2.3.Yoshga doir pensiya tayinlash asoslari va uni miqdorini belgilashning qoidalari Yoshga doir pensiya shunday pensiyaki, u fuqaroning ma’lum
yoshga etishini va tegishli ish stajini mavjud bo‘lishini zarurligini talab
qilinadi. Yuqoridagi ikkita shart yosh va ish staji pensiya ta’minotiga
zarur bo‘lgan huquqni belgilab beradi, bu shartlardan biri mavjud
bo‘lmasa, fuqaro pensiyaga bo‘lgan huquqini yo‘qotadi.
Yoshga doir pensiya — bu fuqaroning ko‘p yillik mehnatining
ma’lum yoshga yetganida samarasi hisoblanib, pensiyaga chiqqanidan
keyin dam olib, pensiya bilan ta’minlanishini kafolatlaydi.
Har qanday pensiyaning miqdori pensiyaga murojaat qilgan fuqaroning
pensiyaga murojaat qilishdan oldin olgan o‘rtacha oylik ish
haqiga, ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan iborat:
— pensiyaning tayanch miqdori;
— pensiyani ortiqcha ish staji uchun oshirish;
— ustama haqlar.
Pensiyaning tayanch miqdoriyoshga doir pensiyaning o‘rtacha ish
haqidan talab qilingan ish stajiga nisbatan hisoblab chiqarilgan qismi
bo‘lib, eng asosiy (tayanch) bo‘lagidir. Pensiyaning tayanch qismi
asosan murojaat qilgan shaxsning o‘rtacha oylik ish haqiga bog‘liq
bo‘ladi.
Pensiyani ish staji uchun oshirish, yoshga doir pensiya miqdorini
ikkinchi bo‘lagi bo‘lib, uni olish huquqiga talab qilingandan ortiq ish
staji mavjud bo‘lgan hollardagina haqli bo‘lish mumkin.
Ustama haqlar — pensiyaga fuqaroning ish staji va ish haqiga bog‘liq
bo‘lmasdan, balki ayrim bir imtiyozlarini hisobga olgan holda qo‘shib
beriladi. Masalan: nogironligi, yolg‘izligi, urush ishtirokchiligi, alohida
xizmatlari va boshqalar.
Yoshga doir pensiyalarning tayanch miqdorini hisoblab chiqarish
Qonunning 26-moddasining «a»-bandiga asoslanib quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
Pensiya miqdorini aniqlash uchun fuqaroning mehnat faoliyatining
ohirgi 10 yildagi ketma-ket kelgan 5 yillik ish haqini 60 oyga bo‘lish
(31-modda) natijasida o‘rtacha 1 oylik ish haqi aniqlab olinadi. Bunda
o‘rtacha oylik ish haqi miqdori kam bo‘lganda yoki ish haqi haqida
ma’lumotlar bo‘lmaganda pensiyaning tayanch miqdori rasmiy
belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan, agar o‘rtacha oylik ish haqi
16
miqdori juda ko‘p bo‘lgan hollarda esa pensiya eng kam ish haqining 8
hissasidan ko‘p bo‘lmagan miqdordan aniqlanadi.
Pensiyaning tayanch miqdori o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi
hisobidan aniqlanadi va har qanday holda ham rasmiy belgilangan ish
haqining 100 foizidan kam bo‘lmasligi shart. Hozirgi vaqda bu miqdor
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiya, stipendiya
va nafaqa miqdorlarini oshirish to‘g‘risida»gi Farmonda belgilangan
eng kam yoshga doir pensiya miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.
Yoshga doir pensiyalar murojaat qilgan shaxsning Qonunning 7-
moddasida talab qilingandan ortiqcha ish staji mavjud bo‘lganida, har
bir to‘liq ortiqcha 1 yil uchun pensiya hisoblab chiqarilgan ish haqining
1 foizi miqdorida Qonunning 27-moddasining «a»-bandiga asosan
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 25-yanvardagi
«Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab quvvatlashni
kuchaytirish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan Qonunning 27-moddasiga
o‘zgartirish kiritilib, ortiqcha ish staji uchun belgilangan chegara olib
tashlandi va ortiqcha ish staji qanchaligidan qat’iy nazar barcha yillar
uchun pensiya hisoblab chiqarilgan ish haqining tegishli foizini qo‘shib
beriladigan bo‘ldi.
Misol: Fuqaro Komilova yoshi 55 da. Umumiy ish staji Qonunning
37-38-moddalari bo‘yicha 49 yilni tashkil qiladi. Uning pensiyasining
tayanch miqdori o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi miqdorida bo‘lsa,
ish staji talab qilingandan 49 yil – 20 yil = 29 yil ortiq bo‘lgani uchun
ish stajiga 29 foiz qo‘shimcha beriladi.
Ustama haqlar pensiyaning ish haqi va ish stajiga nisbatan miqdori
aniqlangandan keyin qo‘shiladi.
Qonunning 28-moddasiga asosan quyidagi ustama haqlar belgilangan
bo‘lib, bu ustama haqlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga
eng kam ish haqiga tegishli foiz miqdorda qo‘shib hisoblanadi:
a) 1-guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 150
foizi;
b) 2-guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 125
foizi;
e) 3-guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 75
foizi;
f) ko‘zi ojizlik bo‘yicha 1 guruh nogironlariga — eng kam oylik ish
haqining 100 fozi;
17
g) 1-guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
h) 2-guruh yolg‘iz nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 50
foizi;
i) urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — eng
kam oylik ish haqining 50 foizi;
j) Jahon Urushi yillarida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy
majburiyatni bajargan shaxslarga — eng kam oylik ish haqining 30 foizi;
k) vafoti harbiy xizmat burchlarini bajarish bilan bog‘liq harbiy
xizmatchilarning ota-onalari va xotinlariga(yangi nikohdan o‘tmaganlarga)
— eng kam oylik ish haqining 30 foizi;
l) O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan
shaxslarga — eng kam oylik ish haqining 100 foizidan 150 foizigacha;
m) yoshidan qat’iyy nazar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega
bo‘lgan artistlarga — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
n) teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarga,teatr
va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o‘quv muassasalarining
professor-o‘qituvchilari va konsertmeystrlariga, Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan ro‘yhatga ko‘ra — eng kam oylik ish haqining 50
foizi.
Yuqorida belgilangan ustama haqlar yoshga doir pensiya to‘liq yoki
to‘liqsiz tayinlanganidan qat’iy nazar barcha turlariga tegishli foizlarda
qo‘shib hisoblanadi.
28-moddada ko‘rsatilgan urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan
shaxslar O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining
249-sonli qarorining 3-ilovasida ko‘rsatilgan bo‘lib, ustama haqni
berishda shu ro‘yhatdan foydalaniladi.
1941-1945-yillarda harbiy majburiyatni bajargan yoki mamlakat
ichkarisida ishlagan shaxslarga ustama haq belgilashda ularning harbiy
bileti yoki ish stajini tasdiqlovchi hujjatlariga asoslanib ustamani berish
masalasi hal qilinadi.Ulug‘ Vatan urushi yillaridaga mamlakat ichkarisidagi
harbiy xizmat yoki mehnat faoliyati tasdiqlangan hollardagina
ustamani qo‘shib berish mumkin.
Ustama haqlar pensiyaga bir yoki bir nechta qo‘shilishi mumkin.
Ustama haq pensioner ishlab turganligidan qat’iy nazar pensiyaga
qo‘shib beriladi.
Qonunning 28-moddasida ko‘rsatilgan ustamalardan tashqari faxrli
unvonga ega bo‘lgan Respublika fuqarolari pensiyasiga qo‘shimcha
qo‘shib berilishi mumkin.Ularni qo‘shish O‘zbekiston Respublikasi
18
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi «Qalam haqi yoki faxriy
unvonlar uchun qo‘shimchalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi 274-
sonli qarorida belgilangan.
Qonunning «l», «m» bandlarida belgilangan ustamalar O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktyabrdagi «O‘zbekistonda
teatr va musiqa sa’atini yanada rivojlantirish uchun qo‘llab-quvvatlash
va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan
kiritilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 28-oktyabrdagi 415- sonli qarorida «m» bandiga asosan qo‘-
shimcha olish huquqiga ega bo‘lgan teatr-konsert tashkilotlari artistlari
va badiiy xodimlari,teatr va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi
professor-o‘qituvchilari va konsertmeystrlari ro‘yhati ko‘rsatilgan.