1 Шт Ш&а «MS I i «ш mm mm. 'mm
mumkin. Bunday paytda albatta rezus omilni tekshirib ko'rish zarur, chunki ayrim paytlarda ahvoli og'ir bemorlarda reaksiya chiqaruvchi antitanalar paydo bo'lib, o'z xo'jayiniga qarshi kurashadi.
Homiladorlikning 7—8 haftasidan boshlab rezus omil paydo bo'ladi va homilaga o'tadi. Antitanalar organizmda qon quyganda-gina emas, hatto har qanday oqsilni quyganda ham paydo bo'ladi. Bunda organizmning antigenga sezuvchanligi oshib boraveradi va navbatdagi qon yoki oqsil quyishlar ko'ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin.
Antitanalar uch guruh: getro, izo va auto antitanalarga bo'linadi. Getroantitanalar organizm uchun uncha xavfli emas. Ular hayvonlar oqsiliga sezuvchan. Izoantitanalar begona qon plazmasi yoki rezus manfiy qon quyishdan paydo bo'ladi va kuchli asoratlar keltirib chiqaradi. Autoantitanalar esa organizmning o'zida bo'ladigan antigenlarga qaratilgan bo'lib, ular og'ir holatni kutib turadi va o'z xo'jayiniga qarshi kurasha boshlaydi. Dastlabki davrda ular organizmni himoya qilish uchun agressorga qarshi, kuchi yetmaganidan keyin o'z xo'jayiniga qarshi kurashadi yoki bosh-qacha qilib aytganda organizmning reaktiv holati o'zgaradi. Shun-day holatlarda biror dorini yuborish kuchli 'reaksiya yoki anafilaksiyaga olib kelishi mumkin. Yuborilgan dori bu yerda gapten rolini o'ynaydi, ya'ni antigenga hos ish tutadi. Shuning uchun ham og'ir holatdagi bemorlarda o'tkir ichak kasalliklari kuzatiladi.
Gipertermiya holatidagi bemorlarda har qanday yuborilgan doridan reaksiya yoki anafilaksiya kutish mumkin. Hech kim, hech qachon anafilaksiya va reaksiyadan kafolatlangan emas, faqat o'z vaqtida aniqlab davo choralarini o'z vaqtida boshlash kerak.
Qon quyish uchun badalli va badalsiz donorlardan tayyorla-nadi. Hozircha qonning o'rnini bosadigan birorta modda yo'q. Keyingi vaqtlarda sun'iy qon ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan bo'lib, u flyuzal deb ataladi. Undan foydalanish hali ommaviy tus olgani yo'q.
Qon maxsus retseptlar asosida yoki konservantlarda oldindan salomatligi tekshirilgan donorlardan tayyorlanadi. Tayyorlangan qon hamma tahlillardan (qon guruhi, rezus omillar, billirubin, R-Xedellson, Vasserman, SPID va h.k.) o'tgandan so'ng quyishga ruxsat beriladi. Donorlardan olingan qonni 1—3 kun orasida quyish
] 72 iSBa "**» ■*" аша ■" ишв мв|* *■*■ шт1 тт *"■* ■■■ ■"■ ■*■ "■*■вшш ■■■ "■■ ""* """ "™ ■**•'
juda foydalidir. Konservatsiya qilingan qondan tashqari toza olingan qon (u ham konservantga olinib, o'sha zahoti quyiladi), geparinlangan qon (konservanti bo'lmagan flakonlarga 250 bir., geparin 50 ml, fiziologik suyuqlik ustiga donordan qon olinadi) 30—60 daqiqa davomida quyilishi kerak. To'g'ridan-to'g'ri qon quyish oldindan aniq bo'lgan donordan bemorga qon shprislari yoki maxsus apparatlar yordamida quyiladi. Qondan tashqari transfuziya maqsadida qon preparatlari ham keng qo'llaniladi. Ularga eritrotsitar massa, yuvilgan eritrotsitlar, muzlatilgan erit-rotsitlar, quritilgan plazma, nativ plazma, 5; 10; 20 % li albumin va proteinlar kiradi. Ularni qoida va ko'rsatmalarga rioya qilgan holda quyish asoratlardan holi qiladi. Qon, asosan, vena ichiga, arteriya ichiga tomchilatib yoki tezlikda yoki bosim ostida quyiladi. Infuzion suyuqliklar esa tomir ichiga, teri ostiga, suyak ichiga, portal sistemaga, to'g'ri ichakka tomchilatib quyiladi. Ko'rsatmaga muvofiq bularni ham tezlatib yoki tomchilatib quyish mumkin.
Qon quyishga mutloq ko'rsatmalardan biri bemor hayotini saqlab qolish yoki uni sog'lomlashtirishni tezlashtirishdan iborat. Bemor hayotini saqlash bilan bog'liq ko'rsatmalar bo'lganda har qanday moneliklar kun tartibidan olib tashlanishi kerak. Qon quyishga ko'rsatmalar bemorning tashxisiga qarab emas, kasallikning kechishi va asoratlariga qarab aniqlanishi, qon quyishdan yoki infuzion terapiya o'tkazishdan oldin shifokor nima, qayerga quyish kerakligini, quyish tezligini, miqdorini, ko'rsatma va moneliklarini aniqlab olishi kerak. Septik endokarditning og'ir formasida, kichik qon aylanish doirasida dimlanish paytida, tomir-yurak yetishmovchiligining og'ir formalarida, terminal nefritlarda qon quyilmaydi. Bu paytda muolaja qilish-qilmaslik bemor ahvoliga qarab hal qilinadi.
Qon quyishdagi asoratlar qonni tayyorlash, uni saqlash va quyish texnikasining buzilishiga bog'liq. Ko'pchilik asoratlar shoshilinch xizmat ko'rsatgan paytda uchraydi. Sababi shifokor uchun bemor, uning qon guruhi, rezus omili, bemorning kclajagi, allergik anamnezi va boshqa holatlari noaniq, lekin bemor hayotini saqlash uchun gemotransfuziyaga to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatma bor. Ana shunday paytlarda asoratlarni kamaytirish maqsadida bemorga yordamni oddiy suyuqlik quyishdan boshlash kerak.
173
Do'stlaringiz bilan baham: |