4.2. Qon aylanishining buzilishi
Og'ir holatlarda qon aylanishi bir necha bosqichda buziladi. Birinchi bosqich — stress, katexolominemiya, arteriolalar va venulalar spazmi. Kapillarlarda qon aylanishi kamayib, shuntlar ishga tushadi, kapillarlarda agregatsiya paydo boiadi.
Ikkinchi bosqich — qon aylanishining kapillarlarda buzilishi, bunda ularga qon kelishi batamom to'xtaydi; agregatsiya bo'lgan eritrotsitlar ustiga fibrinlar o'tirib, gipoksiya va metabo-litlar ko'payadi; agregatsiya bo'lib qolgan eritrotsitlar qon ayla-nishida qatnashmaydi, ya'ni sekvistratsiya holati sodir bo'ladi. Sekvistratsiya bo'lgan qon depodagi qondan katta farq qiladi, ya'ni uning fizik-kimyoviy xususiyati buzilgan bo'ladi. Tarkibini yaxshilash va depodagi qondek bo'lishi uchun u o'pka orqali o'tishi kerak, o'pkada esa qon aylanishi uchun shart-sharoit yo'q. Natijada gipovolemiya holati sodir bo'ladi yoki umumiy qon aylanish hajmi kamayib ketadi.
Uchinchi bosqich — mikrosirkulatsiya sistemasida katta buzilish sodir bo'lib, ahvol og'irlashadi, kapillarlar ishdan chiqadi. Lekin organizm a'zolarining ishdan chiqishi turlicha sodir bo'ladi. Jigar, buyrak kapillarlari oldinroq ishdan chiqsa, miya, yurak tomirlari esa keyinroq berkilib qoladi yoki ishdan chiqadi.
To'rtinchi bosqich — qon aylanishning butun orga-nizmda yoppasiga buzilishi. Shunday patologik holat sodir bo'ladi-ki, qaysinisi birinchi, qaysinisi keyingilari ekanligini ajratish qiyin bo'ladi.
Mikrosirkulatsiyaning buzilish belgilari quyidagilar: siydik-ning bir soatda 30 ml.dan kam bo'lishi; to'g'ri ichak bilan teri haroratining farqi 4° dan ortishi; metabolik asidozning bo'lishi; terining sovib va ko'karib qolishi; ko'z tubida qon aylanishining kamayishi, oq dog'lar belgisi va hokazo.
Qon — to'qima, qon — suyuqlik, qon — hayot. Qon to'qi-malarga kerakli moddalar: shira, kislorodni yetkazib berib, to'qi-malardan keraksiz mahsulotlarni olib chiqib ketadi. Qon bufer sistemasi ishida asosiy va muhim o'rinni egalaydi. Qon immun sistemasi faoliyatida ham katta o'rinni egalaydi. Qon o'z harakati bilan o'zini-o'zi himoya qiladi va hokazo. Qon o'z vazifalarini to'liq bajarishi uchun u normal suyuqlikka va yopishqoqlikka ega bo'lishi kerak. Qonning tomirlarda oqishi uning tarkibiga bog'liq. Qonning yopishqoqligiga quyidagi omillar ta'sir qiladi: globulin, fibrinogen, gemoglobin va gematokrin miqdori ko'payib ketsa; eritrotsitlarda manfiy elektr zarrachalarning kamayishi; qonda kasallangan nuqsonli eritrotsitlarning ko'payishi; yog' kislotalarning ko'payib ketishi, asidoz va alkoloz holatlar; teopental, ketamin efirlar bilan narkoz berganda ham qonning yopishqoqligi oshar ekan.
Organizm harorati ko'tarilganda, albumin ko'payganda, geparin, droperidol dorilar qo'llanilganda qonning yopishqoqligi pasayadi, ya'ni suyuladi. Tomir devori qancha kichik bo'lsa, qonning yopishqoqligi shuncha kamayadi.
Qonning realogiyasiga ham yuqoridagi kuchlar ta'sir qilib, qonni tomirlarda oqishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Realogiyani aniqlashda gematokritni aniqlashning ahamiyati katta. Yopish-qoqlik qancha ko'p bo'lsa, qonning laxtalanish-quyilish vaqti shuncha qisqaradi, yopishqoqlik arteriyaga qaraganda venada kuchli-roq. Realogiya va yopishqoqlik uzviy bog'liqdir. Yopishqoqlik oshib realogiya sekinlashsa, eritrotsitlar agregatsiyasi kuchayadi. Agregatsiyada esa eritrotsitlar va qon boshqa elementlarining bir-biriga yopishib qolishi kuzatiladi. Agregatsiya sababli tomirlarning o'tkazuvchanligi kamayib yoki butunlay berkilib qoladi, oqibatda organizm a'zolarida qon aylanishining buzilishi tufayli ishemiya, asidoz, gipoksiyakabi kasalliklar yuzagakeladi. Agregatsiyaning paydo bo'lishida bu gemodinamikaning buzilishi asosiy omildir. Bizga ma'lumki, kritik holatlar, shoklar, diabetning og'ir formasi, epilepsiya agregatsiyaga sabab bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |