o‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
o‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING «LOTIN YOZUVIGA
ASOSLANGAN o‘ZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISH
To‘G‘RISIDA»GI QONUNIGA o‘ZGARTIRISHLAR
KIRITISH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrida qabul qilingan «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 331-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1. 1-moddadagi «31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan» so‘zlari «26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan» so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. C c, harflari mustaqil harf belgisi sifatida alifbodan chiqarilsin.
3. Х х, harfl O‘o‘ shaklida, harfi G‘g‘ shaklida, harfi Sh sh shaklida, З з harfi Ch ch shaklida, С с harfi Ng ng shaklida, Q harf belgisi q shaklida ifodalansin.
4. A a, I i, G g, G‘ g‘, Q q, o‘ o‘, Z z harflari va Ch ch harflar birikmasining yozma shakli tegishlicha Aa, Ii, Gg, G‘g‘, Qq, O‘o‘, Zz, Ch ch tarzida ifodalansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. KARIMOV
Toshkent shahri,
1995-yil 6-may.
83-mashq. Matnni o‘qing. Undagi harflarning yozilishiga diqqat qiling.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1991-yilning 18-noyabr kuni tasdiqlangan.
Bayrog‘imizdagi moviy rang — osmon va obihayot, oq rang – muqaddas tinchlik, yashil rang — tabiatning yangilanish ramzidir. Qizil chiziqlar vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudratni ifodalaydi. Navqiron yarimoy — ayni paytda qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz, 12 yulduz — madaniyatimizning qadimiyligini, xalqimizning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatiga intilishi ramzlaridir.
84-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing. Unli tovushlarni aniqlab, ularga tavsif bering.
Yurtimizning hamma joylarida kichkinagina, kishini hayratda qoldiradigan darajada yoqimli sayraydigan malla rang qushcha — bulbul uchraydi.
Bulbul qirg‘oq bo‘ylaridagi to‘qayzor, butazorlarda, suvi ko‘p bo‘lgan bog‘ va qishloqlarda, tog‘lardagi o‘rmonzorlarda yashaydi. U Arabiston yarimorolining janubida qishlab, aprelning oxirida yurtimizga uchib keladi. Yozda O‘zbekistonda yashab, sentabrda yana uchib ketadi.
Bulbul — tabiatning noyob in’omidir. Uni himoya qilish kerak.
(P. Yusupova)
Savollar
1. Grafika nimalarni o‘rgatadi?
2. O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alif-bosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?
3. O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alif-bosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?
Do'stlaringiz bilan baham: |