6.9. Miyaga qon quyilishi natijasida sodir bo'ladigan koma, insultlar yoki apopleksik koma
Miyaga qon quyilishi yoki insult lotin tilidan olingan bo'lib, „insultare — sabchish, sakrash" ma'nosini beradi. Miya insultida miyada qon aylanishining o'tkir buzilishi sodir bo'ladi. Bu esa o'z navbatida miyada destruktiv o'zgarishlar ro'y berishiga olib keladi. Miya insulti ikki ko'rinishda bo'ladi: gemorragik, ya'ni miya to'qimalariga qon quyilishi — biron tomir yorilishi natijasida va ishemik insult, ya'ni miyaning ma'lum bir qismiga qon bormasligi natijasida qon quyilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |