O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Qatra handalarni o‘qing. Gaplarni sintaktik tahlil qiling



Download 0,51 Mb.
bet8/135
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740669
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   135
Bog'liq
Hozirgi ozbek 1-bosqich

11-mashq. Qatra handalarni o‘qing. Gaplarni sintaktik tahlil qiling.

— Nasihat nima?


Ham malham, ham zahar.
— Nima uchun?
— Me’yorida bo‘lsa tuzatadi, agar oshib ketsa zaharlaydi.
O‘qituvchi:
— Qani, terlatadigan vositalarni sanab bering-chi?
O‘quvchi:
— Birinchisi — bu sizning savolingiz, domlajon.
Revmatizm bilan kasallanib, shifoxonada yotib chiqqan ota uyiga kelgach, dedi:
— Mana, endi men butunlay sog‘ayib ketdim — revmatizm balosidan qutuldim.
— Iya, bizga endi ob-havoni kim oldindan aytib beradi, — dedi o‘gil.
(«Gulxan»dan)


12-mashq. Maqollarni o‘qing, yod oling. So‘zlarni turkumlarga ajrating.

Mehnat — hayot tomiridagi qon.


Bugungi mehnat — ertaning rohati.
Mehnatni hurmatlasak, u bizni e’zozlaydi.
Inson mehnat bilan ulug‘lanadi.
Baxtning kaliti mehnatning cho‘ntagida.
Bog‘-u bo‘stonlar — mehnat mahsuli.
Gul uzishdan oldin gulzor yaratadilar.
Mehnatkash odam fisq-fasod gaplarni bilmaydi.
Mehnat odamni hayot qiyinchiliklaridan qutqaradi.
Yalqovlik bor yerda ko‘z bo‘yash bor.
Yumshoq paxta qattiq mehnatning mahsulidir.
Mashaqqatning mahsuli farog‘atdir.
Odam mehnatini yoysa, mehnati uning shuhratini yoyadi.
Odam bahosizdir, ammo uni mehnati baholaydi.
Mehnat — yo‘qchilikning kushandasi.
Mehnat orom berib uxlatadi, kamchilik esa chimchilab uyg‘otadi.
Mehnatning ko‘zini topgan, rohatning o‘zini topadi.
Mehnat — hayot ziynati.


13-mashq. O‘zbekiston Respublikasining «Mustaqillik deklaratsiyasi» matnini topib, o‘qing. Undan parcha ko‘chirib, so‘zlarni so‘z turkum-lari bo‘yicha tahlil qiling.


14-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, gaplarni sintaktik tahlil qiling.

Ota-bobolarimiz, momolarimiz bizga yoshligimizdanoq ozodalik, pokizalik, saranjom-sarishtalik, halollik va harom-xarish haqida yetarli tushunchalar, ma’lumotlar berib, ularni imkoniyat darajasida o‘ziga xos pand-u nasihatlar bilan ongimizga singdirishga uringanlar. Eng asosiysi, bu borada o‘zlari betakror ibrat namunasini ko‘rsatishgan. Axir, qush inida ko‘rganini qiladi deb, bejiz aytishmagan. Mana, ulardan bizgacha yetib kelgan ibratomuz pand-u nasihatlardan ayrim namunalar: «Bolam, ariqdan oqayotgan suvga aslo tuplama, axlat tashlama, gunohi azim bo‘ladi»; «Nonning uvog‘ini oyoqosti qilma, toptama, ko‘zing ko‘r bo‘lib qolishi mumkin»; «Ostonasi saranjom-sarishta joyda farishta bo‘ladi»; «Uyingni ozoda, pokiza saqlayman desang, ostonangni ozoda tut»; «Onangni otangga bepardoz ko‘rsatma» va shu kabilar.




HOZIRGI o‘ZBEK ADABIY TILI TA’LIMI

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish