Kuyish va kuyish shokini davolash. Kuyishni davolash mahalliy va umumiy davolashlarga bo'linadi. Mahalliy davoochiqvajarrohlik yo'li bilan olib boriladi.
Kuyish shokini davolashdan oldin bemorning shok darajasini, qaysi usullar bilan shokdan chiqarish mumkinligini aniqlash kerak. Yo'qotilgan plazma va suv-tuzlar miqdorini aniqlash, nimalarni qaysi nisbatda quyish kerakligini aniqlash zarur. Bundan tashqari, kuyish maydoni necha foizligini, bemor yoshini, kuyish chuqurligini, laboratoriya ko'rsatkichlarini aniqlashning ahamiyati katta. Kuygandan keyin o'tgan vaqtning ahamiyati ham katta, chunki kuygandan keyin 8—12 soat ichida bemor organizmi suyuqlikni haddan tashqari ko'p yo'qotadi. Agar o'z vaqtida yordam berilmasa, organizm nochor holga tushib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |