O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Download 1,11 Mb.
bet37/153
Sana13.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#446209
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   153
Bog'liq
O\'rta maxsus, kasb-hunar ta\'limi markazi o\'zbekiston respublikas

Oksigenoterapiyaning quyidagi usullari qo'llaniladi: nafas yo'llariga kislorod yuborish yoki ingalatsiyali oksigenoterapiya; giperbarikoksigenoterapiya; entral oksigenoterapiya; transfuzial oksigenoterapiya; ekstrakorporal oksigenoterapiya (medikamentoz, gipoksiyaga qarshi terapiya).
Ingalatsiyali oksigenoterapiya maxsus apparatlar bilan amalga oshiriladi. Ular yordamida bemorga 40—60 %, ba'zan 100 % gacha kislorod berish mumkin. Kislorod bemorga turli katetrlar, niqoblar, intubatsion naychalar, traxeostomik naychalar orqali uzatiladi.
Giperbarik oksigenoterapiyada kislorod maxsus apparatlar yordamida bemor organizmiga yuqori bosim ostida yuboriladi. Ekstrakorporal oksigenoterapiya maxsus klinikalar yoki ilmiy-tekshirish maqsadlarida qo'llaniladi. Hozirgi paytda bu usul amalda keng qo'llaniladi. Bunda dorilar yordamida gipoksiyaga qarshi kurashiladi, ko'pincha , dizoksiya (yoki to'qimalarda kislorod sarfining buzilishi) holatlarida ishlatiladi. Bunda to'qimalarda modda almashinuvi yaxshilanadi. Dorilardan droperidol, amina-zin vabettaadrenolitiklar qo'llaniladi. Ayrim guruh antigipok-santlar to'qimalarda metabolizm jarayonini to'xtatadi, ularga: barbituratlar, Gomk, vitamin, E-kofermentlar, aminokislotalar, unitiol, metiluratsillar kiradi. To'qimalarda metabolizmni boshqarish uchun (dorilar yordamida) mikrosirkulatsiyani, reologiyani yaxshilash, umumiy qon aylanish hajmini to'ldirish, o'pka-yurak faoliyatini yaxshilash kerak. To'qimalar faoliyatini yaxshilash uchta: energiya beradigan mahsulot, kislorodni uzatish, energiyani to'qimalarga yetkazish, metobolitlarni olib chiqish jarayonini bajarish zarur. Reanimatologning vazifasi shu uchala jarayonni to'g'ri tashkil qilishdan iborat.
Respirator terapiyani oksigenoterapiyaning davomi desa ham bo'ladi. Balg'am nafas yo'llariga to'planib qolgan ahvoli og'ir yoki koma holatidagi bemorlar uchun bu xavflidir. Shifokor tezda bronxlarda paydo bo'ladigan balg'amning o'zi chiqishiga erishishi (bu degani, bronx ichki devorida joylashgan mukotsillar tomonidan balg'amni chiqarish, yo'talish orqali alveolalar ichidan balg'amni nafas yo'llariga chiqarish); balg'amni sun'iy yo'l bilan chiqarishi kerak. Bu maqsadda posdural drenaj va yo'talni qo'zg'atish usul­lari qo'llaniladi. Bu usulda vibratsion uqalash (ko'krak qafasini silkitib massaj qilish) ham katta foyda beradi.
Aerozol terapiya usuli qo'llanilganda maxsus ingalyatorlar, purkagichlar va dorilar kerak bo'ladi. Dorilardan gormonlar, tripsin, Bobrov apparati, antigistaminlar, antibiotiklar, bronxolitiklar, shuningdek suv qo'llaniladi. Dorilar yuqorida aytganimizdek, nafas yo'llariga maxsus purkagichlar bilan purkaladi. Preparatlar balg'amni eritib, yopishqoqligini kamay-tiradi. Traxeoinstilatsiya, bu—intubatsion naycha yoki mikro-traxeostoma orqali yuqorida sanab o'tilgan dori yoki suyuqliklarni to'g'ridan-to'g'ri nafas yo'llariga yuborishdir.
Posdural drenaj, ya'ni bemorning holatini o'zgartirish bilan balg'amni chiqarib tashlash mumkin. Ko'pincha bemor boshini pasaytirib, karavotning oyoq tomoni ko'tariladi. Yurak yetish-movchiligi va miya shikastlarida gemodinamikaga ta'sir qilish mumkin. Posdural drenaj tebranma (vibratsion) massaj bilan birga qo'llanilganda foydali bo'ladi.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish