O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Nogironlik tushunchasi deganda nimani tushunasiz?
2. 1- va 2- guruh nogironligi kimlarga belgilanadi?
3. Nima uchun 3- guruh nogironlarini «yarim» nogiron deyiladi?
4. Umumiy kasallik tushunchasi nimani anglatadi?
5. Harbiy xizmat bilan bog‘liq qaysi nogironlik turlarini bilasiz?
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari 1. Nogironlik tushunchasi qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan?
a) kasb kasalligiga uchrab, mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxs;
b) mehnat qobiliyatini uzoq va umrbod muddatga yo‘qotgan va ijtimoiy
himoyaga muhtoj shaxs;
d) TMEK tomonidan nogiron deb tan olingan shaxs;
e) kasallikka chalingan va uzoq muddatga mehnat qobiliyatini yo‘qotgan
shaxs;
f) mehnatda mayiblanib, mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxs;
2. 1-guruh nogironiga ta’rif qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
a) umrbod mehnat qobiliyatini yo‘qotgan;
b) mehnat qobiliyatini uzoq muddatga to‘liq yo‘qotgan;
d) mehnat qobiliyatini to‘liq yo‘qotgan, ishga yaroqsiz shaxs;
e) ishga yaroqsiz va birovning yordamiga muhtoj shaxs;
f) ishga umuman yaroqsiz shaxs.
3. O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to‘g‘risida»gi Qonun qaysi sabablar bilan nogiron bo‘lib qolganlarga pensiya
tayinlashni ko‘zda tutgan?
a) bolalikdan nogironlarga;
b) umumiy kasallikka uchrab nogiron bo‘lganlarga;
d) urush nogironlariga;
28
e) umumiy kasallik, kasb kasalligi va mehnatda mayiblanganlarga;
f) urush nogironi va armiya nogironlariga;
4. 3-guruh nogironiga berilgan qaysi ta’rif to‘g‘ri?
a) ishga yaroqsiz, organizm xizmati uzoq muddatga buzilgan;
b) ishga yaroqsiz va birovning yordamiga muhtoj;
d) qisman ishga yaroqli, mehnat qobiliyati pasaygani tufayli yengil ishda
ishlashi mumkin;
e) mehnat qobiliyatini uzoq muddatga yo‘qotgan, ishga yaroqsiz,
maxsus yaratilgan sharoitlarda ishlashi mumkin;
f) to‘g‘ri javob yo‘q.
5.Nogironlik guruhi va sabablari qaysi organ tomonidan belgilanadi?
a) TMEK;
b) ijtimoiy ta’minot vazirligi;
d) ijtimoiy ta’minot bo‘limi;
e) davolash muassasasi;
f) ijtimoiy ta’minot Bosh boshqarmasi.
6. 2- guruh nogironiga berilgan qaysi ta’rif to‘g‘ri?
a) ishga yaroqsiz, lekin maxsus yaratilgan sharoitlarda ishlashi mumkin;
b) qisman ishga yaroqli mehnat faoliyati uzluksiz kasallik va tanadagi
anatomik kamchiliklar tufayli pasaygan;
d) organizm xizmatlari bir muncha buzilgan doimiy yoki uzoq muddatga
mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun ishga yaroqsiz ammo maxsus
yaratilgan sharoitlarda ba’zi ish turlarini bajarishlari mumkin;
e) ishga yaroqsiz birovning yordamiga muhtoj;
f) tana harakati buzilgan va o‘z-o‘ziga xizmat qilolmaydi.