O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Download 1,11 Mb.
bet41/153
Sana13.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#446209
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153
Bog'liq
O\'rta maxsus, kasb-hunar ta\'limi markazi o\'zbekiston respublikas

3.7. Bronxial astma
Asmatik holat bronxial astma kasalligida kuzatiladi. Bronxial astma kasali ko'p tarqalgan kasallik bo'lib, bu kasallik natijasida bo'ladigan o'lim 2—3 % ni tashkil qiladi. Hozirgi paytda bu kasallik bolalar orasida ham keng tarqalgan. Bronxial astmada nafas yo'llari berkilib yoki torayib qoladi, bronxlar yoki traxeyaning berkilib qolishiga sabab turli xil qitiqlovchi yot narsalar (xususan, suyuqlik va balg'amlar, nafas yo'llarining yallig'lanishi) ta'sirida bronxlar spazm holatiga keladi — bronxospazm sodir bo'ladi.
Bronxospazm, bu — bronxlar silliq muskullarining qisqarishi, bronxning yallig'lanish natijasida ajralgan suyuqliklardan to'lib qolishi, shilliq qavatning shishishi, mayda bronxlarning esa berkilib qolishidir. Ayrim kasalliklar ham bronxial astma klinikasini beradi, ya'ni ularda ham bronxlar qisilib qolishi mumkin. Bunday holatlarga o'pka shishishi, bronxoektaz kasali, nafas yo'llarining surunkali kasalliklari xuruji, Mendelson sindromi, bronxlarning o'sma kasalligi va boshqalar misol bo'lishi mumkin.
Bronxial astma shartli ravishda infeksion allergikva atipik turlarga bo'linadi.
Infeksion allergik bronxial astma yuqori va past nafas yo'llari, o'pka bronxlar yallig'lanishi natijasida kelib chiqadi. Atipik formasi esa bemorni biror allergen, chang, ayrim dorilar hidi yoki allergiya mahsulotlarini iste'mol qilganda kelib chiqadi. Ayrim bemorlar bronxial astma kasali bilan kasallanib, gormonlar bilan davolanib yurganlarida, gormon preparatlarini iste'mol qilishni to'xtatsalar, bronxial astma qo'zg'ashi mumkin. Bronxial astma xuruji astma holati (status astmaticus) deb ataladi. Bemorga o'z vaqtida yordam berilmasa xuruj bir necha sutka davom etishi mumkin. Bronxial astma xurujini ekzogen, endogen sabablar, atmosferaning tez o'zgarishi, ruhiy taranglik, ayrim endokrin kasal­liklar keltirib chiqarishi va qo'zg'ashi mumkin. Bronxial astma kasalligining kelib chiqishiga yuqorida aytib o'tilgan sabablardan tashqari, antigen — antitana reaksiyasi natijasida sodir bo'ladigan biologik faol moddalari, kininlar, brodikininlar, seratonin va gistaminlar ham sabab bo'lishi mumkin. Bronxial astma xurujida betta adrenoreseptorlar bilan blokada qilish asosiy o'rinni egallaydi.
Betta adrenergik reseptorlar nima? Ular alfa va betta reseptor-larga bo'linib, alfa adrenolitiklarni tomirlar devoriga, betta adrenolitiklami bronxlar devoriga joylashishidir. Ular blokadaga uchragan bo'lsa, adrenalin, efedrin qo'llab ham bronxial astma xurujini ochish qiyin. Bronxial astma xuruji paytidagipoksiya, giperkapniya sodir bo'ladi. Demak, bronxial astma xuruji patogenezida, bronxlarning spazmi, nafas yo'llarining berkilib qolishi, o'pkada qon aylanishining buzilishi, kichik qon aylanish doirasida qonning dimlanishi muhim o'rin egallaydi. O'pka-yurak yetishmovchiligining ortib borishi bemor o'limiga sabab bo'lishi mumkin.
Bronxial astma xuruji klinikasi uch bosqichda kechadi:

  • birinchi bosqich, kompensatsiya — moslashish bosqichi bo'lib, bemor o'zi uchun qulay holat axtaradi, qo'llarini karavot yoki yerga tirab o'tiradi, hansiraydi, taxikardiya,
    gipertenziya sodir bo'ladi, balg'am quyuqlashadi, bemor lablari, tirnoqlari ko'karadi, yo'tal qiynaydi, lekin balg'am ajralmaydi;

  • ikkinchi bosqich — bemor hushida emas yoki eyforiyada, badan sovuq ter bilan qoplangan, bo'yin tomirlari bo'rtib chiqqan, nafas olishda nafas mushaklari qatnashadi, o'pkada
    nafas sust eshitiladi, chunki bronxlar berkilib qolgan bo'ladi, tomir urishi tezlashadi, A/B pasaya boradi, balg'am ajralishi qiyinlashadi;

  • uchinchi bosqich

  • terminalholatnieslatadi.

Bemor gipoksiyaholatida, nafas tez vayuzaki bo'ladi, tomir urishi ipsimon, qon bosimini aniqlab bo'lmaydi.O'pkada nafas eshitilmaydi. Badan sovub qoladi, aritmiyalar paydo bo'ladi, qon quyuqlashadi, siydik miqdori kamayadi, asidoz holati rivojlangan bo'lib, balg'am ajralishi qiyinlashadi.
Birinchi navbatda o'pkada havo almashinishini yaxshilash va bronxlar spazmini yechish choralari ko'riladi. Bemor yotqizilib (agar yota olsa) yoki o'tqazilib, burun katetrlari orqali kislorod yuboriladi. Bronxolitiklar yuborish birinchi vazifalardan hisoblanadi, kechiktirmasdan betta adrenolitiklar qo'llanilishi kerak.
Salbutamol va alupentlarni aerozol sifatida kislorodga qo'shib berish maqsadga muvofiqdir, keyinchalik gormon — gidrokartizon, prednizalon tomirga yuboriladi. Antigistaminlar — xlorli kalsiy yuborishni unutmaslik kerak. Bronxlardagi balg'amlarni suyultirib chiqarish maqsadida tripsin, himotripsin, mukaltinlar aerozol sifatida yuboriladi. Yo'qotilgan suvning o'rnini to'ldirish va qonni suyultirish maqsadida vena ichiga 5 % li glukoza, fiziologik suyuqliklaf, reopoliglukinlar yuborish maqsadga muvofiq. Asidoz holatini olish maqsadida tomir ichiga 4 % li soda eritmasi hamda • sodani aerozol sifatida yuborish ham mumkin. Yuqoridagi usullar bilan bronxial astma xuruji o'tmasa, ftoratan bilan narkoz beriladi. Ftorotanni yuborishda ehtiyot bo'lish kerak, u yurak mushaklariga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Ftorotan shifokor ko'rsatmasi bilan beriladi.
Bronxial astma hurujida yallig'lanishning oldini olishning ahamiyati katta. Bu maqsadda gormonlardan tashqari antibiotik-lar ham beriladi. Bronxlar bronxoskop yordamida balg'amdan tozalanib, yuviladi. Yuvish uchun eng yaxshi vosita issiq fiziologik eritmadir. Yuqorida qayd qilingan usullar yordam bermasa, bemor intubatsiya qilinib, sun'iy nafas berishga o'tiladi. Intubatsion naycha orqali kislorod, antibiotiklar yuborilib bronxlar yuvilishi ham mumkin. Bronxial astma huruji o'tgach, bemor nafasi yaxshilanib, gipoksiyabelgilari ketib, bemor hushiga kelgach ekstubatsiya qilinadi va bemor o'zi erkin nafas oladi.
Sizga hamshiralik jarayonidan ma'lumki, hamshira tashxisi, bemorning ahvoli, muammosi va klinik belgilaridan kelib chiqqan holda, bemor ahvoliga qarab, o'zgarib turadi. O'NY bilan kelgan bemorning ko'krak qafasini, og'ir shikastlanish bilan kelgan bemor misolida ko'raylik. Ma'lumki ko'krak qafasi a'zolari shikastlan-ganda yoki ularda jarrohlik muolajalari o'tkazilgandan so'ng bemorni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Parvarish e'tibor talab qiladi, chunki bunday bemor ko'krak qafasidagi shikastlanish tananing boshqa shikastlanishlari bilan birga qo'shilib keladi. Shularni hisobga olib, bemorni parvarish qilish eng tajribali hamshiraga topshiriladi. Bunday bemorlar yotgan xonada doimiy kislorod berish uchun barcha moslamalar, qon va suyuqliklar quyish uchun kerakli asbob va anjomlar, intubatsiya va venaseksiya, venapunksiya uchun asbob-uskunalar, nafas yo'llarini tozalash uchun elektrso'rg'ichlar va sun'iy nafas berish uchun barcha jihozlarni hamshira oldindan tayyorlab qo'yishi kerak. Bemorga qulaylik bo'lishi uchun uni moslashtirilgan karavotlarga yotqizish yoki Fovler holatini berish maqsadga muvofiq. Yuqoridagi talablar bajarilgandan so'ng hamshira, tashxis qo'yishga kirishadi.
Hamshiralik jarayonida tashxis qo'yish tartibi quyidagicha: bemor ahvoli belgilanadi, obyektiv tekshirishlar o'tkaziladi, ya'ni bemorning kasallik tarixi, ijtimoiy ma'lumotlar, kasallikning rivojlanish tarixi sabablari, bemorning ruhiy holati va boshqa anamnezlar yig'ilib, obyektiv tekshirishlar: ko'zdan kechirish, palpatsiya qilib ko'rish, yurak tonlarini eshitib ko'rish (auskul-tatsiya), qon bosimini o'lchash, tomir urishini aniqlash va tana haroratini o'lchash hamda bemor holatini og'irlashtiradigan omillar aniqlanib, boshqa tekshirish usullari — tahlillar (EKG, UZI, bioximik va klinik) maxsus kartaga yoki hamshiralar olib boradigan kasallik tarixiga yozib boriladi.
Masalan, L. nomli 25 yoshli bemor og'ir ahvolda tez yordam mashinasida olib kelindi. Shifokorning dastlabki tashxisi shunday: bemor ko'krak qafasi yopiq shikastlangan, qovurg'alar singan, o'ng tomonlama gemotoraks, kalla-miya shikastlangan, o'ng son suyagi singan, travmatik shok.
Hamshira bemor ahvolini baholab, ma'lumotlar, ko'rsat-kichlarni alohida muhokama qilib, bemor ehtiyojlarini aniqlaydi, muammolarning muhimligini, ya'ni qaysi muammo birlamchi, qaysinisi ikkilamchi ekanligini aniqlaydi. Hamshira bemor ahvolining og'irlashib qolishini oldindan ko'rib bilishi kerak. Shunday ekan hamshira tashxisi quyidagicha boiadi: bemor befarq, nafas olishi tez-tez, lablari ko'kargan, sovuq terbosgan, tana harorati ko'tarilgan, pulsi tezlashgan, qon bosimi pasaygan, xirillab nafas olmoqda, eyforiya holatida, o'ng o'pkada nafas eshitilmaydi, nafas olishda qo'shimcha nafas mushaklari qat-nashmoqda, — deb kuzatuv varaqasiga yozib qo'yadi, shuningdek, birlamchi kechiktirib bo'lmaydigan muammolarni hal qilish uchun ish tutishi kerak. Bir vaqtning o'zida shifokorni chaqirib o'z tashxisini asoslab beradi.
Hamshira tashxisi — hamshiraning klinik mulohazalaridir.




Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish