O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


Òo‘lov balansining namunaviy tuzilishi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Òo‘lov balansining namunaviy tuzilishi
I. Joriy operatsiyalar hisobi
1. Tovar eksporti
2. Tovar importi
Tashqi savdo balansi qoldig‘i
3. Xizmatlar eksporti
(chet el turizmidan daromadlar va
h.k. — kreditli xizmatlar)
4. Xizmatlar importi
(turizm uchun chet elga to‘lovlar va
h.k. — kreditli xizmatlar)
5. Investitsiyalardan sof daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar)
6. Sof transfertlar
Joriy operatsiyalar bo‘yicha balans qoldig‘i
II. Kapital harakati hisobi
7. Kapital kirishi
8. Kapital oqib chiqishi
Kapital harakati balansi qoldig‘i
Joriy operatsiyalar va kapital harakati balansi qoldig‘i
III. Rasmiy zaxiralarning o‘zgarishi
17.3. Savdo balansi
Savdo balansi muayyan davlatning xalqaro iqtisodiy munosabat-
lardagi ishtirokining holatini ifodalab, uning pul-kredit, valuta, budjet-
soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirishi va davlat qarzlarini
tartibga solishi uchun indikator sifatida xizmat qiladi. Ayrim iqtisodiy
adabiyotlarda u tashqi savdo balansi deb yuritiladi. Savdo balansidagi
joriy operatsiyalar hisobi o‘z ichiga tovar va xizmatlar eksporti («+»
belgisi bilan), import («–» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad
va sof transfertlarni oladi. Òovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi
farq savdo balansini tashkil qiladi.
Òovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el
valutalari zaxiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet»
ustunida «—» belgisi bilan) mamlakatdagi chet el valutalari
zaxirasini qisqartiradi.
Investitsiyalardan sof daromadlar kreditli xizmatlardan olinadi-
gan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo‘yilgan milliy pul
kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo‘yilgan milliy kapital
mazkur mamlakatga qo‘yilgan chet el kapitaliga qaraganda foiz
va dividendlarning ko‘proq hajmini keltirsa, bunda investitsiyalardan
olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo‘ladi.


338
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag‘larining boshqa
mamlakatlarga o‘tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg‘a,
chet elga pul o‘tkazishlar yoki chet mamlakatlarga insonparvarlik
yordamlari). Bunday to‘lovlar mamlakatda mavjud chet el valutalari
zaxirasini kamaytiradi.
Importga to‘lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha
bo‘lsa, bu mamlakatning joriy operatsiyalar bo‘yicha balansi
taqchilligini bildiradi. Bu taqchillik chet el qarzlari yordamida
yoki aktivlarning bir qismini chet elliklarga sotish yo‘li bilan
moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi.
Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq
bo‘lsa, joriy operatsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan
barcha xalqaro bitimlar o‘z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga
aksiyalar, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk va h.k. sotishdan olina-
digan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib olish natijasida
vujudga keladigan sarf-xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Kapital
Aktivlar
Chetdan aktivlar
harakati =
sotishdan

sotib olishga
balansi
tushumlar
sarflar
Chet el aktivlarini sotish chet el valutalari zaxiralarini ko‘pay-
tiradi, ularni sotib olish esa kamaytiradi. Kapital harakati hisobi
taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi.
Òo‘lov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy zaxiralarini
qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxira-
larning asosiylari quyidagilar:

chet el valutalari;

oltin;

mamlakatning Xalqaro valuta fondidagi kredit ulushi;

qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.
Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga moliyalashtirilganda,
ichki bozorda chet el valutalari taklifi ortadi, milliy valutalar taklifi
esa nisbatan kamayadi va uning ayirboshlash kursi nisbatan o‘sib,
milliy iqtisodiyotga inqirozli ta’sir ko‘rsatadi.
Aksincha, to‘lov balansining aktiv qoldig‘i MB rasmiy valuta
zaxiralarining o‘sishi bilan birga borganda ichki bozorda chet el
valutalari taklifini kamaytiradi, milliy valuta taklifi esa nisbatan
ortadi va uning ayirboshlash kursi pasayib, iqtisodiyotga rag‘batlan-
tiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.


339
MB tomonidan chet el valutalarining bunday sotilishi va sotib
olinishi rasmiy zaxiralar bilan operatsiyalar deyiladi. Rasmiy
zaxiralar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq
summasi, kapital harakati hisobi va zaxiralar miqdorining o‘zgarishi
«nol»ni tashkil qilishi zarur.
O‘zbekistonning tashqi savdo balansi so‘nggi yillarda ijobiy
xususiyatga ega bo‘lib, tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga
erishilmoqda. Jumladan, 2013-yil 28886,0 mln AQSH dollari
miqdorida, ya’ni 2012-yilga nisbatan 109,4 % ni tashkil etgan.
Shundan eksport 15087,2 mln AQSH dollari, ya’ni 110,9 % ni,
import esa 13798,8 mln AQSH dollari, ya’ni 107,7 % ni tashkil
etgan
1
. Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz
eksporti yildan yilga ko‘payib bormoqda.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish