TASHQARI MABLAG‘LARNI JALB QILISH TARTIBI 7.1. Ijtimoiy muhofaza uchun byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish tushunchasi Majburiy ajratmalar, badallar va to‘lovlar to‘g‘risidagi, Jamg‘armaga
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlar turlari bo‘yicha
qarzlar to‘g‘risidagi tezkor hisobotni har oyda hisobot oyidan keyingi
oyning 10-kunigacha; majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni
hisoblash va to‘lash to‘g‘risidagi hisobotni yuridik shaxslar
tomonidan yil choragi va yillik hisobot taqdim etilgandan keyin 15 kun
mobaynida taqdim etadi.
Pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlarini (kompensatsiya
to‘lovlari bo‘yicha — byudjet tashkilotlaridan tashqari) o‘z vaqtida
tayinlaydilar va to‘laydilar. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga, shuningdek ular tomonidan
ijtimoiy sug‘urta badallari to‘langan taqdirda dehqon
xo‘jaligi a’zolariga — homiladorlik va tug‘ish nafaqalari, bola tug‘
ilganda beriladigan nafaqalar, dafn marosimi nafaqalarini hisoblaydilar
va to‘laydilar.
Ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, homiladorlik va tug‘ish
nafaqalari, bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar, dafn marosimi
nafaqalari, 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan
biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qo‘shimcha dam olish kuni
uchun to‘lovlar, kompensatsiya to‘lovlari to‘lash uchun korxonalar,
tashkilotlar va muassasalarning xarajatlarini moliyalashtiradilar.
7.2. Ijtimoiy muhofaza uchun byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish tartibi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq mehnatda mayib
bo‘lganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan
79
pensiyalarga to‘langan mablag‘larni aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan
regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda undirib oladilar:
a) yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
shaxslardan, shuningdek dehqon xo‘jaligi a’zolaridan badallar
tushishining hisobini olib boradilar;
b) yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
shaxslarning, shuningdek dehqon xo‘jaligi a’zolarining mehnat
daftarchalarini yuritadilar va saqlaydilar:
d) Jamg‘arma mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq maqsadli
sarflaydilar;
e) pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiyalar o‘z vaqtida hisoblanishi
hamda to‘lanishini ta’minlash masalalari bo‘yicha joylardagi
davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar;
f) yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari a’zolariga ijtimoiy
sug‘urta bo‘yicha nafaqalar olish huquqini beruvchi hujjatlarning
ishonchliligini tekshiradilar.