har kun inson hayotini qilur bemazmun. (M. Solmon-Sovajiy)




52-mashq. Matnni o‘qing. Nutq tovushlarining so‘zdagi o‘rinlariga diqqat qiling. Ularning o‘rinlarini almashtirsak, ma’noning butunlay o‘zgarib ketishi sabablarini tushuntiring.
«Ey ... Ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi? Holing qalay­dir? Nechuk kunlarga qolding?
Ey ... Temurlarning, o‘g‘uzlarning ... shonli beshiklari! Qani u chiqdig‘ing yuksak o‘rinlar? Qullik chuqurlarig‘a nedan tushding?!
Dunyoni «urho»lari bilan titratgan yo‘lbars yurakli bolalaring qani? Yer tuprog‘ini ko‘klarga uchiraturg‘on tog‘ gavdali o‘g‘lonlaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydir?
Yer yuzining bir necha polvonlari bo‘lgan botir turklaring qani? Nechun chekindilar? Nechuk ketdilar? Kurash maydonlarin o‘zgalarga nechun qo‘ydilar? Nechun... nechun...nechun..?
Gapur menga, ey Ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi?
Yer yuzining buyuk saltanatlarini sen qurmadingmi? Hindistonning, Eronning, Ovro‘poning ulug‘ xoqonlarini sen yubormadingmi? Ey, xoqonlar o‘chog‘i? Ey qahramonlar tug‘oyi! Qani u chaqmoq chaqishli botir xoqonlaring? Qani avvalgi o‘q yurushli, otli beklaring? Nechuk «urho»lari eshitilmaydur?
Dunyo xalqini bo‘ysundirmagan saltanatlaring nechun buzuldi?
Insonlik olamini qanotlari ostinda olgan xoqonlig‘ing nechun kuchi o‘ldi? Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi qoldi?
Yo‘q... yo‘q... Tangri haqi uchun, yo‘q!.. Sen kuchsiz emassan, sen kimsasiz emassan! Bugun yer yuzida sakson millo‘n bolang bor. Bularning tomirlaridagi qon Chingizlarning, Temurlarning qonidir.
Bularning kuchlari sening kuchingdir!
Ey Ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Qayg‘urma! Eski davlating, eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, hech biri yo‘qolmamishdir.
Yolg‘iz...Oh, yolg‘iz... tarqalamishdur».
(Abdurauf Fitrat)



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish